1-Mavzu: Pedagogik innovatika – pedagogikaning alohida sohasi sifatida Innovatsiya va uning turlari. Reja


Pedagogik innovatikaning mohiyati, maqsad va vazifalari


Download 440.95 Kb.
bet2/25
Sana11.09.2023
Hajmi440.95 Kb.
#1675851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
105055 UMK Pedagogik innovatika

2.Pedagogik innovatikaning mohiyati, maqsad va vazifalari.


Pedagogik innovatika deganda, pedagogik yangiliklarni yaratish, ularning pedagogik jamoa tomonidan o’zlashti-rilishi va baholanishi, ulardan amaliyotda foydalanish jarayonlarini o’rganish tushuniladi.
Pedagogik innovatika bu – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadigan, shuningdek pedagogik ana’nalar bilan kelajakdagi ta’lim loyihalarining o’zaro aloqadorligini ta’minlaydigan fandir.


2.Pedagogik innovatikaning ob’ekti – bu innovatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi hamda o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda sifat o’zgarishlariga olib keluvchi innovatsiyalarning o’zlashtirilishi jarayoni.
Pedagogik innovatikaning predmeti – bu ta’lim amaliyotida pedagogik yangiliklarni ishlab chiqish, kiritish va o’zlashtirish bilan bog’liq pedagogik shart-sharoitlar, vosita va qonuniyatlar yig’indisi.
Pedagogik innovatikaning maqsadi pedagogik yangilik-larni yaratilishi, ularning baholanishi hamda pedagoglar jamoasi tomonidan o’zlashtirilishi, shu bilan birga uni amaliyotda qo’llash va foydalanish yo’llarini tadqiq etishdan iborat.
Pedagogik innovatikaning metodologiyasini pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va qo’llash haqidagi ta’limotning tuzilishi va o’zlashtirilishiga xos bilim va faoliyat tizimi tashkil etadi.
Pedagogik innovatikaning nazariy bloklari

  1. Pedagogik neologiya (ilmiy-pedagogik jarayon, uning o’ziga xosliklari va asosiy natijalari haqidagi ilmiy va tajribaviy ma’lumotlar tizimlashtiriladigan pedagogikadagi yangilik haqidagi ta’limot).

  2. Qiyosiy pedagogik aksiologiya (pedagogika nazariyasi va amaliyotida yuzaga keladigan pedagogik yangiliklarni baholash va o’zlashtirishning o’ziga xosliklarini ochib beruvchi fan).

  3. Innovatsion praksiologiya(pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo’llashni o’zlashtirish).

3. Pedagogik innovatikaning asosiytushunchalari:1) innovatsiya;


2) pedagogik yangilik, yangilik kiritish;
3) innovatsion jarayon;
4) innovatsion faoliyat;
5) innovatsion salohiyat.
Innovatsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan bo’lib (in-ga, novus-yangi), “yangilanish”, “o’zlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish”, “yangini joriy qilish”, “yangilik kiritish” ma’nolarini beradi. O’z navbatida “yangi” so’zi ushbu tushunchaning asosiy yadrosini tashkil etadi. Odatda¸ yangilanish tushunchasi ta’limda ko’p hollarda o’zgartirish tushunchasi bilan sinonimdir. Agar ushbu o’zgartirish keng qamrovli bo’lsa va butun ta’lim tizimini o’zgartirsa, unda «islohot» tushunchasi bilan izohlanadi. Lekin barcha o’zgarishlarni yangilik deb qarash to’g’ri bo’lmaydi. CHunki yangilik o’zida avval boshidanoq qo’yilgan vazifalarning yangilanishini maqsad qilib qo’yadi.
Pedagogik innovatikaning asosiy ko’rsatkichi uning boshlang’ich rivojiga bog’liq bo’lib, pedagogikadagi yangilik – bu faqatgina g’oya, yondashuv, metod, texnologiya, shunchaki taqdim etilgan va hali foydalanilmagan holatdagi emas, balki bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa o’zida o’zgaruvchan sharoitlarda va holatlarda ta’lim-tarbiya masalalarini yetarlicha samarali hal etishni ifoda etadi.
Innovatsiya esa – bu ma’lum bir bosqich asosida rivojlanadigan jarayondir. U bir nechta ma’nodagi tushunchalarni beradi:
1. Innovatsiya bu – ta’limning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish.
2. Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish.
3. Ta’lim muassasani boshqarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish.
4. Tajriba-sinov ob’ekti sifatida.
5. Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash.
6. Yangiliklarning qo’llanilish darajasini yangi mahsuldorliklar bilan o’zgartirish bosqichi.
Ta’limsohasidagi mavjud yoki yangi ehtiyojlarni qondirish uchun pedagogik yangiliklarni yaratish, joriy etish, o’zlashtirish va foydalanishga doir faoliyat innovatsion jarayondir.
Innovatsion faoliyat – pedagogikjamoaniharakatgakeltiruvchi, olg’aboshlovchi, taraqqiyettiruvchikuchdir. Innovatsionfaoliyat – buyangiijtimoiytalablarbilanan’anaviyme’yorlar-ningmoskelmasligi, yoxudamaliyotningyangiqo’llanilayotganme’yoriningmavjudme’yorbilanto’qnashuvinatijasidavujudgakeluvchimajmualimuammolarningechimigaqaratilganfaoliyatdir.
Innovatsion salohiyat deganda, alohida pedagogning va yaxlitlik-da pedagogik jamoaning yangilikni o’zlashtirishga tayyorligi, ulardan amaliyotda foydalana olishi va kutilgan natijalarni qo’lga kirita olishi tushuniladi. Pedagogika va pedagogik menejmentda innova-tsion salohiyat tushunchasi ikki xil tarzda talqin etiladi: keng ma’no-da – ta’lim muassasasining innovatsion salohiyati, tor ma’noda – o’qituvchining innovatsion salohiyati. Ta’lim muassasasining innovatsin salohiyati deganda, uning o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorligi, shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish uchun madaniy-ta’li-miy muhitning va shart-sharoitlarning xilma-xilligi hamda kommunikativ munosabatlarning yuqori darajasi tushuniladi. Alohida pedagog uchun esa, bu – uning shaxsidagi ijtimoiy-madaniy va ijodiy o’ziga xosliklar yig’indisi, pedagogik faoliyatni takomillashtirishga tayyorligi hamda buning uchun zaruriy ichki vosita va metodlarning mavjudligidir.



Download 440.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling