1-mavzu: pedagogik texnologiyalar pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida. Pedagogik texnologiyalarning rivoji. Reja


Download 52.62 Kb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi52.62 Kb.
#1437342
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Birinchi bosqichda (1997-2001 yillar) amaldagi kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatlarini saqlagan holda bor tizimning rivojlanishi uchun huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik va moliyaviy-moddiy shart-sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar majmuasini hal qilish ko‘zda tutiladi.
Ikkinchi bosqichda (2001-2005 yillar)-rejalashtirilgan masalalar bo‘yicha Milliy dastur to‘la amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqichda (2005 yildan keyingi yillar)-XXI-asr raqobatbardosh kadrlarini tayyorlashning yalpi tizimini taraqqiy ettirish va takomillashtirish nazarda tutiladi.
Milliy dasturning birinchi bosqichini ishlab chiqish va uning amalda bajarilishi O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida erishgan intellektual va moddiy, ilmiy-metodik, me’yoriy va huquqiy potensiallari, shuningdek, horijiy mamlakatlarning ta’lim va fan, texnika va texnologiya, iqtisodiyot va madaniyat sohalaridagi yutuqlariga tayanadi.
Respublika ehtiyojlariga javob bera oladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar klassifikatori ishlab chiqildi. Oliy maktabda ko‘p bosqichli o‘qish tizimiga o‘tildi, bilimning yangi sohalarida kadrlar tayyorlash boshlandi.
Reyting tizimi va tyest usuli asosida abituriyent va studyentlarning bilimdonligini xolisona baholash usullari joriy qilindi. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. YAngi talablarga muvofiq ravishda aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlashga keng yo‘l ochilgan. Oliy attyestatsiya hay’ati faollik ko‘rsatayapti.
Iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli davlat siyosati amalga oshirilayapti. Maxsus fandlar yaratildi va qobiliyatli yoshlarni xorijdagi yetakchi o‘quv va ilmiy markazlarida o‘qitish tashkil qilindi. Aspirant va studyentlar uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, buyuk allomalar nomi bilan atalgan stipendiyalar joriy qilingan.
O‘quv-ta’lim va fan sohalarida xalqaro aloqalar kengaymoqda. Bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin munosabatlar o‘rnatilmoqda. Ta’lim sohasida hukumatlararo bitimlar tuzilgan.
Ta’lim jarayonining mazmuniga oid muammolar sifat jihatdan yangi bosqisga ko‘tarilmoqda. O‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, odamiylik elementlari kirib bormoqda. Gumanitar-ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumi butunlay yangidan ko‘rib chiqilmoqda. Ta’limning barcha tabaqalariga ma’naviyat, iqtisod va huquq asoslarini o‘rganish kiritilmoqda, chet tillarini o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda.
Yuqorida keltirilgan o‘zgarishlar va yutuqlar kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi o’zbek davlatchiligining tamal toshi qo‘yilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, mafkuraviy sohalarda tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim-tarbiya sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiyashunoslik tajribalarini o‘rganish va tadqiq qilish ishlari keng yo‘lga qo‘yildi.
Bugun mamlakatimiz istiqlol sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‘rganish va hayotimizga tadbiq etish davri keldi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, yaqin kelajakda “kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi“.
Bu faslda biz pedagogik texnologiya nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixiga nazar tashlaymiz. 30-yillarda “pedagogik texnika“ tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo‘ldi va u o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan usul va vositalar yig‘indisi sifatida qaraldi. SHuningdek, bu davrda PT dyeb o‘quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.
40-50 yillarda o‘quv jarayoniga o‘qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi PTga tenglashtirildi. 60-yillarning o‘rtalarida bu tushuncha mazmuni chyet el pedagogik nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQSHda “Pedagogik texnologiya“ (educational Tyechnology), 1964 yildan Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim“ (Technology and programmyed Lyearning), YAponiyada esa 1965 yildan “Pedagogik texnologiya“ (yeducational Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi.
PT muammosining o‘ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for educational Tyechnology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya jurnali“ (Journal of educational Tyechnology) chiqa boshladi. AQSHning qator univyersityetlari va ilmiy markazlarida ham PT muammolariga jiddiy e’tibor berildi. 1971 yilda maxsus “Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiya“si (Association for educational Communications and Tyechnology) faoliyat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi.
Yaponiyada PT muammolari bilan to‘rtta ilmiy jamiyat shug‘ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat univyersityetlarida markazlari mavjud, har uch oyda yapon tilida chiqadigan “Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar“ (yeducational Tyechnology Ryesyearch) jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o‘z o‘rnini topmoqda. YAqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanesye Council of Tyechnology Cyentyers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o‘rnatish ishlari bilan mashhur. Didaktikaning bu yo‘nalishiga e’tibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda o‘tkazilgan qator xalqaro konfyeryensilar tasdiqlaydi. SHunday xalqaro konfyeryensiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o‘tkazilib kelinadi va anjuman materiallari “Pedagogik texnologiya jihatlari” (Aspyects of educational Tyechnology) nomida nashr qilinadi. YUqoridagilarning o‘ziyoq PT pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chyet ellarda yangi yo‘nalish sifatida shakllanganligini ta’kidlab turibdi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, bu davrda PT ikki yo‘nalishda muhokama qilindi va rivojlantirildi: birinchisi - o‘quv jarayoniga texnik vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa ( shu jumladan dasturli ta’limning texnik vositalari), ikkinchisi - o‘qitish texnologiyasi masalalarini, ya’ni o‘quv materiallarni tahlil qilishdan tortib ta’lim jarayonini turlicha nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga qadar bo‘lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi. SHu yerda birinchi konfyeryensiya materiallari (1966 yil) to‘plamning kirish maqolasida yozilgan juda muhim dalilni keltirish o‘rinlidir: “ikki tushuncha - “pedagogika“ va “texnologiya“larni qo‘shish mantiqi tortishuvlarga sabab bo‘layapti. CHunki “texnologiya“ so‘zi auditoriyaga texnikani kiritish va “degumanizatsiya“ (insonparvarlikdan voz kechish) g‘oyasi bilan tavsiflanishi pedagogik kasb vakillarini cho‘chitishi mumkin“. Albatta, bu fikr ma’lum darajada to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Biroq texnokratik fikrlash (texnikaning inson va uning qadriyatlari ustidan ustunligi) fanda qoralanadi yoki inson hyech qachon “temir mashina“ga tobe bo‘lmaydi, balki uni o‘z aql- zakovati bilan yaratadi va boshqaradi. Bu muammoning psixologik jihatlari bo‘lib kam o‘rganilgan soha.
70-yillarning boshiga kelib o‘quv jihozlarining turli xillarini va o‘qitishning predmetli vositalarini loyihalash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zaruriy shartlardan biriga aylandi, ularsiz ilg‘or metodika va o‘qitish shakllari samarasiz bo‘lishi, ta’lim sifatiga erishib bo‘lmasligi anglab yetildi. SHu boisdan sotsialistik lagyerdagi davlatlarda ham bu sohada ma’lum hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 1965 yilda sobiq SSSR Pedagogika Fanlari Akadyemiyasida “O‘quv jihozlari va o‘qitishning texnik vositalari“ ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi va hozir ham Rossiya ta’lim akadyemiyasi instituti sifatida faoliyat ko‘rsatayapti. 1973 yilda Vyengriyada “O‘qish texnologiyasi Davlat Markazi“ byevosita YUNESKO tashabbusi va dasturi asosida tashkil etildi va uning asosiy vazifasi o‘qitish texnologiyasining yangi qirralarini kashf etish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish kabi masalalardan iborat bo‘ldi.
YUNESKO insonparvar va taraqqiyparvar tashkilot sifatida xalqaro muammolarni o‘rganish bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. 1971 yilda YUNESKO sobiq bosh diryektori Ryenye Mais Fransiya Bosh vaziri (ayni vaqtda Ta’lim vaziri) edgaro Foraga murojaat qilib maxsus guruhga rahbarlik qilishni, tyezkor o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir sharoitda jahon ta’limi oldiga qo‘yilgan maqsadni va uni amalga oshirish uchun aqliy va moddiy vositalar miqdorini belgilab berishni iltimos qildi.
SHunday qilib, 1972 yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Fransiya kitob do‘konlarida “Yashash uchun o‘qish. Tarbiya dunyosi bugun va ertaga“ (Lyearning for living. Thye world of education today and tomorrow) kitobi paydo bo‘ldi. Bu voqeaga roppa-rosa 30 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ma’ruzaning asosiy g‘oyalarini eslash foydadan xoli bo‘lmaydi. Boz ustiga bu kitob boshqalari kabi mamlakatimiz keng auditoriyasiga kirib kelmadi, kutubxonalarimiz boyligiga aylanmagan.
Komissiya tomonidan jahon ta’limining joriy holati tahlil qilinib asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Komissiya milliy Konsepsiya, shuningdek maorif va tarbiyani rivojlantirish stratyegiyasini ishlab chiqish uchun o‘z tavsiyalarini ifoda etdi. Bu konsepsiyaning bosh g‘oyasi: inson butun hayoti davomida tiklanish holatida bo‘ladi, demak u o‘z potensialini faqat uzluksiz ta’lim jarayonidagina amalga oshiradi - doimo yangiliklarni bilishga va mavjud tajribalarini faollashtirishga intiladi. SHu boisdan ma’lumotlilik faqat ma’lum hajmdagi bilimlarni uzatish bilan bog‘liq holda emas, inson o‘z hayoti davomida tiklanish jarayonining mantiqini aniqlaydigan omil sifatida tushunish kyerak. Eng asosiysi, edgaro Fora tomonidan “zamonaviy texnologiya ta’limni modernizatsiyalashda harakatlanuvchi kuch“ ekanligi qayd etildi.
Bu davrda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar turli mamlakatlarda turlicha kechdi: ba’zi birlari amaliyotdagi mavjud ta’limni takomillashtirishni avzal ko‘rsalar, boshqalari o‘z oldilariga hozirgi ta’lim tizimini yangisiga almashtirishni maqsad qilib qo‘ydi. Nihoyat, uchinchilari esa jamiyatni o‘zgartirmasdan turib ta’lim tizimini isloh qilish mumkin emasligini, vaqtni boy bermasdan yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning yangi tizimini yaratishga kirishish kyerakligini e’tirof etadilar.
Bugun O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish shartlaridan biridir. SHu sabab biz bu pedagogik fenomenning paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayonini o‘rganishga tarixiy yondashmoqdamiz.
1977 yilda Budapeshtda o‘tkazilgan o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha Xalqaro seminarda ta’limni texnologiyalashtirish jarayoni bilan bog‘liq omillar rus olimi S.G. Shapovalenko tomonidan quyidagicha belgilandi:
- texnikani bilish va mukammal egallash;
- audiovizual fondi bilan tanish bo‘lish;
- texnik vositalardan foydalanish metodikasini egallash.
Biroq bu fikrning bir yoqlamaligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Undan farqli o‘laroq g‘oyalar shu seminar ishtirokchilari tomonidan aytildi. Misol uchun, vyengyer olimi L. Salai o‘qitish texnologiyasi doirasini bir muncha kengaytirishga urinadi: rejalashtirish, maqsad tahlili, o‘quv- tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, maqsad va mazmunga mos keladigan metodlar, vositalar va materiallarni tanlash byevosita PTni loyihalashdagi o‘qituvchi faolitiyaga xosligini ta’kidlaydi. SHunga yaqin fikrlar, ya’ni o‘qitish texnologiyasi o‘zida yordamchi vosita va yangi tizimni qamrab olgan holda o‘quv jarayonini rivojlantirishga, uning tashkiliy shakllarini, metodlarini, mazmunini o‘zgartirgan holda o‘qituvchi va talabalarning pedagogik tafakkurlashiga ta’sir ko‘rsatishi J. Seller tomonidan ta’kidlandi. Bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, 70-yillar oxiriga kelib chyet ellarda texnika rivoji va ta’limni kompyutyerlash darajasiga bog‘liq holda PTning ikkita jihatlari alohida ajratilib ko‘rsatilgan va tadqiq qilingan: I) o‘quv jarayoniga texnik vositalarni joriy etish; 2) amaliy masalalar yechimini topishda bilimlar tizimidan foydalanish. Misol uchun, YAponiyada bu davrda olib borilgan tadqiqotlar o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishning birinchi yo‘nalishi, ya’ni ta’limning yangi texnik vositalarini yaratish va o‘quv jarayoniga qo‘llash bilan byevosita bog‘liq bo‘lgan (Noshinisono Narou, educational Tyechnology in Japan, Audio shal Instruction, November, 1979). Bunday holat boshqa qator davlatlar uchun ham xarakterli bo‘lib, PTning ikkinchi yo‘nalishi - nazariy-didaktik jihatlari 80-yillarning boshida AQSH va Angliyada tadqiqot ob’yektiga aylandi. CHunki “texnologiya“ so‘zi keng ma’noda nazariy bilimlarni amaliyot maqsadiga ko‘chirish, bu ko‘chirishning aniq yo‘llarini ishlab chiqish zarurati e’tirof etildi. SHunday qilib, 80-yillarda PTning mohiyatini oydinlashtirishga bo‘lgan urinishlar yanada davom ettirildi. Bu soha Rossiyalik pedagog olimlarning diqqatini ham jalb eta boshladi. PTning rivojlanish tarixi T.A. Ilinaning ilmiy maqolalarida burjua didaktikasining yo‘nalishi sifatida talqin etilsada, u birinchilar qatorida o‘z hamkasblarini bu muammo bilan shug‘ullanishga da’vat etadi va chyet el maktablari va pedagogikasida bu sohadagi yangi va qiziqarli nashrlarning barchasini kuzatish foydali ekanligini alohida ta’kidlaydi. SHu boisdan 80-yillarning oxiri, 90-yilllarda PTning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish Rossiyada keng yo‘lga qo‘yildi. Akadyemik V.P. Byespalkoning 1989 yilda nashr etilgan “Slagayemo‘ye pedagogichyeskoy texnologii“ (5) kitobi bu sohadagi yirik tadqiqotlarning natijasi hisoblanadi. Xo‘sh, PT mamlakatimiz ta’lim tizimida, qolavyersa, pedagogik nashrlarda ilmiy tushuncha tarzda qachon paydo bo‘ldi? SHubhasiz, yangi soha 1997 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida dolzarb tadqiqot ob’yekti darajasiga ko‘tarildi va ijtimoiy buyurtma sifatida yuzaga qalqib chiqdi. SHu bilan birgalikda mustaqillikning dastlabki yillaridayoq bu muammoga qo‘l urildi, aniqrog‘i 1993 yilda “Xalq ta’limi” jurnalida chop etilgan maqolada birinchi marta PT tushunchasi mohiyati, uning ta’rifi va ma’lum pedagogik tizim doirasidagi talqini yoritildi. Bugun esa PT mavzusi bo‘yicha mamlakatimizda nazariy va amaliy konfyeryensiyalarni uyushtirish, vaqtli matbuotlarda maqolalarning tyez-tyez ko‘zga tashlanib turishi ijtimoiy voqelikka aylanib boryotganligi quvonchlidir. 1997 yil may oyida Samarqand Davlvt Univyersityetida o‘tkazilgan “Oliy ta’limning hozirgi dolzarb muammolari” Oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy-metodik konfyeryensiyaning yalpi yig‘ilishida “Pedagogik texnologiya: konsyeptual tahlil” mavzusida ma’ruza qilindi Ma’ruzada ta’limni texnologiyalashtirish jarayoni ijtimoiy buyurtma sifatida mavjudligi e’tirof etildi, PT ta’rifi, mohiyati va tarixi hamda zamonaviy loyihasi metodologik yondashuvlar asosida tahlil qilindi. SHunday qilib, PT konsepsiyasining rivojlanish tarixini kuzatish natijalari asosida bu sohada syermashaqqat izlanishlarni olib borayotgan tadqiqotchilarni faoliyat darajalariga bog‘liq holda shartli uch guruxga ajratish mumkin:
1. Ba’zi “jonkuyar” olimlarning PTni pedagogikadagi zamonaviy yo‘nalishi dyeb an’anaviy yondashishlari va o‘z imkoniyatlari doirasida muammoga ilk bor qo‘l urishlari. Ular “tasodifiy” gurux vakillaridir.
2. Ta’limning bugungi ahvoliga qayg‘uradiganlar va uni inqirozdan qutqaruvchi kuch texnologiyalashtirish dyeb qaraydigan “qisman ijodkor” guruhiga mansub tadqiqotchilardir.
Bu guruh a’zolari texnologiyalashtirishni ob’yektiv jarayon, dyeb hisoblaydilar va yangi sifatiy muammolarni yechish uchun ta’limni evolyutsion jarayonga ko‘tarish shartlaridan biri ekanligini e’tirof etgan holda ijod qilmoqdalar. Ular “ilmiy” guruhni tashkil etadilar. O‘quvchi shaxsini faollashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. O‘yinli texnologiyalar. O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil yetadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan biigalikda faoliyatning asosiy turlaridan bin hisoblanadi.
Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik myexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning ftindamyental yehtiyojlariga tayanadi.
O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzyening ta’rificha, o‘yin shaxsga xos bo‘lgan ichki immanyent psixik (ruhiy) xulq shaklidir.
L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
A.N. Lyeontyev o‘yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo‘lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta’kidlaydilarki, o‘yinga kirishib kyetish qobiliyati kishi yoshiga bog‘liq yemas, lyekin har bir yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi.
O‘yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag‘ishlangan bo‘ladi.
Ular quyidagilar.
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
davolovchilik;
tashxis;
millatlararo muloqot;
ijtimoiylashuv.
Tadqiqotchilar o‘yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. O‘yinlarning muhun qirralari S.A.SHmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbir) tufayli bahra olish uchun yemas, balki xobishiariga ko‘ra, faoliyat jarayonining o‘zidan bahra olish uchun qo‘llanadi.
O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteriga — «ijod maydoni»ga ega bo‘ladi. O‘yin uchun hissiy ko‘tarinkilik xosdir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi. O‘yinning o‘yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko‘zda tutgan byevosita tyegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo‘lishini ko‘rsatadilar. Tadqiqotchilar nazariy aspektda o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qaraydilar. O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K.Syelyevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
o‘ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
predmetlarni, ya’ni haqiqiy narsalarni shartli, o‘yin narsalari o‘rnida qo‘llash;
o‘yinda ishtirok etuvchilarning ryeal o‘zaro munosabatlari;
o‘yinda shartli ravishda yaratilgan syujyet (mavnun) — ijro sohasi.
O‘yindan tushunchalar, mavzu va hatto o‘quv predmeti bo‘limini o‘zlashtirishda o‘qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O‘yinlar turli maqsadlaiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, taibiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo‘llaniladi.
O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, yestyetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollyektivizmni, jamoaga kirishib kyeta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog‘ishtirish, o‘xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, yempatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatmi motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Ijtimoiylashuv o‘yinlari jamiyatning me’yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko‘nikish, yehtiroslarni nazorat qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, muloqotga o‘rgatish hamda psixotyerapiyani nazarda tutadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o‘yin degan tushuncha mavjud. Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o‘yinlar «o‘yinli pedagogik texnologiyalar»ni tashkil etadi. Pedagogik o‘yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo‘yiladi.
Pedagogik o‘yinlar asosida talabalarni o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi o‘yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.
G.K.Syelyevko tomonidan pedagogik o‘yinlar tasnifi va uni amalga pshirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
Pedagogik o‘yinlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda bo‘ladi:
didaktik maqsad o‘yinli vazifa shaklida qo‘yiladi;
o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi;
o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;
o‘quv jarayoniga didaktik vazifa o‘yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi;
didaktik vazifyening muvqffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijalari bilan boglanadi.
Pedagogik o‘yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o‘yin metodikasi, soha xususiyati, o‘yin muhiti bo‘yicha tasnif qilingan (4.01 tablitsaga qaratilsin).
Oliy maktab amaliyotida tadbirkorlik o‘yinlariga alohida ahamiyat beriladi. Tadbirkorlik o‘yinlari nazariyasi umuman boshqa o‘yin faoliyati nazariyasi bilan byevosita bog‘langan. Tadbirkorlik o‘yinlari mashhur psixologlar L.S. Vigodskiy, A.N. Lyeontyev, P.YA. Galpyerinlarning islilarida nazariy asoslangan.
Tadbirkorlik o‘yinlari o‘z xarakteriga ko‘ra insonning shaxsiy xislatlarini shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi. Tadbirkorlik o‘yinlari bilish va o‘qitishning vositasi sifatida XX asrning 20-yillarida gurkirab rivojlandi. Tadbirkorlik o‘yinlariga taqlidiy (imitasion) o‘yinlar bilishning vositasi sifatida asos bo‘ldi. Taqlidiy o‘yinlarga o‘z navbatida harbiy va harbiy-siyosiy o‘yinlar asos bo‘lgan.
A.A.Vyerbiskiy tadbirkorlik o‘yinlariga o‘qitishning ishoraviy-kontyekst shakllari sifatida qaraydi. Uning fikricha, tadbirkorlik o‘yinlarida mashq qilish faoliyati va bo‘lajak kasbiy faoliyat model yoki uning prototipi, qaysidir suniy va tabiiy tizim sifatida o‘zaro nisbatlanadi. SHu tufayli tadbirkorlik o‘yinlari kasbiy faoliyatning ishoraviy modellari sifatida belgilanadi, uning kontyeksti (mazmuni) ishora vositalari, ya’ni tabiiy tilni ham hisobga olgan modellashtirish, taqlid (imitatsiya) va aloqa yordamida beriladi.
A.A. Vyerbiskiy oliy o‘quv yurtining vazifasini bunday o‘qitishda, ya’ni talabanibir yetakchi faoliyatini (o‘quv)dan boshqa(kasbiy) tipgafaoliyatning predmeti, motivi, maqsadi, vositasi, usul va natijalarini maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan (o‘zlashtirilgan) holda o‘tkazishni ta’minlash dyeb biladi.
Tadbirkorlik o‘yini yangi texnologiya sifatida mohiyatan quyidagilarni bildiradi:
ishlab chiqarish imitasion modeli sifatida taqdim yetilgan o‘quv material mazmunining izchilligi;
o‘yinli o‘quv modelida kelgusidagi kasbiy faoliyati tarkibiy qismlarini yaratish;
o‘quv jarayoni tarzini bilimlarga ehtiyojlarni tug‘dirish va ularni amalda qo‘llashning ryeal sharoitlariga yaqinlashtirish;
o‘zinning ta ‘limiy va larbiyaviy samaradorligi yigindisi;
o‘yinni olib boruvchi o‘qituvchining talabalar faoliyatini tashkil yetish va boshqarishidan talabalarning o‘z xatti- harakatlarini tashkil etish va boshqarishga o‘tishini ta’minlashi.
A.S. va G.F.Arbyenyevlar tadqiqotlarida tadbirkorlik o‘yini mutaxassisning yevristik tafakkurini rivojlantirishning samarali metodlaridan bin sifatida baholanadi.
ATyukov fikricha, har qanday o‘yin qay tarzda loyihalashtirilishidan qati nazar ularning har biri quyidagi talablarni bajarishi lozim:
kasbiy doira imitasiyasi yaxlitligi. Bunda o‘yin imitasiyasiga taalluqli bo‘lgan tuzilma va jarayonlar asosiy voqelikni aks ettiruvchi umumiy syujyet yoki asosiy mavzuga ega bo‘lishi lozim;
mustaqil tashkil etishga yo‘nalganligi;
o‘qitishning muammoliligi;
metodologik, psixologik va texnik jihatdan ta’minlanganligi.
Tashkiliy o‘yin aslida tobora takomillashib boruvchi o‘qitishni ta’minlashi kyerak. SHu maqsadda unda faoliyat rivojlanishining to‘liq davriyligi imitatsiyasi amalga oshiriladi, ya’ni qandaydir vaziyat yechimiga bo‘lgan yondashuvdan topilgan yechimning umumlashtirilgan bahosiga o‘tiladi.
A.A.Tyukov o‘yin davriyligining quyidagi bosqichlarini qayd qiladi:
vaziyatni va muammolashtirishni tahlil qilish asnosida o‘yinning asosiy syujyet mavzusi bo‘yicha o‘yin ishtirokchisining syermahsul mustaqil ijodiy ishi.
amaliy guruhlarning ish natijalarini umumiy tanqidiy muhokama qilish;
o‘yin jarayoni va ishtirokchilar xatti-harakatlarini ryeflyektiv tahlil qilish;
• yechimni tashkil etish bosqichi.
YA.S.Ginzburg va N.M.Koryak o‘yinning quyidagi sotsial psixologik xususiyatlarini farqlaydi:
guruh xarakteri;
yaratuvchilik, shartlilik;
ramziylik, utilitar bo‘lmaslik xarakteri;
belgisizlik (mavhumlik), tarqaluvchanlik xususiyati
Tadbirkorlik o‘yinini tayyorlashning sotsial-psixologik muammolariga quyidagilar kiradi:
ishtirokchilarni tanlash;
rollarni taqsimlash;
o‘yin rahbarini ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash;
ijtimoiy psixologiya bo‘yicha umumnazariy bilimlarni egallash;
nazariy bilimlarini amalda qo‘lllay olish;
shaxsiy tayyorgarlik.
I.Olloyorov tadbirkorlik o‘yinlariga o‘quv ishlarini tashkil yetishning bir shakli sifatida qaraydi. U o‘yinlar o‘quv jarayonida o‘z o‘rniga yega va o‘quv jarayonining asosiy vazifalari, mohiyati va tuzilmasi hamda o‘rganilayotgan fanning didaktik tabiatiga bog‘iiq boigan, aniq belgilangan didaktik funksiyalarni bajarishini ta’kidlaydi.
Tadbirkorlik o‘yinlarining didaktik funksiyalariga quyidagilar kiradi:
talabalarda aqliy faoliyat usullarining shakllanishi;
bilimlarni mustahkamlash va qo‘llash;
o‘quv jarayonida bo‘lg‘usi mutaxaxsisning faoliyati faqat o‘rganish emas, balki uni bajarishga qaratilgan didaktik qoidalar ishlab chiqishdan iborat bo‘lishi;
talabalar o‘kuv-bilish faoliyatining bo‘lg‘usi kasbiy faoliyati, xarakteri va tuzilmasiga maksimal darajada yaqinlashib berishi.
Tadbirkorlik o‘yini ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida quyidagi tayyorgarlik bosqichlariga ega:
O‘quv-bilish vazifalarini muammoli vaziyat topshirig‘i shaklida qo‘yish:
bo‘lg‘usi tadbirkorlik o‘yinining maqsadini aniqlab olish;
muammoli vaziyatni anglab etish;
talabalarga navbatdagi tadbirkorlik o‘yini haqida dastlabki ma’lumotlar berish;
2. Navbatdagi vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan va awal yegallangan bilimlardan foydalanish:
talabalarning o‘qituvchidan yoki adabiyotlarni tahlil qilish orqali yangi bilimlarni qabul qilib olishi;
bajarilishi lozim bo‘lgan ish to‘grisida talabalarga yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatish;
olingan bilim, o‘zlashtirilgan ilmiy tushunchalar va ishlash metodlarini umumlashtirish;
o‘z-o‘zini nazorat qilish;

Download 52.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling