Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi. Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor, Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi


Download 4.61 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi4.61 Kb.
#1549852
Bog'liq
A navoiy g`zallari


Kecha kelgumdur debon... Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi. Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor, Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi. Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot, Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi. Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor, Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi. Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni – Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi. Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam, Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi. Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin, Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.

Manba https://tafakkur.net/kecha-kelgumdur-debon/alisher-navoiy.uz

Meni men istagan… Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas. Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra, Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas. Netay hur-u pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a, Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu no‘shxand etmas. Kerakmas oy ila kun shaklikim, husn-u malohatdin, Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas. Kerak o‘z chobuki qotilvashi majnun shiorimkim, Buzug‘ ko‘nglumdin o‘zga yerda javloni samand etmas. Ko‘ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir, Ajal sarrishtasidin o‘zga bo‘ynungg'a kamand etmas. Ul oy o‘tlug' yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin deb ko‘z, Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.

Manba https://tafakkur.net/meni-men-istagan/alisher-navoiy.uz


Ko`zung ne balo qaro bo`lubtur,


Kim jong`a qaro balo bo`lubtur.

Majmu`i davoni dard qildi


Dardingki, mango davo bo`lubtur.

Ishq ichra oning fidosi yuz jon,


Har jonki sango fido bo`lubtur.

Begona bo`lubtur oshnodin,


Begonag`o oshno bo`lubtur.

To qildi yuzung havosi jonim,


Yuz sori ango havo bo`lubtur.

Boqiy topar ulki bo`ldi foniy,


Rahravg`a fano baqo bo`lubtur.

To tuzdi Navoiy oyati ishq,


Ishq ahli aro navo bo`lubtur.

Manba https://tafakkur.net/xoh-inon-xoh-inonma-radifli-gazal/lutfiy.uz


Manba https://tafakkur.net/bu-kongul-radifli-gazal/lutfiy.uz

AGAR OSHIQLIG’IM AYTSAM


Mashrab g’azali

Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,


Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.

Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,


Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.

Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,


G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,


“Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,


Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.

Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,


Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.

Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,


Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.

Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,


Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.

Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,


Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.
Download 4.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling