1-Mavzu: Pedagogik innovatika – pedagogikaning alohida sohasi sifatida Innovatsiya va uning turlari. Reja
Pedagogik yangiliklarni loyihalash va hayotga tatbiq etish
Download 440.95 Kb.
|
105055 UMK Pedagogik innovatika
3.Pedagogik yangiliklarni loyihalash va hayotga tatbiq etish
Innovatsion faoliyat yangi g’oyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yo’naltirilganligi sababli o’qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi. O’qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolьskayaning fikricha, faoliyatni yangilash uch bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi14. O’qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator to’siqlar mavjud. Bularning birinchisi o’qituvchining o’zi ko’nikkan faoliyat chegarasidan tashqariga chiqishi hamda qiyinligi, ya’ni o’qituvchilarda ijodkorlikning yetarli emasligi bo’lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum narsalar har doim odamlarda cho’chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidadir. Innovatsion faoliyat o’qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo’lib, u shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir. M.T.Jumaniyozovaning fikricha, o’qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini tahlil qilishni uch bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi: 1. Yangilikni pedagogik faoliyatda qo’llashdan oldingi davrdagi o’qituvchi faoliyatini tahlil qilish. 2. Innovatsion faoliyatning faol shakllanish davrini tahlil qilish. 3. Pedagogik jarayonga yangilik kiritib bo’lingandan keyingi davrdagi faoliyatni tahlil qilish. O’qituvchi innovatsion faoliyatini tahlil qilib, uning shakllanish bosqichlarini quyidagicha belgilash mumkin: Birinchi bosqich – tayyor metodik tavsiyanomalar aniq qilib ko’chiriladi. Ikkinchi bosqich – mavjud tizimga ayrim yangi moslama(modifikatsiya)lar metodlar kiritiladi. Uchinchi bosqich – yangi g’oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shakli to’liq ishlab chiqiladi. To’rtinchi bosqich – o’qituvchi o’qitish va tarbiyalashning o’z kontseptsiyasi va metodikasini ishlab chiqadi. O’qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanishidagi birinchi bosqichda quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: pedagogik faoliyatda ijodiy yo’nalishni shakllantirib borish; pedagogik jarayonda sub’ekt-sub’ekt hamkorligini yo’lga qo’yish; pedagoglik kasbini rivojlantirish va bunga qiziqishni orttirib borish; keng qiziqish doirasini shakllantirish, pedagogik muloqotda ochiqlikni ta’minlash; “men-g’oyalar” ijodiy fikrlash yo’nalishini rivojlantirib borish; pedagogik vazifalarni hal etishga ijodkorlik bilan yondashuv, tahlil qilish malakalarini rivojlantirib borish; ijodiy ishlash texnologiyasini shakllantirish. Bu jarayonda shaxsiyatni o’stirish treningi, muammoli o’qitish texnologiyasi, faol ta’lim metodikasidan foydalanish va yangilik kiritish jarayoni bilan tanishtirib borish lozim. Birinchi bosqichning asosiy mazmunini umumiy psixologik-pedagogik bilimlarni egallash, o’z faoliyatini tahlil qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirish tashkil etadi. O’qituvchilarda innovatsion faoliyatni shakllantirishning ikkinchi bosqichida quyidagi vazifalar bajarilishi lozim: pedagogik faoliyatni kreativ rivojlantirish; ma’naviy-madaniy bilimlarni oshirish; pedagogik yangiliklarni o’zlashtirish ehtiyojini shakllantirish; pedagogik reflektsiyani rivojlantirish; yangi turdagi faoliyat sifatida innovatsion axborot fonlini shakllantirish. O’qituvchilarini mazkur vazifalarni bajarishga tayyorlashda muammoli o’qitish, o’zini anglash bo’yicha treninglar tashkil etish, o’qitishning rivojlantiruvchi texnologiyalari bilan tanishtirib borish, o’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalaridan foydalanish, mualliflik kontseptsiyalarini izohlash, o’qitish metodlarini tanlashga o’rgatish, pedagogik texnika va texnologiya treninglari, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin. Innovatsion faoliyat shakllanishining uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida quyidagi vazifalarni bajarish lozim: pedagogik faoliyat va bir butun holatda pedagogik muloqot texnologiyasini zamonaviylashtirish; innovatsion faoliyat texnologiyasini o’zlashtirib olish. Innovatsion jarayonlarni boshqarish tamoyillari: - shaxsga yo’naltirilgan, jamoa a’zolari ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan insonparvarlik tamoyili. - ta’lim muassasasining strategik rivojlanishini aks ettiruvchi qadriyatga yo’naltirilganlik tamoyili; - ta’lim muassasasining ichki va tashqi ehtiyojlarini o’zgarib borishini inobatga olishni taqozo etuvchi bashoratga yo’naltirilganlik tamoyili; - innovatsiya sub’ektlari qiziqishini va uni amalga oshirish imkoniyatini hosil qiluvchi ta’lim muassasasi rivojlanishining maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili; - pedagogik jamoaning muhokama, ishlab chiqish va boshqaruv qarorlarini ta’lim muassasasi ichki boshqaruvining barcha bo’g’inlarida erkin ravishda amalga oshirishga yo’naltirilgan demokratlashtirish tamoyili; - innovatsion jarayonlarning muvofiqlashtirilganligi, uning rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim muassasasi faoliyatining barqarorlikka yo’naltirilganlik tamoyili; - ta’lim muassasasidagi muammolarini aniqlash, ularning qamrovlik darajasini va chuqurligini o’lchash, o’z vaqtida qarorlar qabul qilish, pedagogik jamoaning kuchini muammoni yechishga safarbar qilishga qaratilgan muammo yechimi topishga yo’naltirilganlik tamoyili; - ta’lim muassasasidagi muammolarni muxokama qilish imkoniyatlari va ularni hal qilish vakolatiga ega shaxslar va tashkilotlarning ishtirok etishini taqozo etuvchi tashqi muhit ta’sirining ochiqligi tamoyili; - ta’lim muassasasi jamoasining innovatsion jarayon natijalari va yo’nalishi haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo’lish huquqiga ega bo’lish tamoyili; - innovatsiya sub’ektlari faoliyatini integratsiyalash va umumiy tarzda innovatsion dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan tizimlilik tamoyili; - ta’lim muassasasida yangidan o’zgartirishlar kiritishga talab etuvchi pedagogik jarayon tarkibiy qismlarining istiqbolli yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish tamoyili; - kontseptual qarashlarga yo’nalganlik va aynan boshqaruv faoliyati tuzilishini aniqlash, boshqaruv tizimini tashkiliy tuzilishini tashkil etish, boshqaruv texnologiyasini tanlashga doir boshqaruv harakatining to’liqligi tamoyili; - ta’lim muassasasi rivojlanishi doirasida boshqaruv ta’sirini innovatsion jarayonga moslik tamoyili. Download 440.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling