Pedagogikaning rivojlanib va boyib borishiga qaysi fanlar ta’sir ko`rsatadi?
1-5.chizma
Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o’rganiladi.
Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy bog’liqdir.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizim ini rivojlantirishning kontseptual asoslari
Prezident Sh.Mirziyoyevning “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 4-yo‘nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan bo‘lib, unda ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish. 1
Respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning intellektual salohiyatini rо`yobga chiqarish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish shakllantirish dastlab oilada, sо`ngra boshlang`ich ta‘lim jarayonida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |