Mavzu: Falsafa pedagogika, ilmiy tadqiqotchiga, biologga, muhandisga, umuman har bir insonga falsafa nima uchun kerak.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Falsafa pedagogika, ilmiy tadqiqotchiga, biologga, muhandisga nima uchun keraklik prinsipi
Umuman har bir insonga falsafa nima uchun kerak
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
A.A.Ivin, A.L.Nikiforovlarning qayd etishicha, “nazariya voqelikning ma’lum sohasidagi qonuniyatlar va aloqalar haqida yaxlit tasavvurni hosil qiluvchi, ilmiy bilimni tashkil etuvchi eng rivojlangan shaklidir”. Nazariyaning komponentlari: nazariy dastlabki asoslar (fundamental toifalar, tushunchalar, qonunlar, qonuniyatlar, tamoyillar); nazariyaning ideallashtirilgan obyekti o‘rganilayotgan soha obyektlarining xususiyat va aloqalarining mavhum modeli sifatida; nazariya mantiqi isbotlarning ko‘pligi sifatida. Nazariyaning asosiy vazifalari: tushuncha – kategorial apparat vositasila voqelikni tasvirlash; dalillar asosida yotgan muhim aloqadorliklar tizimini ochish (genetik, ierarxik, funksional va h.k.); kontekst dinamikasini hisobga olgan holda obyektlarning holatini prognozlashtirish. Pedagogikada ta’lim nazariyasini ancha chuqur o‘rganilgan. Voqelikning biror sohasining nazariyasini belgilash – mazkur sohaning butun xilma-xilligi yorqin namoyon bo‘ladigan asosiy munosabatlarni izlab topishdir. V.V.Krayevskiy didaktikaning obyekti bilan bog‘liqlikda ta’lim strukturasida ikki ahamiyatli munosabatni ajratadi: o‘qitish va o‘qishning birligi; ta’limning mazmunli va protsessual jihatlarining birligi.
V.V.Serikovning qayd etishicha, ushbu ikki munosabatdan (“o‘qitish – o‘qish”, “mazmun – metod”) madaniyatning maxsus hodisasi sifatida ta’limning barcha tavsifini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ta’limning mazkur mohiyatli xususiyatlarini ta’riflash uning nazariy modelining mohiyatini tashkil etadi. Bunday tavsifiynazariy modelni tuzish navbatdagi – normativ (me’yoriy) modelga o‘tish imkonini beradi. Nazariy modelga yaxlit pedagogik jarayon nazariyasi (S.Rajabov, V.A.Slastiyoninlarning ilmiy maktabi), shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi (V.V.Serikov, N.N.Azizxodjaeva), ta’lim mohiyatining madaniy-insonparvar yo‘naltirilganligi (I.YA.Lerner, V.V.Krayevskiy) kabilarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |