1-mavzu: pedagogik texnologiyalar pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida. Pedagogik texnologiyalarning rivoji. Reja


Download 52.62 Kb.
bet1/4
Sana07.05.2023
Hajmi52.62 Kb.
#1437342
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu


1-MAVZU: PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR PEDAGOGIKANING MUSTAQIL SOHASI SIFATIDA. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING RIVOJI.


REJA



  1. O‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

  2. Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish tarixi.

  3. Pedagogik texnologiyalar rivojining zamonaviy bosqichi.

  4. Pedagogik olimlarning «Pedagogik texnologiya» tushunchasiga ta’riflar



Tayanch iboralar: texnologiya, pedagogik texnologiya konsepsiya, metodologiya, metodologik asos, ilmiy potensial baza

XXI asr aql-zakovat, manaviyat va bilimdonlik asri. Shuning uchun ham bu asr jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-marifiy taraqqiyotida tub o‘zgarishlar qilish lozimligini taqozo etmoqda. Bu tub o‘zgarishlar, avvalo, yoshlar tarbiyasiga ularning barkamol avlod bo‘lib shakllanishiga qaratilgan. Zero, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishga, qanday manaviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga farzandlarimizning hayotga nechog‘lik faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq». Shu bois «Talim to‘g‘risida»gi Qonunda ko‘zda tutilgan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bular:


Talim tizimi va mazmuni yangilandi;
Yangilangan uzluksiz talim tizimi uchun davlat talim standartlari ishlab chiqildi va amalda qo‘llanilmoqda;
Ta’lim –tarbiya boshqaruvini isloh qilish amalga oshirilmoqda;
O‘quvchi yoshlarning intelektual qobiliyatlari ma’naviy-axloqiy salohiyatiga qo‘yilgan talablar monitoringi olib borilmoqda;
Ta’limning bozor iqtisodiyotiga moslanadigan mexanizmlari o‘rnatilmoqda. Shunday qilib, ta’lim tizimining yangilanganligi, o‘qitish mazmunini yangilashga, u esa o‘z navbatida ta’lim mazmunini va uni belgilovchi hujjatlar (o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, darsliklar)ning yangilanishiga olib keldi. Bu yangilanishlar o‘z navbatida tabiiyki o‘qitish jarayonini rejalashtirish, dars mashg‘ulotini loyihalashtirishga yangicha yondashishni, o‘quv-tarbiya jarayonini yangicha tashkil qilishni taqazo qildi. Shunga ko‘ra «ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarning samaradorli-gini oshirish, yangi izlanishlarni yo‘lga qo‘yish va ishlab chiqarishga joriy etish» zaruriyati paydo bo‘ladi. Mazkur sharoitda o‘quv jarayonining tashkilotchisi, amalga oshiruvchisi va nazoratchisi qilib faqat o‘qituvchini belgilash ayni paytda o‘qituvchini ta’lim ob’yektiga aylantirib, uning ijodiy faoliyatini chegaralash mutlaqo to‘g‘ri emas. Ayniqsa, fan-texnikaning jadal rivojlanayotgan, axbortning keskin ko‘payib borayotgan bir davrida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, orqali erishish mumkin bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalarning predmeti - ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‘quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. Shunday qilib, pedagogik texnologiya-ta’lim-tarbiya jarayonini majmuyini amalga oshirish texnikasidir.
«Pedagogik texnologiyalar» o‘quv fanining maqsadi – O’zbekiston respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2006 yil 10 avgustda tasdiqlangan. «Pedagogik texnologiyalar» fani bo‘yicha namunaviy dasturda quyidagicha belgilanadi:
–litseylar, kollejlar va maktablarning bo‘lajak o‘qituvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari, bilimlari bilan qurollantirish;
–yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega qilish;
–zamonaviy innovatsion texnologiyalar, g‘oyalar, maktablar, yo‘nalishlarning keng turlarida yo‘l topa bilish mahoratini shakllantirish;
–pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to‘g‘ri bajara olishga tayyorgarlikni shakllantirish;
–mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o‘zini tarbiyalash va o‘zining mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish.
«Pedagogik texnologiyalar» o‘quv fanining vazifalari esa, quyidagilarni qamrab oladi:

  • pedagogik texnologiyalarning nazariy, ilmiy asoslarini o‘rganish;

  • pedagogik texnologiyalar va ularning zamonay yo‘nalishlari bilan tanishtirish;

  • zamonaviy pedagogik texnologiyalarni turkumlash va tahlil qilish;

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo‘llash;

  • talaba olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish kabi.

Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishda quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish kyerak.
O‘quvchi sub’yektiga aloxida e’tibor berish.
Texnologik xususiyatga ega bo‘lishi.
Tizimlilik (pedagogik texnologiya) tizimlilik xususiyatiga ega bo‘lishi kyerak, ya’ni mantiqiy bog‘lanishlar va yaxlitlikning mavjud bo‘lishi.
Boshqaruvchanlik xususiyati, ya’ni diagnostika, rejalashtirishga qarab natijalarni korryektivlash, ya’ni moslashtirish.
Samaralilik xususiyati. Natijalari samarali, optimal kuch va mablag‘ talab etuvchi hamda standart ta’limga to‘g‘ri keluvchi bo‘lishi lozim.
Konspyektuallik xususiyati. Har bir pedagogik texnologiya chuqur g‘oyaga ega bo‘lishi, ilmiy asoslanishi lozim.
Pedagogik texnologiyalarga o‘tish uchun quyidagi muhim vazifalarni bajarish lozim.
Diagnostika
Planlashtirish
Aniq konkryetlashtirilgan maqsadni belgilash.
Belgilangan maqsadga erishishning aniq usul, metod va shakllarini qayta ishlab chiqarish lozim. Pedagogik texnologiyalar shaxsga individual yondashuv masalasini oldinga suradi va unga asoslanadi.
SHaxsning individualligiga asoslanish bu shaxsni aktivligini oshirish, uning yangi xususiyatlarni, qobiliyatlarni kashf etish va rivojlantirishdir. Har bir shaxsning tanlash imkoniyatini va erkin rivojlanish imkonini yaratishdir, ya’ni «rivojlantiruvchi ta’limni» ishga tushishini ta’minlashdir. Xotira maktabidan fikrlash maktabiga o‘tish va undan keyin rivojlanish maktabiga o‘tish maqsad qilib qo‘yiladi. Individual ta’limni rivojlantirish natijasida o‘z-o‘zidan ta’lim ko‘p profilli, ko‘p darajali yoki differensiyallashgan (tabaqalashgan) bo‘lib qoladi.
Ilgari bitta tanlab olingan trayektoriyadan chyetga chiqqan talabalarni trayektoriyaga solish harakat qilingan bo‘lsa, endilikda har bir talaba uchun o‘z trayektoriyasi ishlab chiqilishi va uning rivojlanish qadamlari nazorat qilib borilishi lozim, ya’ni har bir talabaning har tomonlama rivojlanishi o‘rganilib, so‘ngra keyingi rivojlanish rejalari tuziladi.
Ta’lim tizimi oldiga yangi yuksak vazifalar qo‘yildi. Bunday yuksak vazifalarni bajarish uchun metodika pedagogik texnologiyalar bilan boyitilishi talab etiladi. Bugungi kunda har bir pedagogdan yuqori samaradorlik talab etilmoqda. Ammo, ilm–fanning tyez rivojlanishi bilimlar hajmini oshib borishi o‘qituvchidan yangicha yondashuvni talab etmoqda. Bugungi kunda pedagog eski metodlardan foydalanib yuqori samaradorlikka erishishi qiyin. SHuning uchun ham biz talabalarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirishimiz ularni bu boradagi malakalar bilan qurollantirishimiz zarur. Bo‘lajak o‘qituvchilar nafaqat metodika, balki pedagogik texnologiyalar bilan tanishishi va ular byemalol qo‘llay olish darajasiga yetishlari talab etiladi.
Bugungi kunda pedagogik texnologiyalarga juda katta talab qo‘yilmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni talab etayotgan bir vaqtda kafolatlangan samarali natijani vujudga keltiruvchi yo‘nalish juda katta ahamiyat kasb etadi. Faqat kafolatlangan samarali natijaga asoslangan ta’lim tizimigina malakali kadrlarni yetkazish mumkin. SHuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni yanada mukammallashtirish yangi texnologiyalarni ishlash talab etilmoqda. Ayniqsa tarbiya borasida pedagogik texnologiyalar kam ishlangan. Ba’zi texnologiyalarda aniqlik yetishmaydi, bu esa natijani kafolatlash pedagogik mahorat xalaqit beradi. Pedagogning mahoratiga ham bugungi kunda talablar oshib bormoqda. Pedagogdan nafaqat o‘z psixikasini va nutq madaniyatini boshqarish, balki talabalarninig psixik holatini boshqarish talab etilmoqda. Bu vazifani bajarish uchun esa pedagog talabaning psixikasini o‘ta nozik jihatlarini o‘rganish va har bir talabaning qalbiga yul topa olish lozim. Buning uchun har bir pedagog o‘z ustida tinmay mehnat qilishi kyerak.
Har bir pedagogik davr o‘z o‘zgarishlari va yangiliklarini taqozo etadi. YAngi pedagogik texnologiyalarning maqsadi va har bir bosqichda asosan ta’lim va tarbiya samarasini oshirishga qaratilgan. Ta’lim–tarbiya jarayonining samarasini oshirish yangi sifat darajasiga o‘tish imkonini beradi.
Pedagogik texnologiyalar hozirgi davr uchun, ya’ni insonning rivojlanish darajasi va texnika rivojlanish darajasiga mos tushishi hamda inson va texnika ryesurslaridan unumli va uyg‘un foydalanishni ta’minlash lozim. Pedagogik texnologiyalarni mazmuni keng masshtabda qaratilgan bulsa:
a) Gumanizatsiyalashtirish va demokratlashtirish.
v) Individuallashtirish
s) Rivojlantirish
Tor ma’noda pedagogik texnologiyalarni mazmunini ma’lum vaziyatdan va muammodan kelib chiqqan holda asosiy prinsiplarga asoslangan holda ishlab chiqariladi.
Hozirgi davrda ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa) bilan bir qatorda madaniyat sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar doirasiga ham innovatsion texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, hozirgi zamon mutaxassisi, jumladan ta’lim yo‘nalishidagi oliy ma’lumotli mutaxassis pedagogik texnologiyalarning nazariy va amaliy asoslari bilan qurollanishi ob’yektiv zaruriyat bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, Respublikamizda oliy ta’lim tizimi yangi rivojlanish pog‘onasiga ko‘tarildi: ikki bosqichli ta’lim-bakalavriat va magistratura faoliyat ko‘rsata boshladi; davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi; talabalarning mustaqil bilim olishini yakka tartibda amalga oshirish joriy etilyapti; ta’lim mazmunida fan va ishlab chiqarish intyegratsiyasi o‘z aksini tobora ko‘proq topmoqda; professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga e’tibor kuchaytirilganligi alohida tahsinga loyiq. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni rivojlangan davlatlar tajribalari asosida takomillashtirish, uning ishtirokchilari-o‘qituvchi va talaba (magistr) faoliyatini «sub’yekt-sub’yekt» qonuniyatlari asosida tashkil etish zarurati bugun barcha oliy o‘quv yurtlarida pedagogika va psixologiya fanlarini o‘quv rejasiga kiritish lozimligini hayotning o‘zi isbotladi. Galdagi vazifa – u fanlarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratish, innovatsion pedagogik faoliyatning siru-sinoatlarini tadqiq qilish asosida amaliy xulosalarni qo‘lga kiritishdir. Zero, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi jamiyatni to‘liq pedagoglashtirish muammosini kun tartibiga qo‘yayotgani nazardan chyetda qolmasligi kyerak.
Ta’limni texnologiyalashtirish ob’yektiv jarayon ekanligini zamonaviyligi esa ilmiy-texnik tarakkiyot yunalishi bilan belgilanishi tan olingan xolda PT ning uziga xos tomonlari va yakin kelajakda u bilan boglik vazifalarni ko‘rsatib o‘tamiz?

  • ko‘p bosqichli ta’lim tizimida PT ning urnini asoslash zaruriy.

  • zamonaviy sanoat, tibbiy, iqtisodiyot, ekologiya kabi texnologiyalar bilan PT larni muntazam ravishda yangilab borish va tabakalashtirilgan yondashuv asosida ularni samaradorlik mezonlarini aniklash;

  • istiqbolli o’qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan xoda ilgor PT larni loyixalash, amaliyotga joriy etish, ommalashtirish va aniqlash;

Tegishli boshkaruv organlari (ta’lim markazlari) tomonidan ukuv muassasalari faoliyatida yangi PT larni tadbik etish darajasini nazorat kilish va baxolash;
Pedagog- o‘qituvchilarni ilgor pedagogik va axborot texnologiyalari buyicha bilimlar tizimi bilan kurollantirishni uzuliksiz tashkil etish;
Bulajak pedagogik - o‘qituvchilarga PT nazariyasi va amaliyoti buyicha maxsus kurs tashkil etilishi va o’qitish;
Ilgor o’qituvchilar ish tajribalari va usullarini urganib borish, ularni yaratgan yangi metodikalari yangi pedagogik texnologiya darajasiga kutarish borasidagi ishlarni amalga oshirish;
O‘qituvchi faoliyati pedagogik texnologiya, konunlariga moslashtirish muammolari va boshkalar.
Pedagogik texnologiya yordamida ta’lim jarayonidagi xato, kamchiliklarni, mavjudligini oldini olish, maqsadni qo‘ya olish, ta’lim jarayoni pedagogik texnologiya sifatida qarash, yangilikka, ijodga intilish.
XX asr oxiriga kelib dunyoda sanoati rivojlangan davlatlar bilan intellektual davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy musobaqa fan-texnika va texnologyalar sohasiga va pirovard ta’lim sohasiga ko‘chdi. Chunki raqobatbardosh kadrlarni yetishtirmay turib raqobatga qodir iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Bu borada O’zbekiston Respublikasida kasbiy ta’lim milliy dastur asosida shunday darajaga yetishi kerakki, bunda ta’lim mamlakatimizda va xorijda fan-texnika, texnologiya hamda iqtisodiyot sohalarida bo‘lajak taraqqiyotni hisobga olgan holda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlay oladigan bo‘lmog‘i darkor. Har tomonlama yetuk, raqobatbardosh kadrlarning yangi avlodi istiqbolga monand vazifalar qo‘yish va ularni yechishga qodir, yuqori saviyada fikrlash madaniyatiga ega, siyosiy-ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy axborotlar dunyosida mustaqil o‘z yo‘lini topa oladigan bo‘lishi kyerak.
Milliy dastur bunday talablarga mos keladigan kadrlarni tayyorlash uchun yangi modelni-kadrlar tayyorlashning O’zbekiston modelini nazarda tutadi. Bu modelning tashkil etuvchilari quyidagilardan iborat:

  • shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti bo‘lib, ta’limiy xizmatlarning iste’molchisi va yaratuvchisidir («o‘quvchi-o‘qituvchi» tandyemi);

  • uzluksiz ta’lim-malakali kadrlar tayyorlash tizimining o‘quv-ilmiy-ishlab-chiqarish va tarbiyaviy bazasidir;

  • davlat va jamiyat-malakali kadrlar tayyorlashning va ularga bo‘lgan zaruriyatning asosiy kafolatchisi;

  • fan-yuqori malakali kadrlarni yetishtiruvchi va iste’molchisi;

  • ishlab chiqarish-kadrlarga asosiy buyurtmachi bo‘lib, tayyorlangan mutaxassislarning sifatiga baho beradi, shunga yarasha kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan ta’minlaydi. Mazkur model uch qutbga ega. Birinchi qutb-shaxs: uzluksiz ta’lim tizimida bilimlarni istye’mol qilish va yaratish borasida o‘zining fuqarolik burchini to‘la-to‘kis amalga oshiruvchi inson. Ikkinchi qutb-davlat va jamiyat: shaxsning fuqarolik burchlarini samarali amalga oshirilishiga va iqtisod tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha milliy vazifalarni hal qiladi; uchinchi qutb-ishlab chiqarish bo‘lib, u davlat byudjyeti yoki kontrakt asosida o‘zi uchun zarur bo‘lgan kadrlar yetishtirishni moddiy-texnika bazasi va moliya bilan ta’minlaydi.

Milliy dastur kadrlar tayyorlash tizimining ana shu uchchala qutblarini o‘zaro uzviy birlashtirishni ta’minlovchi barcha shart-sharoitlar-ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik-pedagogik va boshqa shart-sharoitlar yaratilishini ko‘zlaydi. Kasbkorlik va ijtimoiy ma’noda o‘qituvchining shaxsi alohida e’tibor talab etadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasida Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z nutqida ta’kidlaganidek «. . .o‘qituvchi va murabbiyning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag‘batlantirish, ularning o‘z ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini ta’minlashimiz lozim». Bu vazifalarni hal qilinishiga Milliy dasturning «Qishloq maktabining taraqqiyoti», «Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash», «Ilmiy va pedagogik kadrlar», «Ijtimoiy muhofaza» nomli maqsadli dasturlari bag‘ishlangan. Milliy dasturda ikkinchi qutbi-davlat va jamiyatga alohida o‘rin ajratiladi. Davlat va jamiyat raqobatbardosh mahsulot yarata olidagan va raqobatbardosh xizmatlarni ko‘rsata oladigan malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili hisoblanadi.
Davlat va jamiyat:
fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va malakali oshirish huquqining amalda bajarilishini; sifatsiz ta’limdan himoya qilinishini; davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy ta’minlanishini; o‘qish, yashash va dam olish shart-sharoitlarini ta’minlash borasidagi vazifalarni yechishda o‘z-o‘zini boshqaruvning ortib borishini; o‘quvchilar hamda pedagogik kadrlarning ijtimoiy himoyasini; jismonan salomatligi chyeklangan shaxslarning kasbiy ta’lim olishini; o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilarga konsultatsiyalar berish, psixologik-pedagogik, ijtimoiy va tibbiy yordamni ko‘rsatish va maslahatlar berish markazlari ko‘paytirilishini kafolatlaydi.
Dastlabki ikki qutb-shaxs, davlat va jamiyat kutblari orasini to‘ldiruvchi uchinchi qutb-ishlab chiqarish hisoblanadi. Bir jihatdan u-kadrlar tayyorlash tizimi uchun tayanch bo‘lsa, ikkinchi tomondan ishlab chiqarish iste’molchi bo‘lib, o‘ziga zarur va malakali kadrlarning iste’molchisidir.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari, ularning asoslanganligi, muhimligi va muammolarni hal qilish yo‘llari mustahkam ilmiy fundamyentga tayanadi.
Birinchidan-Milliy dastur negizida tizimli yondoshuv yotadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash muammosi va uni hal qilish yaxlit bir sistyema-kadrlar tayyorlash tizimining samarali ishlashiga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zaro bog‘langan barcha faktorlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olgan o‘n to‘rtta maqsadli dasturlar sistyemaviy yondashuv natijasi hisoblanadi:

  • Ta’lim-tarbiya yo‘nalishi:

  • kadrlar tayyorlash sifati va kadrlar raqobatbardoshliligi;

  • ma’naviyat va ma’rifat;

  • professional ta’lim, fan va ishlab-chiqarish intyegratsiyasi;

  • iqtidorli bolalar va istye’dodli yoshlar;

  • ilmiy-pedagogik kadrlar;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • qishloq maktablarini rivojlantirish.

  • Informatsion yo‘nalish:

  • axborot texnologiyasi va ta’limni informatizatsiyalash;

  • o‘quv jarayonini axborotlar bilan ta’minlash va XXI asr kutubxonasi;

  • oliy professional ta’lim holatini baholash va kadrlar tayyorlashni bashorat qilish tizimi.

Ijtimoiy yo‘nalish:

  • bolalar va o‘quvchi yoshlar salomatligi muhofazasi;

  • maxsus ta’lim (alohida nuqsonli bolalar tarbiyasi va ta’limi);

  • ijtimoiy himoya.

Ikkinchidan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash vazifasini hal qilish professional ta’limning hamma bosqich va tabaqalari uchun, xalqaro modellar va me’yorlar asosida yaratiladigan ilmiy asoslangan, ilg‘or ta’lim standartlari kompleksiga tayanadi.
Uchinchidan, Milliy dasturda ko‘zlangan rejalarni amalga oshirish negizida islohotlarni o‘tkazish o’zbek modelining eng asosiy tamoyili-islohotlarni bosqichma-bosqich o‘tkazish prinsipi yotadi.

Download 52.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling