1-mavzu: pedagogik texnologiyalar pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida. Pedagogik texnologiyalarning rivoji. Reja


Download 52.62 Kb.
bet3/4
Sana07.05.2023
Hajmi52.62 Kb.
#1437342
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

3. Tadbirkorlik o‘yinlarining shartlarini tushuntirish va vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan yangi amaliy bilimlarning axborotini berish.
4. Navbatdagi ishni rejalashtirish:
ularga avval ma’lum bo‘lganlar asosida uning ayrim bosqichlarini bajarish usullarini tanlash;
avval egallangan bilimlar asosida tushuntirish ishini olib borish va o‘z ijodi uchun zarur bo‘lgan yangi metodlarni qidirish;
rejalashtirishni mustaqil nazorat qilish.
5. Vazifa shartlari, ularning bajarilishini tushuntiruvchi qoidalar (materiallar)ni o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha mustaqil ishlar va tadbirkorlik o‘yinlaridagi o‘z mavqyeini aniqlash.
6. O‘zlaridagi bor bilim, malaka va ko‘nikmalar asosidagi reja bo‘yicha ishlarni bajarish:
• yangi bilim va malakalarni hosil qilish;
• o‘z xatti-harakatlari va ularning natijalarini muntazam nazorat qilish.
• qayd qilingan kamchiliklar va ularning sabablarini bartaraf qilish
• belgilangan rejalarni (reja oldi ishlari va rejadan tashqari) takomillashtirish;
• yakuniy natijalarni tekshirib ko‘rish va taxlil qilish.
7. Talabalar faoliyatini, ularning bilimi, malakasi, ko‘nikmalarini nazorat qilish va joriy yo‘l-yo‘riqlar berish.
8. Talabalarning tadbirkorlik o‘yinlariga tayyorligini aniqlash maqsadida ularning mustaqil ishlari natijalarini tekshirib ko‘rish.
9. Talabalarga tadbirkorlik o‘yinlarini o‘tkazish va unda qatnashish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish, ularni rol o‘ynash bo‘yicha taqsim qilish, zarurat tug‘ilganda har biriga qo‘shimcha yo‘l-yo‘riqlar berish.
10. Oldindan ishlab chiqilgan ssyenariy bo‘yicha talabalarning tadbirkorlik o‘yinlari.
11. O‘yin ishtirokchilariga joriy yo‘l-yo‘riqlar berish.
12. O‘yin ishtirokchilarining o‘yin davomida o‘zi o‘ynagan rollariga baho berishi hamda o‘z-o‘zini nazorat qilishi.
13. Tadbirkorlik o‘yini natijalarini muhokama qilish va talabaning o‘quv-o‘yin faoliyatiga baho berish.
SHunday qilib, tadbirkorlik o‘yinlaridan yangi bilimlarni yegallash, o‘tilganlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, umumiy malakani shakllantirish kabi bir qator vazifalarni yechishda foydalaniladi.
Tadbirkorlik o‘yinlarining bir nyecha modifikatsiyalari mavjud:
Imitatsion o‘yinlar.
Bunday o‘yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o‘tkazish va b;), faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi ham mumkin.
Ssyenariyda bunday o‘yin tuzilmasi to‘la yozib chiqiladi va imitasiya qilinadigan obyektlar va jarayonlar belgilanadi. Operatsion (voqeiy) o‘yinlar. Bunday o‘yinlarda aniq o‘ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o‘yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi. Rol ijro etish o‘yinlari. Unda konkryet shaxsning xulqi, xatti-harakati, o‘z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
Tadbirkorlik tyeatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o‘ynaladi. Bu o‘yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo‘ljalni to‘g‘ri baholay olishni o‘rgatish, o‘zining xulqiga to‘g‘ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish va ular bilan muloqot o‘rnata olishga o‘rgatishdir.
Psixodrama va sosiodrama. Bu ham o‘ziga xos «tyeatr», lyekin ijtimoiy psixologik maqsadni ko‘zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila olish, boshqa kishining holatini o‘zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.
Tadbirkorlik o‘yinlari texnologiyasi
4-02 jadvalda tasvirlangan „ (G.K.Syelyevko varianti).
Bu texnologiya tayyorgarlik davrini ham o‘z ichiga oladi. U ssyenariyni yozib chiqish, vaziyat va obyektlarni shartli belgilar asosida tasvirlashdan boshlanadi. Ssyenariy mashg‘ulotning o‘quv maqsadi, o‘rganilayotgan muammoning tavsifi, qo‘yilgan vazifani asoslash, o‘yinning rejasi, vaziyatning mazmuni va qatnashuvchi shaxslarning tavsiftni o‘z ichiga oladi.
O‘yinga kirishish. Bu bosqichda ish ryejimi aniqlanadi, mashg‘ulotning bosh maqsadi shakllantiriladi, muammoni qo‘yish va vaziyatni tanlash asoslanadi.
O‘tkazish bosqichi. U o‘yin jarayonidir. O‘yin boshlangach, hyech kim unga aralashmaydi va uning borishini o‘zgartira olmaydi. O‘yinni faqat uni boshqaruvchi tuzatib borishi mumkin.
Tahlil bosqichi. O‘yin natijalari muhokama qilinadi va baholanadi. Bu bosqichda ekspyertlarning fikrlari yeshitiladi. O‘zaro fikr almashinib bo‘lingach, talabalar o‘z xatti-harakatlari va xulosalarini himoya qiladilar.
SHunday qilib, tadbirkorlik va yevristik o‘yinlar bo‘lg‘usi mutaxassisning ilmiy-ijodiy tajribalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Oliy maktab muammolarining tadqiqotchilari quyidagi tadbirkorlik va evristik o‘yin turlarini farqlaydilar:
1. Mutaxassislar orasida o‘z vazifalarini, dasturlar va rollarini taqsim qilish asosidagi tadbirkorlik va evristik o‘yinlar. Bunday mutaxassislar sirasiga quyidagilar kiradi:
kelgusida ishlash kutilayotgan muassasada faol ijodiy ishlovchilarni va ulami ishlab chiqishda, aniqlash bilan band bo‘lgan «vazifa tadqiqotchilari»;
ijodiy guruhdagi barcha ishtirokchilarningfaolligi sathida shu guruhning o‘ziga xos katalizatorlik vazifasini bajaruvchi «faollashtiruvchilar»;
ilmiy muammoning yechimiga yordam beradigan yo‘llar va byetakror fikrlar taklif qiluvchi «g‘oyalar ishlab chiquvchi» talabalar;
g‘oyalarning tugilishiga va ulaming boshqa ijodiy gumh a’zolari tomonidan idrok qilinishiga yordam beradigan «ryezonator» (tarqatuvchi) , talabalar;
muammoni yechishning eng maqbul (optimal) variantini qayta ishlab chiqish va topish bilan band bo‘lgan «nazoratchi» talabalar.
Bunday o‘yinlarni muayyan obyektda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Rahbarlar va o‘qituvchilar oldindan rollarni belgilab qo‘yadilar. Masalan, agar o‘yin konstruktorlik byurosining tuzilmasini o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, quyidagilar belgilanadi:
«KB boshligi»;
«Bosh konstruktor»;
«Ixtirochi»;
«Opponyent»;
«chizmakash»;
«tekshiruvchi»;
«maslahatchi»;
«nazoratchi» va b.
SHundan so‘ng quyidagilar tuzib chiqiladi:
har birining egallaydigan vazifalari va xatti-harakatlari bahosi bo‘yicha yo‘riqnoma;
o‘yin jarayonining asosiy davriyligi bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.
O‘yin jarayonida tortishish, musobaqalashish (bahs-munozara yuritish), ruhiyatining bo‘lishini ta’minlash zarur.
O‘yin o‘tkazish chog‘ida «buyurtmachi» rolini bajaruvchi rahbar u yoki bu tadbirlarning bajarilish sifatiga va bu tadbirlarda rol ijro yetgan (qatnashgan, ishtirok yetgan) talabalarga baho beradi. SHu baholar asosida butun guruhning hamda alohida talabalarning rol ijro yetishi bahosi chiqariladi.
Bunday o‘yinlarni tashkil yetish bo‘lg‘usi mutaxassis qobiliyatini diagnostika qilishni taqozo qiladi. SHu maqsadda talabalarni rol ijro yetishlarini almashtirib turish ham tavsiya yetiladi. CHunki har bir talaba u yoki bu rolda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘ra olsin, ya’ni «oddiy»dan «KB boshlig‘i» darajasidagi rollarni ijro etishga imkoniyat berilsin.

Download 52.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling