2. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ekoanalitik monitoring nazorati olib borilmoqda


Download 112.05 Kb.
bet1/5
Sana08.02.2023
Hajmi112.05 Kb.
#1178105
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Atrof muhitni muhofaza qilish bo\'yicha olib borilayotgan chora tadbirlar


Atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha olib borilayotgan chora tadbirlar


Reja


1. So’ngi yillarda mamlakatimizda atrof muhit muxofazasi sohasida olib borilayotgan islohatlar



2. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ekoanalitik monitoring nazorati olib borilmoqda




3. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan olib boriulayotgan Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi chora-tadbirlar

1. So’ngi yillarda mamlakatimizda atrof muhit muxofazasi sohasida olib borilayotgan islohatlar
Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta'minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi nihoyatda muhim. Yashash uchun tabiatni asrashimiz, tabiiy resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorlik bilan foydalanishimiz zarur. Shuningdek, bugungi kunda yer sharidagi ko'plab ekotizimlar zaxirasi deyarli butkul tugab, ortga qaytarib bo'lmaydigan darajaga yuz tutgan, boz ustiga aholi nufusi o'sib borayotgan, iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj kun sayin ortayotgan vaziyatda atrof-muhitni saqlash har qachongidan ham dolzarb vazifa sanaladi.
Xalqimizda “Buloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga yetmaydi” degan maqol bor. Asrlar davomida inson o‘zining taraqqiyot jarayoni bilan birga ekologiya inqirozi jarayonini tezlashtirdi. Bugun jahon hamjamiyati iqlim o‘zgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb e’tirof etmoqda. Afsuski, dunyo bo‘yicha kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi atrof-muhitning turli sohalariga salbiy ta’sir yetkazyapti. Dunyo mamlakatlari uning oldini olish uchun qonuniy va amaliy chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham bu borada tizimli reja asosida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda. Shu o‘rinda, avvalo, Konstitutsiyamizning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, deya belgilab qo‘yilganini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlash maqsadida 2019-yil 30-oktabrda “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalar qatorida Orolbo‘yi masalasiga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi: “Davrimizning o‘tkir muammolaridan yana biri — global iqlim o‘zgarishlaridir. Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o‘zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug‘dirmoqda”.
Taassufki, ayrimlar atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiyani asrashga nisbatan mas’uliyatni his qilmayapti. Joriy yilning 24-avgust kuni Prezident raisligida o‘tgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bu haqida tanqidiy fikrlar bildirib o‘tildi. Daraxtlarni kesishga moratoriy e’lon qilingan bo‘lsa ham ayrim shaxslar tomonidan bu qoidalarga rioya etilmayotgani keskin tanqid qilindi.
Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024-yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi. Shuningdek, qayd qilinishicha, o‘tgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan. Biroq, shunga qaramasdan, o‘tgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan”, deya ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bir qator xalqaro konventsiyalar va tegishli rivojlanish protokollari ratifikatsiyalariga qo‘shildi:
– Ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha Vena konventsiyasi (18/05/1993 y.);
– Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal protokoli (18/05/1993 y.);
– London Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga o‘zgartirishlar kiritish (01/05/1998 y.);
– Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga Kopengagen o‘zgartirish (01/05/1998 y.);
– Transchegaraviy suv oqimlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha BMTning YTK konventsiyasi;
– Tabiiy muhitga ta’sir etuvchi harbiy yoki boshqa dushmanona maqsadlardagi vositalaridan foydalanilishini taqiqlanishiga oid Konventsiya (05/26/1993 y.);
– Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Asosiy konventsiya (20/06/1993) (Kyoto protokoli, 1999 y.);
– Jiddiy qurg‘oqchilik va / yoki cho‘llanishga uchragan mamlakatlarda,ayniqsa Afrikada,cho‘llanishga qarshi kurash konventsiyasi (31/08/1995 y.);
– Xavfli chiqindilarning transchegaraviy harakatlarini nazorat qilish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha Bazel konventsiyasi (12/22/1995 y.);
– Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konventsiya (06/05/1995 y.);
– Butunjahon madaniy va tabiiy merosini himoya qilish konventsiyasi (22.12.1995 y.);
– Yo‘qolib borish xavfidagi yovvoyi fauna va floraning xalqaro savdosi bo‘yicha konventsiyalar (25/04/1997 y.);
– Ko‘chmanchi yovvoyi hayvonot turlarini saqlash konventsiyasi (01/05/1998 y.);
– Suv-botqoq hududlari bo‘yicha asosan, qushlarning yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga molik Ramsar Konventsiyasi (08/30/2001 y.).
– Parijda iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi shartnoma (19/04/2018 y.).

Download 112.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling