2-rasm. Innovatsion salohiyatning tuzilishi
(A.P.Volchkova bo’yicha)15
Innovatsion salohiyat deganda, alohida pedagogning va yaxlitlikda pedagogik jamoaningyangilikni o’zlashtirishga tayyorligi, ulardan amaliyotda foydalana olishi va kutilgan natijalarni qo’lga kirita olishi tushuniladi. Pedagogika va pedagogik menejmentda innovatsion salohiyat tushunchasi ikki xil tarzda talqin etiladi: keng ma’noda – ta’lim muassasasining innovatsion salohiyati tor ma’noda – o’qituvchining innovatsion salohiyati. Ta’lim muassasasiinnovatsion salohiyati deganda, uning o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorligi, shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish uchun madaniy-ta’limiy muhitning va shart-sharoitlarning xilma-xilligi hamda kommunikativ munosabatlarning yuqori darajasi tushuniladi. Alohida pedagog uchun esa, bu – uning shaxsidagi ijtimoiy-madaniy va ijodiy o’ziga xosliklar yig’indisi, pedagogik faoliyatni takomillashtirishga tayyorligi hamda buning uchun zaruriy ichki vosita va metodlarning mavjudligidir.
Innovatsion salohiyatni tashkillashtirish jarayonining tuzilishi murakkab tavsifga ega bo’lib, salohiyatning rivojlanish darajasi esa innovatsion imkoniyatlarni, pedagog kadrlarlarning o’z mehnati samaradorligidan qoniqish hosil qilishlarini taqozo etadi. Mazkur ta’rifni asos qilib olgan holda, innovatsion salohiyatning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Texnologik tarkibiy qism xodimlarning kasbiy ko’nikma va malakalarga egaligi darajasi, ishlab chiqarish texnologiyalari, tashkilotdagi yangilanishlarni boshqarish va amalga oshirish bilan tavsiflanadi.
Pedagog-kadrlarning innovatsion faoliyatga texnologik tayyorligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1) o’z faoliyat natijalarini tanqidiy baholay olish qobiliyati;
2) o’z kasbiy kompetentlik darajasini oshirish;
3) yangi axborotni ijobiy idrok etish qobiliyatiga egalik;
4) tashkiliy madaniyat va psixologik muhitning innovatsion faoliyatga yo’nalganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |