Yakuniy nazorat «G‘iyosiddinlar xonadonida she’r va musiqa, ilm va fazl hukmron bo‘lib, yosh Alisher mana shu musaffo muhitdan bahra olib o‘sdi…»


Download 336.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.07.2020
Hajmi336.93 Kb.
#123139
Bog'liq
yakuniy nazorat kun


Yakuniy nazorat 

1.«G‘iyosiddinlar xonadonida she’r va musiqa, ilm va fazl hukmron bo‘lib, yosh

Alisher mana shu musaffo muhitdan bahra olib o‘sdi…» (A.Qayumov). o`sdi so`zidan 

keyin  qanday tinish belgisi qo`yiladi? 

A) nuqta


B) ko`p nuqta

C) vergul

D) undov belgisi

2. Dalalar ko‘m-ko‘k maysa bilan qoplangan, tok novdalari naycha kurtak otgandi…

yo‘l yoqasidagi daraxtlar yaproqchalar chiqargan, dengiz tomondan shabada esib 

qolgandi (E.Xeminyuey).  

otgandi so`zidan keyin qanday tinish belgisi qo`yiladi? 

A) ikki nuqta

B) ko`p nuqta

C) vergul

D) nuqtali vergul

3. Navoiy o‘z-o‘ziga dedi… «Kishilar qalbiga quvonch baxsh etmoq bizning asosiy

vazifamizdir». 

dedi so`zidan keyin qanday tinish belgisi qo`yiladi? 

A) ikki nuqta

B) vergul

C) nuqtali vergul

D) nuqtali vergul

4. Qaysi gap tarkibida tire (-) ishlatilishi kerak?

A) Men uchunchiman

B) Do’stlik o’lkamizning qudrati, shoni

C) Bilim baxt belgisidir.

D) Ishning boshi boshlangunchadir.

5. Ko'chirma gapli qo'shma gaplardagi muallif gapi...

A) birovning aynan keltirilgan yoki o'zganing hech o'zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi

B) so'zlovchining gapi

C) tinglovchining gapi

D) mazmuni saqlanib, shakli o'zgartirilgan gap

6. Odam borki, odamlarning naqshidir.(A.Navoiy)

Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga kiradi? 

A) kesim ergash gapli qo'shma gap


B) shart ergash gapJi qo'shma gap

C) aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap

D) o'xshatish ergash gapli qo'shma gap

7. So’zlarning to’g’ri yozilishi haqida bizga ma’lumot beruvchi lug’at ...

A) izohli lug'at

B) imlo lug'ati

C) chappa lug'at

D) morfem lug'at



8. Hujjatlar tuzilishiga ko‘ra necha turga bo`linadi?

A) 3 turga

B) 2 turga

C) 5 turga

D) 4 turga

9. Qaysi tinish belgilar hujjat matnida nisbatan faol ishtirok etadi?

A) vergul, nuqtali vergul, so`roq belgisi

B) tire, so`roq belgisi, vergul

C) undov belgisi, ikki nuqta, qavs

D) vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire

10. Orzum shul o'chmasin yongan chirog'ing.

Mazkur bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari o'rtasida qanday tinish belgisi ishlatiladi, nima 

uchun? 

A) nuqtali vergul; mazmunan uzoq bo'lgani uchun



B) tire; sababini ifodalagani uchun

C) ikki nuqta; izohlash munosabati ifodalangani uchun

D) nuqtali vergul; mazmunan uzoq bo'lgani uchun

11.Balki so`zi o`zaro gaplarni bog`lasa, qanday gap hosil bo`ladi?

A) to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap

B) aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap

C) bog'langan qo'shma gap

D) bog`lovchisiz bog`langan qo'shma gap

12. Qaysi javobda to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap berilgan?

A) Ko'chatlarning bir tekis ko'karib turishidan sezdikki, bog'bon astoydil mehnat qilgan

B) Shunisi ayonki, kitobsiz inson hayoti bo'm- bo'sh.

C) Kimki rostgo'y, samimiy bo‗lsa, u el o'rtasida qadr topadi.

D) Bulbul gulzorni izlaydi, boyo`g`li esa hamisha vayronani ko`zlaydi.


13.Qo`shma gap berilmagan qatorni toping. 

A) Bulbul gulzorni izlaydi, boyo`g`li esa hamisha vayronani ko`zlaydi.

B) Yodingizda saqlangki, birovga yolg'on gapirish eng katta gunohdir.

C) To'g'ri so'z tosh yoradi, egri so'z bosh yoradi.

D) Omon laganning tagini non surkab yalab turganda, ko`cha-ko`yni to`ldirib, ayqirib-

chaqirib besh kishi kirib keldi. 



14. Shunisi qiziqki, ularning ko`p odatlari bir-biriga o`xshab ketardi.

 Ushbu gap - ... 

A) ega ergash gapli qo`shma gap

B) hol ergash gapli qo'shma gap

C) kesim ergash gapli qo'shma gap

D) o'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap



15. Aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap berilgan qatorni aniqlang.

A) Ona biladiki, endi har nahor Butun Vatan bo'ylab to'lishar bahor.

B) Ayrim shunday ishyoqmas odamlar bo‘ladiki, ularning hech qachon biri ikki bolmaydi 

.

C) Qayerda bekorchilik bo`lsa, o`sha yerda be‘manilik ham avj oladi



D) Biz istar edikki, yana go`zal hayotimizni aks ettiradigan rasmlar chizsangiz..

16.Qaysi qatorda ega ergash gapli qo'shma gap berilgan?

1. Kim ko'p o'qisa, dunyoqarashi keng bo'ladi.

2. Kim alam chekmaydi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas aslo.

3. Kimki bo'lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.

4. Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan.

A) 1, 3


B) 2, 3 .

C) 1, 4


D) 2, 4

17. Ega ergash gapli qo‘shma gapni toping.

A) Biz istaymizki, kadrlarimiz rivojlangan davlatlarning mutaxassislaridan kam bo`lmasin.

B) Kishi dardiga kim hamdard emasdur, Kishi nazdida ul mard emasdur ...

C) Naql qiladilarki, bir kishi sahroda borayotgan ekan.

D) Bilingki, jim turib salomat bo‗lish gapirib malomatga qolishdan afzal.

18.Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, shuning uchun mevasiz daraxtni kesib 

yondirgin. 

Qo'shma gapning turini va bog'lovchi vositasini aniqlang. 

A) bog'langan qo'shma gap, teng bog'lovchi

B) bog'lovchisiz qo'shma gap, ohang

C) ergashgan qo'shma gap, ko'makchili qurilma


D) murakkab qo'shma gap, teng bog'lovchi

19. Ko‘zini yog‘ bosgan iborasi qaysi birikmadagi hokim bo‘lak ma’nosiga teng

keladi? 

A) kibrli kishi

B) qari momo

C) biroz charchagan

D) o‘ta mag‘rur

20. Qanday lug'atda so’zlar haqida emas, balki ular bildirgan narsalar, tarixiy

voqealar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma’lumot beriladi? 

A) izohli lug'atda

B) etimologik lug'atda

C) frazeologik lug'atda

D) ensiklopedik lug'atda

21.So’zlarning o’z va ko’chma ma’nolarini qaysi lug'atdan topish mumkin?

A) chappa lug'atdan

B) imlo lug'atdan

C) tarjima lug'atdan .

D) frazeologik lug'atda

22. .  yirik /la /sh /moq

     yirik /la /sh /tir /ish 

     yirik /la /sh /tir /moq 

 Yuqorida qaysi lug'atdan namuna berilgan? 

A) izohli lug'atdan

B) imlo lug'atidan

C) chastotali lug'atdan

D) morfem lug'atdan



23. Izohli lug'atda omonim so’zlar qanday beriladi?

A) arab raqamlari bilan ko’rsatiladi

B) rim raqamlari bilan ko’rsatiladi

C) shtrix chiziq bilan ko’rsatiladi

D) omonimlar ko’rsatilmaydi.

24. Odami ersang, demagil odami, Onikim, yo'q xalq g'amidin g'ami

 Navoiyning ushbu mashhur bayti qo'shma gapning qaysi turi sanaladi? 

A) ega ergash gapli qo'shma gap

B) to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap

C) aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap


D) kesim ergash gapli qo'shma gap

25.Ergashgan qo'shma gap tarkibidagi ergash gap oxirida keladigan bog‘lovchini 

toping.  

A) deb


B)agar

C) chunki, agar

D) shuning uchun, shu tufayli

1-topshiriq: 

Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi va ular ish yuritish 

jarayonida ko‘p ishlatiladi. Ular qaysilar? 

2-topshiriq:  

Ma`ruza matnida ko`rsatilgan  Ariza namunasi asosida ishga kirish uchun Ariza yozing. 



Download 336.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling