Fan: ona tili Mavzu: Teng bog`lanish va tobe bog`lanish Maqsad
Download 0.96 Mb.
|
8-sinf 2019 teng va tobe boglanish sadikov.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) rivojlantiruvchi
- I.Tashkiliy qism
- II.O`tilgan mavzunu takrorlash
www.sadikov.uz O ’zbekiston Respublikasi XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI Fan: ona tili Mavzu: Teng bog`lanish va tobe bog`lanish Maqsad: 1) ta`limiy – gapdagi teng va tobe bog`lanishlar,otli so`z birikmasi,fe`lli so`z birikmasi yuzasidan ma`lumot berish; 2) tarbiyaviy - mavzu orqali o`quvchilarda ona tilimizga nisbatan muhabbat va mas`ullik hissini tarbiyalash, milliy o`zlikni anglash,kasb va hunarning foydalari yuzasidan mavjud tushunchlarni yanada shakillantirish; 3) rivojlantiruvchi – o`quvchilarning yozma va og`zaki nutqini rivojlantirish,olingan bilimlarni amalda qo`llash kompitensiyasi Dars tipi: yangi bilim berivchi Dars uslubi: yozma,og`zaki Dars usuli: “Blits-so`rov”, “3 x3”, test, “Bloklash” Dars jihozi: mavzu uchun tayyorlangan tarqatmalar , test varaqalari ko`rgazmalar Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a) salomlashish b) psixologik iqlim yaratish ( o`quvchilar ona tiliga bag`ishlangan she`rini birgalikda aytishadi) Oqituvchi: Darhaqiqat, shu kunlarada biz o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yillik muborak sanasini g`urur ila butun O`zbekiston bo`ylab nishonlamoqdamiz. Istaymizki, bu e`tibor, bu e`tirof, bu mavzu mavsumiy bo`lmaydi. Chunki bugungidek tez rivojlanayotgan davrda boshqa tillarni bilish qanchalik zarur bo`lmasin, ona tilimizning orni qalbimizda! Turli tillar o`rgandim, zamonga qarab turlandim, Dunyo kezib yellarning sardoriga saylandim. Har tilda so`zlashardim, har ishda bellashardim, Lek g`alati bir holat yurakni ezsa gar dard Sof o`zbekcha o`ylardim va o`zbekcha yig`lardim. O`zbek tilimiz yana-da ravnaq topaversin, deya darsimizni boshlaymiz. II.O`tilgan mavzunu takrorlash.(“3x3” usulida olib boriladi. Uchta qatordan uchtadan o`quvchi savol-javob uchun tanlanadi) 1.Sintaktik aloqa nima? J: So`zlarning gapdagi bog`lanishi 2. Sintaksis nimani o`rganadi? J: Gapdagi sintaktik aloqani 3. Gap nimalardan hosil bo`ladi? J: So`z va qo`shimchalardan 4. So`z birikmalari tarkibidagi hokim va tobe so`zning hech qanday qo`shimchalarsiz,faqat ohang va ma`nosiga ko`ra bog`lanishi nima deyiladi? J: Bitishuv 5. Do`stlarni hurmat qilmoq, kitobni o`qimoq, uydan chiqmoq kabi so`z birikmalari qaysi usulda bog`langan? Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling