Asosiy qism Falsafa pedagogika, ilmiy tadqiqotchiga, biologga, muhandisga nima uchun keraklik prinsipi


Download 90.87 Kb.
bet2/5
Sana18.02.2023
Hajmi90.87 Kb.
#1212528
1   2   3   4   5
Bog'liq
Falsafa pedagogika, ilmiy tadqiqotchiga, biologga, muhandisga, umuman har bir insonga falsafa nima uchun kerak

Asosiy qism

Akademiklar S.Rajabov va V.A.Slastyoninning ilmiy maktabiga ko‘ra, pedagogik jarayon – dinamik ta’lim-tarbiya tizimidir. Pedagogik jarayon – tarbiyalanuvchilar tomonidan ijtimoiy-madaniy tajriba, hamda mazkurjarayon ishtirokchilarining rivojlanishi maqsadida ta’lim va tarbiya vositalarini qo‘llagan holda tashkil etiladigan pedagog va tarbiyalanuvchilarning aniq maqsadga qaratilgan o‘zaro ta’siridir. Pedagogik jarayon, avvalo pedagogik o‘zaro ta’sirning mazmun va texnologiyasi bilan bog‘liq maxsus tashkil qilingan sharoitlarda amalga oshiriladi. Pedagog va tarbiyalanuvchilar – pedagogig jarayonning kechishi va natijalarini belgilab beruvchi faol ishtirokchilar, ushbu jarayonning subyektlaridir. Pedagog va tarbiyalanuvchi, ta’lim-tarbiya mohiyati va vositalari singari komponentlar o‘rtasidagi aloqa dinamik tizim sifatidagi real pedagogik jarayonni keltirib chiqaradi.


Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning me’yoriy asosini tashkil etadi.
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog‘i, metodologiya predmeti – faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.
Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ilmiy bilishning ikki jihati – bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki ikki faoliyat turi – metodologik tadqiqot va metodologik ta’minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo‘nalishlari, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplari, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi –metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadi.
Shu bilan birgalikda pedagogik muammolarning umumnazariy muammolar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, birinchisi «qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qo‘llash mumkin» degan savolni aniqlashtirsa, ikkinchisi – umumnazariy savollar esa pedagogikaning predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, ta’lim va tarbiya mohiyati kabi umumiy savollar yyechimiga qaratiladi.
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasi respublikamiz va jahon miqyosida tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Mazkur muammo ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ta’lim jarayonini tashkil qilish texnologiyalari va usullarini optimallashtirish bilan chambarchas bog‘langan. Ularning to‘laqonli hal etilishiga esa pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishda yanada moslashuvchan va taraqqiyparvar yondashuvlarni keng joriy etish orqaligina erishish mumkin. O‘z navbatida pedagogika fani boshqa fanlar kabi yangi-yangi dalillar, yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologiyalar asosida rivojlanib boradi. Buning uchun esa ilmiy asoslangan tadqiqot metodlariga tayanish talab etiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari esa o‘z navbatida metodologiya tushunchasi bilan ataluvchi nazariy prinsiplar majmuasiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik metodologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlar tahlili «metodologiya», shuningdek, «pedagogik metodologiya» tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatadi. Pedagogika fanida metodologiya tushunchasining gnoseologik talqini ko‘proq ustuvorlik kasb etadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra «metodologiya» tushunchasi, mazmunan «gnoseologiya» (bilish to‘g‘risidagi fan), «nazariy bilish» kabi tushunchalarga yaqin turadi. Ushbu yo‘nalish tarafdorlari masalaga bir tomonlama yondashib, metodologiyani faqat «bilish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot» yoki hodisalarni bilish jarayoni sifatida talqin qiladilar. Shu o‘rinda, ushbu tushunchaning «borliqni o‘zgartirish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot» ekanligini e’tibordan chetda qoldiradilar va metodologiyani gnoseologik qolip bilan cheklab qo‘yadilar.
Pedagogik tadqiqotlarning metodologik ta’minoti va pedagogik refleksiyaga doir manbalari. Pedagogik tadqiqotning metodologik ta’minotiga me’yoriy-metodologik bilimlar (yondashuvlar, tamoyillar, usullar, mezonlar) hamda metodologik vazifani bajaruvchi deskriptiv umumiy va maxsus ilmiy bilimlar (tasniflar, konsepsiyalar, tizimlar, modellar) kiradi.
E.G.Yudinning ta’kidlashicha: “Ilmiy bilishning tadrijiy rivojida vazifa ko‘pincha shunday qo‘yilgan bo‘ladiki, bunda asbrakt bilish ratsiional bilishga nisbatan metodologik vazifani bajaradi. Aslida har qanday ilmiy nazariya metodologik vazifani bajaradi...”. Masalan, ta’limning madaniyatshunoslikka doir konsepsiyasi didaktika, tarbiya nazariyasi, xususiy metodikalar sohasidagi tadqiqotlarga nisbatan metodologiya vazifasini bajaradi.
Turli darajadagi deskriptiv bilimlar qatlami (falsafiy tushunchalar, umumiy va dunyoning maxsus ilmiy manzarasi, umumiy va maxsus ilmiy kategoriyalar, tushunchalar, nazariya va konsepsiyalar, empirik faktlar) “mavjud” sohani o‘zida
ifoda etadi («Nima mavjud?»). Shu sababli “metodologik bilim” va “funksional metodologik bilim”ni farqlash lozim. Paradigma tarkibida mazkur deskriptiv tarkibiy qismlar metodologik (preskriptiv, me’yoriy) vazifani bajaradi.
Fan metodologiyasida metodologik vositalarning g‘oyat katta “zahirasi”
ishlab chiqilgan. Ularni tizimlashtirish muammosi mavjud. Tadqiqotchi tomonidan tadqiqot maqsadi va masalalariga ayni metodologik vositani mustaqil tanlay olish undagi metodologik ta’minot va metodologik refleksiya darajasi, shakli, turi, manbalari to‘g‘risida bilimlariga bog‘liq.
Metodologiyaning turlari va darajalari to‘g‘risidagi asosiy fikr ilk bor V.A.Lektorskiy va V.S.Shvirev tomonidan shakllantirilgan, keyinchalik E.G.Yudin tomonidan yanada to‘ldirilgan. Ular metodologik bilimning quyidagi darajalarni ajratib ko‘rsatishadi: falsafiy, umumilmiy va xususiy. Bizningcha, ijtimoiygumanitar bilim sohasi uchun xos bo‘lgan antropologik, aksiologik, fenomenologik, germenevtik metodologik yondashuvlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy-gumanitar fanlar metodologiyasi darajasini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Mazkur yondashuvlar (falsafiy konsepsiyalar, umumilmiy yondashuvlar singari) konkret ilmiy tadqiqotning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi. Metodologiyaning falsafiy darajasini falsafiy kategoriyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar tashkil etadi: dialektik materializm, ekzistensializm, falsafiy antropologiya, pragmatizm, postmodernizm, global evolyusionizm va boshqalar. Ilmiy tadqiqotlarning asosi sifatida falsafiy konsepsiyalar, yondashuvlar quyidagi vazifalarni bajaradi: ontologik (falsafiy kategoriyalarda o‘z aksini topgan reallikning yangi modeli), evristik (obyektlarning yangi turi, obyektlar mohiyatining yangi “anglash doirasi”ni belgilovchi yangi kategorial matritsa, reallikni “his etish usuli”, aniq-ilmiy fanlar kategorial apparatining rivojlanish darajasi, tadqiqotning yangi strategiyalari), epistemologik (ilmiy anglash, uning sifat mezonlari (asoslanganlik, ishonchlilik)ning mohiyatini anglash tadqiqotning evristik strategiyalarini shakllantiradi), aksiologik (tadqiqot “mafkurasi”, yangi ideallar, dunyoqarash ustanovkalari konkret ilmiy tadqiqotlarning aksiologik yo‘nalishini belgilaydi va tadqiqotchining anglash dajarasi, uning ideallari va dunyoqarashini shakllantiradi).


  1. Download 90.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling