1-mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat mashg`ulot rejasi


Download 288.07 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi288.07 Kb.
#1005597
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-AMALIY MASHG\'ULOT

«Barchangiz bu yerga qarang!»
«Atrofingizga qarang!»
«Darslikni oching!»
«O’rningizdan turing!»
Talabalardan bu gaplarni turli ohanglarda aytish talab etiladi.
2-bosqich: talabchan ohangda;
3-bosqich: sokin ohangda;
4-bosqich: jahl bilan;
5-bosqich: harakatga undash ohanggida;
6-bosqich: hayrat bilan.
Mashq davomida talabalarning tovushlarini nutq mazmuniga mos holda o’zgartira olishlariga hamda nutqlarining ta’sirli, obrazli va tabiiy chiqishiga qarab baholanadi.
4- mashq. Nutq ohanggi mashqi. (2-3 talaba bajaradi).
1-bosqich: o’qituvchi talabalar e’tiboriga bir nechta gapni havola etadi:
«Sinfimiz musoboqada 1-o’rinni egalladi»
«O’zlashtirish bo’yicha siz 1- o’rindasiz»
«Mashqni siz a’lo darajada uddaladingiz»
Talabalardan bu gaplarni turli ohanglarda aytish talab etiladi.
2-bosqich: hursandchilik bilan
3-bosqich: quruq ohangda
4-bosqich: yumshoq ohangda
5-bosqich: do’stona ohangda
6-bosqich: quvnoqlik bilan ayting.
5- mashq. Suratga qarab hikoya tuzish.
«Kunlardan bir kuni…» deb hikoya boshlaydi o’qituvchi. Talabalardan biri suratga qarab hikoyani davom ettirib bitta gap tuzadi. Ikkinchi talaba yana bir gap tuzadi. Uchinchi talaba davom etadi va h.k.
Bu mashqni bajarishda talabalarning so’z boyligi va har bir so’zni o’rinli foydalani olishiga, ijodkorligiga baho beriladi.
V. Mikrodars: Bolalar jamoasi bilan tanishuv.
Sinfga kirishda tabiiylik va maqsadga muvofiq harakatga e’tibor qaratish va «Hurmatli o’quvchilar, men …» tarzida muloqot o’rnatish.
3-4 talaba o’quvchilar bilan tanishishning eng qulay uslublarini namoyish etadilar. O’quvchilarda o’qituvchidan faxrlanish, aynan shu o’qituvchining dars berishini xohlash tuyg’usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Har bir mashq talabalar bilan birgalikda nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.

Download 288.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling