Fan: ona tili Mavzu: Teng bog`lanish va tobe bog`lanish Maqsad
Download 0.96 Mb.
|
8-sinf 2019 teng va tobe boglanish sadikov.uz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yana savol! Bilan
TOBE bog`lanish:
- bir mustaqal so`z boshqa mustaqil so`zni izohlaydi,ya`ni tobe so`z hokim so`zga bo`ysunadi; - kamida ikkita mustaqil so`z bo`lishi kerak; - ikki va undan ortiq so`zdan iborat bo`lishiga qaramay,bitta tushunchani ifodalaydi; - tobe so`z hokim so`zga kelishiklar,ko`makchilar va ohang yordamida bog`lanad; - tobe bog`lanishdan “so`z birikmasi “ hosil bo`ladi Masalan: a) kelishiklar bilan kitobni o`qimoq, b) ohang bilan uyga kirmoq, a`lochi o`quvchi radiodan eshitmoq, issiq havo ko`chada o`tirmoq, qunt bilan o`qimoq maktabning hovlisi, to`satdan uchrashmoq d) ko`makchilar bilan telefon orqali eshitmoq, onam uchun olmoq Diqqat savol! Nega b guruhdagi qunt bilan o`qimoq birikmasi ko`makchilar, to`satdan uchratmoq esa kelishiklar qatoridan o`rin olmagan? N avbat yana sizga ……..ni …….. …….ga ……… ……..dan …….. ……..bilan …….. Yana savol! Bilan so`zi qachon ko`makchi ,qachon bog`lovchi? Gapda so`zlarning tobe bog`lanishi yuzasidan berilgan ma`lumotni tushundingizmi? _______ IV. Mustahkamlash. 23- topshiriq. (Yozuv taxtasida bajariladi. Daftaringizga yozing) Shart: Ajratib ko`rsatilgan so`z birikmalaridagi tobe so`z hokim so`zga nima vositasida bog`langan va hokim so`z qaysi turkumga oid? 1.Hech bir xalq dalada ishlash doston yozishdek shonli ish ekanligini anglab yetmaguncha yuksalmaydi. 2. Hech narsa qilmaslik - bu juda og`ir ish. 3. Baxt yalqovga begona. 4.Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda? Namuna: dalada ishlash – dalada- tobe so`z, ishlash- hokim so`z, tobe soz hokim so`zga –da kelishik qo`shimchsi orqali bog`langan. 24-topshiriq (Yozuv taxtasida bajariladi. Daftaringizga yozing) Shart: Ajratib ko`rsatilgan so`z birikmalaridagi tobe so`z hokim so`zga nima vositasida bog`langan va hokim so`z qaysi turkumga oid? Dunyodagi eng og`ir yuk hasad yukidir. Chunki hasadchi butun dunyodagi shod va quvnoq odamlarning quyg`ularini o`z ustida yuklab yuradi. Boy insonlar pulni ko`proq toppish hamda jamlashni o`ylasa,kambag`al odamlar uni ko`proq sarflashni o`ylaydi. Olimlar o`rtasidagi hasad va ko`rolmaslik jamiyat uchun ofatdir. Namuna: Shod va quvnoq - va teng bog`lovchisi, shod - sifat, quvnoq - sifat. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling