1-mavzu: pedagogik mahorat va uning ta’lim–tarbiyadagi o’rni. Reja


Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari


Download 24.46 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi24.46 Kb.
#1476699
1   2   3
Bog'liq
1-Ma\'ruza

2. Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari

Har qanday faoliyatda bo’lgani singari, pedagogik faoliyatning ham bir nechta tarkibiy qismlari mavjud. Bular: maqsad, vosita, ob’ekt, sub’ekt. Avvalo, pedagogik faoliyat maqsadi o’ziga hosligi bilan ajralib turadi. Bular quyidagilar:


1. O’qituvchilik ishi maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni o’qituvchi o’z mehnati yakuniy natijalarini tanlashda erkin emas, uning hatti–harakatlari har tomonlama barkamol shahsni shakllantirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Pedagogik faoliyat avlodlar o’rtasidagi ijtimoiy vorisiylikni amalga oshirish, yoshlarni mavjud ijtimoiy munosabatlar bilan bog’liq insoniyat ijtimoiy tajribasini egalashdagi tabiiy imkoniyatlarini yuzaga chiqari uchun hizmat qiladi.
Ammo maqsaddan kelib chiqadigan muayyan vazifalarni sharoitga mos ravishda o’qituvchining o’zi belgilashi kerak. SHunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadi yakuniy natijasiga ko’ra jamiyat tomonidan belgilanadigan aniq ijtimoiy buyurtma bo’lib, uning vazifalari muayyan pedagogik vaziyatlarda turlicha belgilanadi. Ana shu holatning o’ziyoq o’qituvchidan ijodiy yondoshuvni, maqsadni ko’ra olish, uni muayyan sharoit bilan taqqoslay olishni talab etadi.
2. O’qituvchi faoliyati har doim boshqa faoliyat orqali boshqariladiga faoliyatdir. Bu o’ziga hos meta–faoliyat bo’lib, o’quvchilarning faoliyatiga mos etib quriladi.
Jaloliddin Rumiyning ustoz sifatidagi faoliyati bilan bog’liq yuqorida keltirilgan misol ustoz – tarbiyachining jazavaga tushish, baqirish bilan emas, balki o’zini tutish, og’ir – vazmiylik, kamtarlik va samimiyat, qat’iyat bilan bergan javobi, tolibning hatosini darhol tushunib etishi va qilmishidan qattiq hijolat bo’lishiga va majlisni tashlab chiqib kelishgan sabab bo’ladi. Ilm tolibining bu tutgan yo’li uning yuksak darajasidagi ongliligini belgilamasada, shu hatti – harakatning o’ziyoq pedagogik faoliyat maqsadiga tamon birgalikda qo’yilgan qadamdir. Binobarin, pedagogik faoliyat maqsadining o’ziga hosligi shundaki, u o’qituvchining ham, o’quvchining ham maqsadi bo’lishi kerak. Meta-faoliyatning mohiyati ana shunda.
3. Boshqa kishi faoliyatni boshqarish shuning uchun ham murakkabki, o’qituvchining maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagiga qaratilgan bo’ladi. Bu maqsad o’qituvchi uchun yaqin va tushunarlidir. U “Sen bilishing, bajara olishing va bajarishing kerak”, - deya talab qiladi. O’quvchi esa bugungi kunning quvonchiyu tashvishlari bilan yashaydi, kelajak uning uchun juda yiroq. SH.A.Amonashvilli bu ziddiyatga “tarbiya fojiasining asosi” deb baho beradi. O’qituvchi ayni zamonda yashab turib kelajakni barpo etadi. Bu juda murakkab vazifa .
Buni chuqur anglagan usta–pedagoglar har doim o’z faoliyati logikasi o’quvchi ehtiyojlariga tayanib quradilar. Masalan, SH.A.Amonashvilli o’z faoliyat dasturini bola dasturiga yaqinlashtirishga intilgan. E.N.Ilina esa doimiy matnlardan foydalanib, sinfdagi vaziyatga ta’sir o’tkazishga harakat qiladi.
Demak, pedagogik faoliyat maqsadi o’qituvchidan jamiyatning ijtimoiy topshirig’iga nisbatan shahsan qabul qilish; muayyan hatti-haraktlarning maqsad va vazifasiga ijodiy yondoshish; o’quvchi qiziqishlarini hisobga olish va uni o’quv faoliyati maqsadi sifatida takomillashtira olishni talab etadi.
Pedagogik faoliyat ob’ekti – bu inson, shakllanayotgan shahs ruhiy olamining nozik qirralari – aql, hisiyot, idora, ishonch, o’z-o’zini anglash demakdir. Pedagogik faoliyat bo’ektining o’ziga hosligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1. Inson tabiatining jonsiz bir bo’lagi: emas, balki o’zining takrorlanmas shahsiy hususiyatlariga ega bo’lgan, atroflardagi voqea–hodisalariga nisbatan o’z tushunchalari va munosabatiga ega bo’lgan (jonli) aqlli mavjudot. U pedagogik jarayonning ishtirokchisi, uning o’z maqsadi, motivlari, o’iga hos hulq–atvori bor. Binobarin, pedagogik faoliyat ob’ekti uning sub’ekti hamdir. CHunki u pedagogik ta’sirga nisbatan har hil munosabat bilidirishi mumkin. Zero, bu ta’sirni u o’z ichki dunyosi orqali qabul qiladi.
2. O’qituvchi muntazam o’zgarib, o’sib borayotgan inson bilan ishlaydi. Unga nisbatan qolipga solingan, stereotip hatti–harakatlarni qo’llab bo’lmaydi. Bu juda murakkab jarayon bo’lib, o’qituvchidan doimiy izlanishni talab etadi.
3. O’quvchiga faqat pedagoglargina emas, balki uni o’rab turgan muhit ham turli yo’nalishlarda bevosita ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun pedagogik faoliyat shu ta’sirlarni korrektsiyalashni, ya’ni tarbiyalash, qayta tarbiyalash hamda shahsning o’z–o’zini tarbiyalashini tashkil etishni ham ko’zda tutadi.
Umuman zamonaviy pedagogika hamkorlik pedagogikasi bo’lib, u maktabdagi munosabatlarni erkinlashtirishga yo’naltirilgan va o’quvchini faollashtirishga, uni pedagogik jarayonning teng huquqli ishtirokchisiga aylantirishga harakat qiladi.
Sub’ekt – bu tarbiyalanuvchiga ta’sir etuvchilar, ya’ni pedagog, ota–onalar, jamoa. O’quvchiga ta’sir o’tkazuvchi asosiy vosita bu o’qituvchi, uning bilimi va qobiliyati. Agar o’quvchilar o’qituvchi shahsini tushunmasa, uning bilimi va hulq–atvoriga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lishsa, uning hatti–harakatlariga qarshilik ko’rsatadilar. Haqiqiy tarbiyachi o’quvchi shahsiga ijobiy ahloqiy ta’sir ko’rsatadi. Bu esa o’qituvchidan o’zini ahloqiy jihatdan muntazam takomillashtirib borishni talab etadi.
Tarbiyaning asosiy vositalari – faoliyatining turli ko’rinishlari bo’lib, o’quvchilar unda bevosita ishtirok etadilar. Bular: mehnat, muloqot, o’qish, o’yin. Masalan, taniqli pedagog A.S.Makorenko tarbiya tizimi markazida ijtimoiy mehnat turgan. Buyuk mutasavvuf olim Bahovuddin Naqshband tarbiya tizimi markazida ham mehnat, hunar turgan. U kishi qo’lidan hech ish kelmaydigan, biror hunari bo’lmagan kishini o’z maktabiga qabul qilmaganlar. Ba’zi pedagoglar ijodiy ish orqali o’quv tarbiya ishlarini tashkil etadilar.
Alalhusus, biz pedagogik faoliyatni pedagogik mahoratning doyasi sifatida birma – bir tahlil qilib chiqdik. Haqiqiy o’qituvchi maqsadni aniq belgilab, sub’ektni faollashtirib, vositalarni tanlab turib pedagogik faoliyatning bu komponentlarini boshqara olish lozimligini chuqur anglaydi. Aynan shu o’rinda biz pedagogik mahoratning mohiyatini anglay boshlaymiz. U bizning nazarimizda muntazam shakllantirib, takomillashtirib borilishi lozim bo’lgan butun bir tizim sifatida namoyon bo’ladi.



Download 24.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling