1-mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat mashg`ulot rejasi


Download 288.07 Kb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi288.07 Kb.
#1005597
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-AMALIY MASHG\'ULOT

O’tkazish tartibi.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini o’rganishga doir mashqlar.
1-mashq. «Xriziontema» mashqi.
1-bosqich: talabalar 5-6 kishidan iborat 2 guruhga ajratiladi. Har bir guruhga bittadan katta qog’oz va bir nechta marker beriladi. Har bir qog’ozga xriziontema gulining rasmi chizilgan va o’rtasida «pedagogik mahorat» so’zi yozilgan bo’lishi lozim.O’qituvchi talabalarga mashq shartini tushuntiradi.
2-bosqich: guruh a’zolaridan har bir gulbargga pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini yozish talab etiladi. «Xriziontema» gulining gulbarglarini tez, to’g’ri va ko’p to’ldirish lozim.
3-bosqich: topshiriqni bajarish uchun 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Vaqt o’tgach har bir guruhdan bir talaba taqdimot o’tkazadi.
4-bosqich: mashq yakunida o’qituvchi doskaga umumlashtirgan holda bitta «xriziontema» gulining gulbarglarini to’ldiradi va g’oliblarni e’lon qiladi.
Nutq madaniyatini rivojlantirishga doir mashqlar.
2-mashq. So’zlarning sinonimlarini topish mashqi.
1-bosqich: o’qituvchi topshiriq shartini, ya’ni ko’rsatiladigan so’zlarga ko’proq sinonimlar topishni tushuntiradi.
2-bosqich: SHundan so’ng quyidagi so’zlar qatori elektron doskada ko’rsatiladi:
dedi, (masalan, aytdi, so’zladi, gapirdi, tushuntirdi va h.k.)
berdi,… (masalan, topshirdi, uzatdi, sovg’a qildi, tuhfa etdi, va h.k.)
qildi, … (masalan, bajardi,tayyorladi, va h.k. )
ustoz, …(masalan, murabbiy, o’qituvchi, ta’lim beruvchi, o’rgatuvchi, va h.k.)
3-bosqich: topshiriqni bajarish uchun 3 minut vaqt beriladi. O’qituvchi har bir so’zni alohida tahlil qiladi. Har bir so’z bo’yicha ko’proq va to’g’ri sinonim topgan talaba baholanadi.
3- mashq. Nutq ohanggi mashqi. (2-3 talaba bajaradi).
1-bosqich: o’qituvchi talabalar e’tiboriga bir nechta gapni havola etadi:

Download 288.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling