1. "Miftoh ul-adl" asarida keltirilgan laklak qush nima sababdan vadasini buzadi?
Download 35 Kb.
|
2-kurs 2-qism adabiyot yopiq test
1. "Miftoh ul-adl" asarida keltirilgan laklak qush nima sababdan vadasini buzadi? 2. "Boburnoma"da keltirilishicha, Navoiyni kim Hirotdan surgun qilgan? 3. Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori, Qading, ey gul, hayotim bog'ining sarvi ravonidur. Bayt muallifi va unda qo'llangan she'riy san'atni toping. 4. "Shayboniynoma"da aytilishicha, Samarqand qo'rg'oni mahkam bo'lgandan so'ng Buxorodan kim kelib Samarqand ahlini yuragini oladi? 5. "Shayboniynoma"da keltirilishicha, inson izzatining sababi nima? 6. Husayning Navoiy g'azaliga bog'lagan muxammasini toping. 7. Mashrab qaysi g'azalida vahdat mayidan ichganj kelganligi haqida gapirib o'tgan? 8. "Boburnoma"da keltirilishicha, Farg'onaning girdogirdi tog' bilan o'ralgan bo'lib, qaysi tomonida tog' yo'q ekan? 9. Mashrab qaysi g'azalida har bir so'zning qiymatbaho gavhar ekanligi haqida gapirib, bu so'zlarni nodonlik bilan har nokasga aytma deydi? 10. "Shajarai turk" qaysi el Mo'g'uliston berk tog'larning ichida yurt qilib o'tiradi deb ta'riflangan? 11. "Sabot ul-ojizin" asarida nima ajab yo'ldur deb ta'riflangan? 12. So'fi Olloyorga o'z asarlarini yozishda kimlarning asarlari qo'l kelgan? 13. "Miftoh ul-adl" asarida keltirilgan Ali qayerning amiralmo'mini edi? 14. Qaysi hukmdor hunuk bo'lgani uchun taxtga o'tirishdan voz kechmoqchi bo'ladi, ushbu tasvir qaysi asarda uchraydi? 15. Qaysi ijodkor xon so'zini "g'ayb lisonidindur" deb ta'riflaydi? 16. Boburning qaysi g'azali ga'zali musajja shaklida yozilgan? 17. "Boburnoma"da keltirilishicha, Samarqanddan Buxorogacha necha yig'och yo'l ekan? 18. Joy nomlarini yozing: 1) "Unsiya"; 2) "Qudsiya"; 3) "Xalosiya"; 4) "Ixlosiya"; 5) "Safoiya"; 6) "Shifoiya". 19. "Miftoh ul-adl"da keltirilishicha, Shayx Bahlul qaysi xalifa devonxonasiga kirib taxtiga o'tirib oladi? 20. "Shajarayi turk"da Chingizxon qaysi podshohga "sayraq" deb laqab qo'ygan? 21. "Bobhrnoma"da "ilgari botqoqlik, bolchiqlik yomon suv bor emish" deb qayer ta'riflangan? 22. "Miftoh ul-ald"da keltirilgan tolibul ilm yigit Turkiston viloyatiga o'qigani ketishidan oldin ipak kissada necha tilloni qoziga omonat qilib tashlab ketganini aytadi? 23. "Shajarayi turk"da keltirilishicha, kimlarni Qoraxondan ayriladi deb hech o'ylamasdilar? 24. "Shajarayi turk"da keltirilgan Qut tog'i qaysi tog'lar orasida joylashgan edi? 25. Qaysi ijodkor tiyrak va bezovta ruh, o'tkir qalamning ta'sirchan kuchi va nihoyatda favqulodda jasoratga ega bo'lgan? 26. So'fi Olloyor asarlarini yozing. 27. Ahmad Yassaviy va So'fi Olloyor saodatni qanday ta'riflashgan? 28. Mashrab she'riyati qaysi jihati bilan qolganlardan ajralib turadi? 29. Mashrab qaysi g'azalida avval qatra bo'lganligini, keyin sadafga kirib durdona bo'lganini aytadi? 30. Vah, muhabbat ko'yida qon yig'ladim, Yetti iqlim g'arq bo'ldi ko'z yoshima. Bayt muallifi va unda qo'llangan she'riy san'atni toping. 31. Qaysi asar o'zbek nasrining o'ziga xos kashfiyoti sifatida yuz ko'rsatgan? 32. Qoysining ko'ksi chopilg'on bo'ldi, Qoysining ko'ngli ochilg'on bo'ldi. Ushbu bayt qaysi asardan olingan va unda qanday she'riy san'at qo'llangan? 33. "Shayboniynoma"da aytilgan millat-u din ziynat topadigan narsa nima? 34. Bobur qaysi g'azalida yer yuzini tutgan sel emas mening ko'zimning yoshidur deb aytadi? 35. Bobur qaysi janrda yozgan asarida Kobulda yashashini baqtinchalik deb aytadi? 36. "Boburnoma"da "rubi maskunda andoq shahr yo'qdur" va "rubi maskunda ...cha latif shahr kamroqdur" deb qaysi shaharlar ta'riflangan? 37. "Miftoh ul-adl"da keltirilgan Sulton Mahmud G'aznaviy hiylakor qoziga jazo berishda kimlardan maslahat so'raydi? 38. "Shajarayi turk"da keltirilgan o'n uyg'ur va to'qquz uyg'ur xalqlari xonlarining laqablarini toping. 39. "Shajarayi turk"da keltirilishicha uyg'urlar qayerga kelganda uch bo'lakka bo'linganlar? 40. Mashrabning otasining ismi nima? 41. "Unda olam va odamga aloqador bo'lgan barcha mavzular qamrab olingan deyish mumkin. Ammo ularning barchasi go'yoki ishq-muhabbat mavzusi atrofida birlashgandek tuyuladi". Ushbu ta'rif kimning ijodi haqida? 42. Lablaring erur la'ldek, yuzlaring qizil guldek, Barcha sengakim quldek, xizmatingga qurbon qiz. Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping. 43. Qaysi ijodkor g'azallarining birida Yorning bir jilvasiga ikki jahondan voz kechganini aytadi? 44. Qaysi ijodkorning g'azallaridan birida lirik qahramon o'zini itdan kam desalar ham or qilmasligini aytadi? 45. "Ko'nglum qani?", "Keldimu?" radifli g'azalllar muallifi kim? 46. She'riy san'atni toping. Nekim taqdir bo'lsa, ul bo'lur tahqiq bilgaysiz, Erur jang-u jadal, ranj-u riyozat barcha behuda. 47. "Boburnoma"da keltirilishicha, Bobur Hirotdaligida kim bilan yukunmay ko'rishadi? 48. "Boburnoma"da "shiringina imorattur, yuqorig'i oshyonida takkalluf ko'prak bo'lubdur" deb qayer ta'riflangan? 49. "Boburnoma"da keltirilgan Hirotning besh darvozasi qaysilar? 50. "Boburnoma"da aytilishicha, Darvozayi Iroqni kim qurdirgan? 51. "Boburnoma"da kimlarning kurash tushgani tasviri keltirilgan? 52. "Boburnoma"da Boburning aytishicha, uning vujudida paydo bo'lgan obila (qavarish)ni kim davolagan? 53. "Boburnoma"da keltirilishicha, Bobur kimni qovun ekkani qo'yadi? 54. "Miftoh ul-adl"da Sulton Mahmud G'aznaviy qozining kirdikorini fosh qilish uchun dastlab uni kim bilan yuzlashtiradi? 55. "Miftoh ul-adl"da keltirilgan amiralmo'minin Ali yoniga kelgan kishining yeri necha yildan beri hosil bermayotgan edi? 56. "Shajarayi turk"da O'g'uzxon necha onasini emmaydi? 57. "Shajarayi turk"da keltirilishicha to'qquz uyg'ur xalqi qaysi urug'dan bir kishini to'ra qilib ko'taradilar? 58. Kim Xuroson, Movorounnahr va G'ilonni uyg'ur Ko'rko'zga topshiradi? 59. Abulg'ozi Bahodirxonning Xivani olish jangida nechta miltiqchisi bo'lgan? 60. She'riy san'atlarni toping. Telba Mashrab, qilmagil sirringni zohidga ayon, Aytib-aytib yig'lagaysan oshiqi zor oldida. 61. Muhammad Solih qayerlarga hokimlik qilgan? 62. "Boburnoma"da aytilishicha, Samarqandni kim barpo qilgan va Samarqand kimning davrida musulmon bo'lgan? 63. "Miftoh ul-adl"da keltirilgan odamlar va farishtalarning va hurlarning ibodatidan ortiq ko'rilgan narsa nima? 64. "Shajarayi turk"da keltirilishicha Chingizxon kimni qarluq eliga elchi qilib yuboradi? Barlos Qo'bulay nuyon 65. Turdi Farog'iy o'zbek adabiyotidagi qaysi yo'nalishni ancha baland cho'qqiga olib chiqqan? 66. Abulg'ozi Bahodirxon qaysi muchal yilida xon qilib ko'tarilgan? 67. So'fi Olloyorning qaysi asarlarida fiqh, shariat ahkomlari, ma'naviyat, axloq qoidalari haqida bahs yuritiladi? 68. "Maslak ul-muttaqiyn" asari qanday shaklda yozilgan? 69. Mashrabning "Vada qildi bir kelay deb, ko'zga uyqu kelmadi" deb boshlanuvchi she'ri qaysi janrda yozilgan? 70. She'riy san'atni toping. Kel, ey tolib, bu dundin yuz o'girsang, Tariqi ka'bayi maqsudga yursang. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling