Investitsiyalarni rag’batlantirish siyosatini qabul qilish zarurligi


Download 90.82 Kb.
bet4/11
Sana02.06.2024
Hajmi90.82 Kb.
#1837550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Барқарор ривожланиш миллий мезонлари






Иқтисодий мезонлар

Экологик мезонлар

Ижтимоий мезонлар




3.2.1.- chizma


Iqtisodiy mezonlar:
-tayyor mahsulot birligi hisobiga energiya va xom ashyo sarfini kamaytirish;
-zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo’li bilan ishlab chiqarish samaradorligini yoki tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;
-O’zbekiston Respublikasida bozorning xususiy sektorini rivojlantirishga ko’maklashish.
Ekologik mezonlar:
-atrof-muhitning saqlanishiga va yomonlashishining oldini olishga ko’maklashish;
-tabiiy xom ashyo sarfini va ishlab chiqarish chiqitlarini kamaytirish;
-xom ashyodan takroriy foydalanishga va tiklanayotgan tabiiy resurslardan foydalanishga yo’naltirilgan texnologiyalarni joriy etish;
-atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish. Ijtimoiy mezonlar:
-aholining ish bilan bandligining o’sishiga va haqiqiy daromadlarining oshishiga ko’maklashish;
-loyihani amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarning va loyiha amalga oshirilayotgan hududda yashaydigan aholining sog’lig’ini yaxshilash;
-aholining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalaridan xabardorligini oshirish.
Tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi barcha Barqaror rivojlanish milliy mezonlarini qondirishi shart emas, lekin ko’rsatib o’tilgan mezonlarga muvofiq mamlakatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak.

O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish


Investitsiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko’rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o’zaro bog’liq tadbirlar va ishlar kompleksidir.
O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga bog’liq holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:

    1. dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish;

    2. dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH) - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish;

v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari.



Download 90.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling