1 Olam va uning qonunlarini bilish falsafiy dunyoqarash bilan bevosita bog’langan masaladir. Shuning uchun ham dunyoni bilish masalasi doimo falsafa fanining diqqat markazida bo’lib kelgan


Download 20.2 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi20.2 Kb.
#1139569
Bog'liq
1 Olam va uning qonunlarini bilish falsafiy dunyoqarash bilan bevosita bog


1 Olam va uning qonunlarini bilish falsafiy dunyoqarash bilan bevosita bog’langan masaladir. Shuning uchun ham dunyoni bilish masalasi doimo falsafa fanining diqqat markazida bo’lib kelgan. Qadimgi faylasuflar ham dunyoni bilish mumkinligini ehtirof qilganlar. Masalan, atomistik nazariyaning asoschisi Demokrit olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini tahkidlaydi. U bilish jarayonida hissiy jihat va tafakkur rolini oddiy va sodda holda ko’rsatadi.
1

Демокрит Левкиппдан кейин сабабийлик тамойилини ўзида мужассамлаштирган дунёнинг атомистик моделини ишлаб чиқди. Чексиз фазода кўплаб оламларга бирлашган ҳолда ўзгармас қонунлар асосида бўлинмас ва кўзга кўринмайдиган заррачалар учиб юради ва уларнинг ичида бир мунча тезроқ ҳаракат қиладиган ва оловсимон шарсимонлари ҳам бўлиб улар руҳни ташкил қилади, руҳ шундай қилиб моддийликнинг бошқача кўриниши, холос. Физиканинг тарқалиш қонуни руҳ учун ҳам, вужуд учун ҳам таъсир қилади. Шунинг учун Демокрит руҳнинг ўлмаслигини инкор қилади.


Қадимги Грек файласуфларининг руҳ ҳақидаги тушунчалари салмоқли эди. Бу тушунчалар афсонавий тасаввурлардан илмий тафаккурга ўтишга катта таъсир кўрсатди. Гераклитдаги шартлилик, Анаксагордаги тартиблилик ва Демокритдаги сабабийлик тамойиллари фақат моддий табиат учунгина эмас, балки психик фаолият учун ҳам қўлланиши мумкин деган ғоя тасдиқланди.
Эпикурейчилар ўзларининг ғоявий йўналишлари сифатида Демокрит таълимотини тан олишган бўлишса ҳам, Демокритдан фарқ қилиб атомлар белгиланган ҳаракат доирасидан оғишлари мумкин деган ғояни илгари суришди. Масаланинг бу тахлитда қўйилиши антологик тақдирнинг олдиндан белгилаб қўйилмаслигини англатса ҳам, тартиблилик, ташкилийлик нуқтаи назаридан, яъни тирик жон материясининг унинг тараққиёт даражасига боғлиқлиги масаласида биопсихологиядан чекинишга ва кейинчалик бу муаммоларни умуман кун тартибидан олинишига олиб келди.
2
Psixologiya tarixining eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlari: 1) ilmiy maktablarni o‘rganish, 2) arxiv materiallarini o‘rganish, 3) intervyu,
4) ilmiy asarlarga murojaatlarni tahlil qilish, 5) biografik va avtobiografik metodlar hisoblanadi.

Ilmiy maktablarni o‘rganish metodi tadqiqotchiga turli ilmiy maktablar o‘ziga xosligi, ilmiy bilimlar ishlab chiqarish usullari, u yoki bu ilmiy maktablar vakillari o‘rtasidagi aloqalar xususiyatlarini tadqiq qilish imkonini beradi. Tarixiy psixologik tadqiqot jarayonida ushbu metodni qo‘llash har bir ilmiy psixologik maktabni sinchiklab o‘rganishni talab qiladi.


Arxiv materiallarini o‘rganish metodi aniq maqsad asosida ilmiy ishlarni izlash, uning natijasida matnli ma’lumotlarga sharxlar tuzish va uni zarur qaydlar bilan ta’minlashdan iborat.


Intervyu metodining mohiyati tadqiqotchining psixolog olim bilan suhbatidan iborat. Tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib intervyu davomida aniq savollar yordamida zarur ma’lumot olinadi. Ushbu metod nazariyaning o‘ziga xosligini uning yaratuvchisi orqali tushunishga imkon beradi.


Ilmiy asarlarga murojaatlarni tahlil qilish metodi psixologiyadagi ilmiy maktablar va yo‘nalishlar o‘rtasidagi aloqalar haqida, shuningdek ilmiy asarlardan sitatalar olish chastotasini aniqlash orqali psixologik bilimlar taraqqiyoti yo‘nalishlari va axvoli haqida muhim ma’lumotlarni olish imkonini beradi.


Biografik va avtobiografik metodlar tadqiqotchiga olim, u yoki bu nazariyaning yaratuvchisi hayoti atmosferasini qayta tiklash orqali u yoki bu nazariyaning mohiyatini samarali tushunishga imkon beradi.


3
Frantsuz matematigi, tabiatshunos va faylasufi Dekartning ismi bilan psixologiya tarixidagi goyat muhim bosqich boshlanadi. Aynan, u o’zining ong haqidagi talimoti bilan Aristotelning ruh haqidagi talimotidan psixika to’grisidagi tushunchalarning ajralib chiqishi uchun asos yaratdi. U avtomat kabi mexanik ishlovchi organizm modelini tanlaydi va u bilan o’sha kunlargacha ruh bilan boshqariluvchi bo’lib hisoblangan tirik tanani uning tasiridan “xolos etdi”. SHu davrda Garve tomonidan qon aylanishining kashf qilinishi “organizm mexanik mashina” degan fikrni rivojlantirdi. Unda yurak qon o’tkazuvchi nasos bo’lib hisoblanadi va bu jarayonda ruhning hech qanday funktsiyasi yo’q deb talim berildi. Dekartgacha barcha faoliyat jarayonlari, erdagi hayot tashqarisidan energiya oluvchi maxsus agent ruh bilan boshqariladi, deb hisoblab kelindi. Ammo Dekartdan boshlab, tana mexanika qonunlariga asosan tuzilgan avto tizimdir, undagi organlarning ishlashi ham tananing faoliyati ham, boshqa tanalar bilan aloqasi ham, ruhga muhtoj emas, deb takidlandi. Lekin, bu bilan ruh “ishsiz” bo’lib qoldimi? Yo’q, Dekart ruhni hech narsaga bogliq bo’lmagan oliy substantsiyagacha ko’tardi. “Ruh ongning uzluksiz bo’lmagan hodisalari-fikrlaridan iborat” deb aytdi olim. Ruhning birdan bir asosiy belgisi uning fikrlashidir. Fikrlashdan to’xtash ruhning yo’q bo’lishiga olib keladi, deb hisoblaydi. Dekartning tana va ruh substantsiyalarini o’zaro taqqoslashi shunga olib keladiki, Dekart tana o’z tabiatiga bo’linuvchi, ruh esa bo’linmas, shuning uchun u turli xil narsa degan xulosaga keldi. Dekart dualizmning manosi shuki, tana va ruh mustaqil substantsiyalardir. Ularning har qaysisi mavjud bo’lishi uchun o’zidan boshqa hech narsaga muhtoj emas. “Ruh butunlay mening tanamdan butunlay ayru bo’lib, u tanamsiz ham mavjud bo’la oladi”. “Bizdagi issiqlik va harakat fikrga bog`liq bo’lmagani uchun ular faqat tanamizga tegishlidir” deb yozadi Dekart.

3
Dekartning birinchi opponenti bo’lib gollandiyalik faylasuf Barrux Spinoza chiqdi. Gegelning fikricha, B.Spinoza Dekart falsafasidagi dualizmni olib tashladi. Unga ko’ra yagona va abadiy ajralmas xususiyatlarga ega bo’lgan substantsiya - bu tabiat. SHuning uchun odamni substantsiyalar uchrashadigan “joy” sifatida Spinoza inkor etadi. Odam bir butun moddiy va ruhiy mavjudot deb biladi. O’zining eng mashhur psixologik asari “Etnika”da faylasuf dastlab substantsiyalar masalasida to’xtaladi. SHu erdanoq uning qarashlari Dekartning qarashlaridan uzoqlashadi. Dekartdan farqli ravishda Spinoza monestik talimotni ilgari surdi. Substantsiya deganda Spinoza bizdan tashqarida joylashgan tabiatni tushunadi. Bu substantsiya o’z navbatida bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, inson ularning faqat ikkitasi - tana va fikrni biladi. SHuning uchun ruh va tana bitta individualni, yani fikrlaydigan tanani tashkil etadi. Alohida ruhiy substantsiyaning borligini Spinoza inkor etadi, lekin materiya va tafakkur birligi muammosini oxirida ochib berolmadi. Substantsiyalar talimoti asosida Spinoza insoning hissiy holatlari ko’proq affektlar masalasini yoritib berdi. O’zining affektlar haqidagi talimotida affektlarning paydo bo’lishi va ularning tabiati: odamlarning affektlarga qulligi va affektlarning kuchi; inson ozodligi va inson aqlining kuchi masalalari yuzasidan to’xtaldi. Affektlarni Spinoza tabiiy hodisa deb biladi. Affektlar orasidan Spinoza Z tasini alohida ajratib ko’rsatadi.
4 Ибн Сино мантиқ (логика) илмига тушунчалар тизими билан катта ҳисса қўшди. Масалан, у олти хил тушунчани шархлайди.
Биринчи - ҳақиқатда реалликдаги бирон бир предмет тушунчага мос келмайди ва унинг пайдо бўлиши ҳам мумкин эмас. Бу худонинг шериги.
Иккинчи - ҳақиқатда реалликдаги бирор бир ягона предмет тушунчага мос келмайди, лекин унинг пайдо бўлиши истисно қилинмайди. Масалан: олтин тоғ, шарбат дарёси ва ҳ.з.
Учинчи - умумий тушунчага битта индивидуал предмет мос келади, лекин раелликда у мавжуд бўлмайди. Бу худо.
Тўртинчи - тушунчага реалликдаги ягона предмет мос келади. Лекин яна шундай ягона предметнинг пайдо бўлиши истисно қилинмайди. Масалан; ой, қуёш.
Бешинчи - тушунчага реалликда санаш мумкин бўлган предметлар мос келади. Масалан; дарахтлар, ўсимликлар, китоблар...
Олтинчи - тушунчага реалликдаги санаш мумкин бўлмаган предметлар мос келади. Масалан; чанг, юлдузлар, қум ...
Ибн Сино эманация назариясини талқин қилиб, қуйидагича баён қилади. Худо- абсолют бирлик, нуқта, нуқтанинг эса томонлари йўқ, демак, худо фақат битта нарсани ярата олиши мумкин. "Бирликдан фақат бирлик пайдо бўлиши мумкин". Ана шу яратилган бирлик умумдунёвий ақл ҳисобланади. Бу биринчи ақл. Умумдунёвий ақлни худо зарурат туфайли, танилишни хоҳлаганлиги учун яратган.
Умумдунёвий ақлнинг учта томони бор. Битта томони худонинг ўзига қаратилиб, унинг ўзини англайди, чунки умумдунёвий ақл худонинг ўзи ҳақидаги билимдир. Иккинчи томони, иккинчи ақл ва унинг соҳасини (сферасини) яратади. Учинчи томони ана шу соҳанинг руҳини, яъни унинг ижодий моҳиятини яратади.
Иккинчи ақл учинчи ақлни, учинчи ақл тўртинчи ақлни ва х.з. ўнинчи ақлгача яратади. Ҳар бир ақлнинг ўз соҳаси ва ўз руҳи бор. Ақллар мана шу тарзда юқоридан қуйига таралиб ой соҳасигача тушади. Шу ердан олов, тупроқ, ҳаво, сувдан ташкил топган бизнинг ер дунёмиз бошланади. Материя ана шу тўрт асос бирикмаларини такомиллаштиради, ўсимликлар дунёсини, ҳайвонлар дунёсини ва, ниҳоят, одамлар дунёсини яратади.
Демак, худонинг ҳукми фақат ўзи яратган умумдунёвий ақлгагина таъсир кўрсатади, холос. Ундан нари ҳар бир ақл ўзидан қуйидаги ақлнигина бошқаради, яъни ҳукм фақат битта қуйидаги поғонага ўтади, холос.
Ибн Синонинг бу фикри материянинг эволюцион тараққиётини асослашга бўлган фандаги дастлабки ҳаракатлардан бири эди.
Ибн Синонинг машҳур акс эттириш назарияси, яъни оламнинг инсон ҳиссиётлари, ақли ва руҳида акс эттирилиши ҳақидаги назария ҳақиқатда оламни инсон томонидан билиш мумкинлиги ҳақидаги назария ҳисобланади.
Download 20.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling