Fan: ona tili Mavzu: Teng bog`lanish va tobe bog`lanish Maqsad


Download 0.96 Mb.
bet1/5
Sana05.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1168391
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-sinf 2019 teng va tobe boglanish sadikov.uz (2)


www.sadikov.uz

O ’zbekiston Respublikasi
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI






Fan: ona tili
Mavzu: Teng bog`lanish va tobe bog`lanish
Maqsad:
1) ta`limiy – gapdagi teng va tobe bog`lanishlar,otli so`z birikmasi,fe`lli so`z birikmasi yuzasidan ma`lumot berish;
2) tarbiyaviy - mavzu orqali o`quvchilarda ona tilimizga nisbatan muhabbat va mas`ullik hissini tarbiyalash, milliy o`zlikni anglash,kasb va hunarning foydalari yuzasidan mavjud tushunchlarni yanada shakillantirish;
3) rivojlantiruvchi – o`quvchilarning yozma va og`zaki nutqini rivojlantirish,olingan bilimlarni amalda qo`llash kompitensiyasi
Dars tipi: yangi bilim berivchi
Dars uslubi: yozma,og`zaki
Dars usuli: “Blits-so`rov”, “3 x3”, test, “Bloklash”
Dars jihozi: mavzu uchun tayyorlangan tarqatmalar , test varaqalari ko`rgazmalar
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: a) salomlashish
b) psixologik iqlim yaratish
( o`quvchilar ona tiliga bag`ishlangan she`rini birgalikda aytishadi)
Oqituvchi: Darhaqiqat, shu kunlarada biz o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yillik muborak sanasini g`urur ila butun O`zbekiston bo`ylab nishonlamoqdamiz. Istaymizki, bu e`tibor, bu e`tirof, bu mavzu mavsumiy bo`lmaydi. Chunki bugungidek tez rivojlanayotgan davrda boshqa tillarni bilish qanchalik zarur bo`lmasin, ona tilimizning orni qalbimizda!
Turli tillar o`rgandim, zamonga qarab turlandim,
Dunyo kezib yellarning sardoriga saylandim.
Har tilda so`zlashardim, har ishda bellashardim,
Lek g`alati bir holat yurakni ezsa gar dard
Sof o`zbekcha o`ylardim va o`zbekcha yig`lardim.
O`zbek tilimiz yana-da ravnaq topaversin, deya darsimizni boshlaymiz.
II.O`tilgan mavzunu takrorlash.(“3x3” usulida olib boriladi. Uchta qatordan uchtadan o`quvchi savol-javob uchun tanlanadi)
1.Sintaktik aloqa nima? J: So`zlarning gapdagi bog`lanishi
2. Sintaksis nimani o`rganadi? J: Gapdagi sintaktik aloqani
3. Gap nimalardan hosil bo`ladi? J: So`z va qo`shimchalardan
4. So`z birikmalari tarkibidagi hokim va tobe so`zning hech qanday qo`shimchalarsiz,faqat ohang va ma`nosiga ko`ra bog`lanishi nima deyiladi?
J: Bitishuv
5. Do`stlarni hurmat qilmoq, kitobni o`qimoq, uydan chiqmoq kabi so`z birikmalari qaysi usulda bog`langan?

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling