Investitsiyalarni rag’batlantirish siyosatini qabul qilish zarurligi
Download 90.82 Kb.
|
Musqaqil ish Xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish siyosatini qabul qilish zarurligi Nafasov O’. Investitsiya haqida tushuncha Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablariO’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari O’zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan bo’lib, ular o’tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya to’g’risida”gi qonunida ko’rsatilishicha, “investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asmavzu-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”1.Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to’laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o’ziga va investitsiya faoliyatining ob’ektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi ta’kidlab o’tilgan. «Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitsiya mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda me’yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo’ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag’bat yaratadi. Bozor talablariga binoan tejamli xo’jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o’zgarmagan sharoitda ham zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o’z mablag’i hisobidan ta’minlash imkonini cheklab ko’yadi. Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub’ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o’z ifodasini topadi. O’zbekistonda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish. Soliq to’lovchilar va soliq solish ob’ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo’llash. Normalar, qoidalar, standartlarni belgilash. Monopoliyaga qarshi choralarni qo’llash. Kredit siyosati va narx siyosatini o’tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash. Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash. Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o’rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me’yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub’ektlari – chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati ko’pdan-ko’p qo’shimcha risklar bilan to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi. Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko’zlaydi. Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi: moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug’urtalash va kafolatlash; nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlash; texnik yordam ko’rsatish. Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo’naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to’la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo’la olmaydi. Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «CHet el investitsiyalari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida «CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi».1 Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQSHda chop etilgan tashqi savdo lug’atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar»2. CHet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko’rinishidagi muddatli qo’yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: qo’shma korxonalarni tashkil qilishda o’z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga to’la tegishli bo’lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qog’ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish. O’zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish bo’yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda. Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi: -iqtisodiy barqarorlik; -inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so’mning to’lov qobiliyatini oshirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ularni moliyalashtirish bo’yicha quyidagi omillar mavjud: -investitsiya loyihalari bilan shug’ullanuvchi shaxslarni rag’batlantirish; -sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg’i, energetika majmualari bo’yicha investitsiya loyihalarini tuzishni jadallashtirish; -iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni yangilash va yangilarini barpo etish bo’yicha intellektual investitsion loyihalarni amalga kiritilishi. Download 90.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling