Didaktika ta'lim nazariyasi sifatida reja
Download 396.5 Kb.
|
Asanova Sholpan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1997 yil 29 avgustda
DIDAKTIKA TA'LIM NAZARIYASI SIFATIDA Reja: 1. Didaktika haqida tushuncha. 2. Bilish – ta‘lim jarayonining metodologik asosidir. 3. Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati. 4. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati jarayonidir. 5. Ta'limning ma'lumot beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalari. xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Didaktika pedagogikaning bir qismi bo’lib, unda ta‘lim nazariyasi bayon etiladi. Didaktika ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismidir. Didaktika grekcha so’z bo’lib, «Didayko» - o’qitish, «Didaskol» - o’rgatuvchi degan ma‘noni anglatadi. Uning so’zma-so’z tarjimasi Ta‘lim nazariyasini bildiradi. Ta‘lim nazariyasi ta‘lim jarayoni, uning mohiyatini, ta‘lim qoidalari, usullari hamda tashkiliy formalarini o’z ichiga oladi. Didaktika o’z oldiga o’qitishning o’quvchi-talabalarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini quyadi. Didaktikaning predmeti ta‘lim-tarbiya muassasasi sharoitida o’qituvchining rahbarligi ostida amalga oshadigan o’quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta‘lim-tarbiya muassasalarida beriladigan ta‘lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o’qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo’llari hamda ta‘limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi. Didaktika pedagogikaning ta‘lim va ma‘lumot berish soxasi hisoblanadi. Shuning uchun ham didaktika fanining predmeti ta‘lim va ma‘lumotdir. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida didikatika doir o’lmas asarlar yozib qoldirgan bir qancha buyuk mutafakkirlarimizning xizmatlari beqiyosdir. Vatandoshlarimizdan Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, M. Ulug’bek, A. Navoiy kabi allomalarimiz tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot, geografiya, matematika kabi ilmlarni o’qitish vositasida avlodlarni tarbiyalash g’oyasini olg’a surdilar. Kaykovusning «Qobusnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Yusuf Xos-Hojibning «Qutadg’u-bilig», A. Navoiyning «Maxbubul-qulub» (Ko’ngillar sevgisi) asarlarida ilg’or pedagogik qarashlar ham ifodalangan. Ular dunyoviy ta‘limni keng rivojlantirishga katta hissa qo’shdilar. didaktikaning predmeti va uning vazifalarini o`rganish. didaktikaning predmeti va uning vazifalarini o`rganishda didaktika tushunchasi va predmetlari, didaktikaning asosiy vazifasi va didaktik tushunchalar tizimi, sharq mutafakkirlarining ginosiyosatlik g`oyalari ta’lim jarayoni asosi sifatida, sharq mutafakkirlarining ta’lim tarbiyaga oid ma’naviy va ahloqiy qarashlari, sharq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy ahamiyati. didaktikaning predmeti va uning vazifalarini o`rganish bo`yicha ish olib borishda psixologiyaning o`rni va vazifalarini o`rganish shakllari didaktikaning predmeti va uning vazifalarida. didaktika tushunchasi va predmetlari, didaktikaning asosiy vazifasi va didaktik tushunchalar tizimi, sharq mutafakkirlarining ginosiyosatlik g`oyalari ta’lim jarayoni asosi sifatida, sharq mutafakkirlarining ta’lim tarbiyaga oid ma’naviy va ahloqiy qarashlari, sharq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy ahamiyati. Sharqu g’arb ma‘naviy merosi asosida pedagogik jarayondan markaziy o’rin olgan didaktika doimo rivojlanib bordi. Didaktikaning asoschisi XVII asrning buyuk chex pedagog-olimi Yan Amos Komenskiydir. Yan Amos Komenskiy (1594-1670) butun dunyoda pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyotiga juda o’lkan xissa qo’shgan yetuk olimdir. Uning 1632 yilda yozgan «Buyuk didaktika» asari o’qitishni rivojlantirishga g’oyat sezilarli ta‘sirini ko’rsatdi, shuning uchun ham bu asar jahon pedagogikasi oltin xazinasining noyob gavhari hisoblanadi. Yan Amos Komenskiyning insoniyat oldidagi buyuk xizmatlaridan biri-ta‘limning sinf-dars sistemasini ishlab chiqishdan, dars maktabda o’qitishning asosiy shakli ekanligini asoslab berishdan iboratdir. Yevropada didaktikaning rivojlanishida Yan Amos Komenskiydan keyin rus pedagogi K.D. Ushinskiyning ham xizmatlari katta. O’zbekistonda (keyingi yillarda) didiktik ta‘limning tashkil topishi va rivojlanishi A. Avloniy, X.H, Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Qori Niyoziy, M. Behbudiy, O. Sharafiddinov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog’liq. Mustaqil Respublikamizda 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning 9-sessiyasida qabul qilingan «Ta‘lim to’g’risida» gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi ta‘lim-tarbiya soxasida muhim o’zgarishlar va tub islohatlarning o’tkazilishiga asosiy omil bo’ldi. Shu boisdan bugungi kunda ta‘lim-tarbiya muassasalari faoliyatini yaxshilash, shakllantirish, o’qitish tizimini yaxshi yo’lga qo’yish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishga erishilmoqda. XX asrdan boshlab didaktika zamonaviy soha sifatida shakllana boshladi. Jumladan, pedagogika-psixologiya sohasida yangi yo’nalishlar, o’qitishning ilg’or pedogоgik texnologiya asosidagi o’qitish usullari kulami rivojlandi. Yangi pedagogik texnologiya asosida o’qituvchilar faoliyati shakllanmoqda, shuningdek masofaviy ta‘lim, axborot texnologiyasi yordamida dars berish hozirgi zamonaviy o’qituvchining faoliyatida ko’rinmoqda. Download 396.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling