1-mavzu: Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari
Download 12.99 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-mavzu Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot
1-mavzu: Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari (Seminar mashg„uloti ishlanmasi 2 soat)Reja 1.Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. 2.Pedagogikaning asosiy kategoriyalari. 3.Pedagogikaning ilmiy-tadiqot metodlari. topshiriq. “Pedagogika” tushunchasining kelib chiqishi, pedagogika fanining ob‟ekti, predmeti, maqsad va vazifalariga doir blis-so„rov savollari“Pedagogika” so„zi qanday ma‟noni bildiradi? Pedagogika fani qay tarzda paydobo„ldi? Ilmiy pedagogika nechanchi asrda yuzaga keldi? Pedagogika fani nimani o„rganadi? Pedagogika fanining ob‟ekti nima? Pedagogika fanining ob‟ektini belgilashda xilma-xil yondashuvlar ko„zga tashlanadi.bunday yondashuvlarga sizning munosabatingiz qanday? Pedagogika fanining predmetini nima tashkil etadi? Pedagogikning tahliliy funksiyasi qanday va zifalarni bajaradi? Pedagogikaning prognostik fuksiyalariga nimalar kiradi? 10.Pedagogikaning tashkiliy fuknsiyasi o„z ichiga nimalarni qamrab oladi? 11.Pedagogikaning metodologik funksiyasi deganda nimani tushunasiz? topshiriq. Kichik guruhlarga mo„ljallangan topshiriqlarguruh. Quyidagi keltirilgan fragmentlar bilan tanishing. Ularda qaysi pedagogik ilmiy-tadqiqot metodi haqida fikr yuritilayotganligini aniqlang va izohlab bering. Mazkur ilmiy-tadqiqot metodi bevosita va bilvosita olib borilib, ta‟lim- tarbiya jarayonidagi mavjud muammoni aniqlashga xizmat qiladi. O„quv mashg„ulotlarining jadvali, o„quv dasturi,guruh (yoki sinf) jurnallari, o„quvchilarning shaxsiy varaqalari, Pedagogik Kengash yig„ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, tarbiyaviy ishlar rejasi, o„quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar mazkur metod uchun manba bo„lib xizmat qiladi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo„lingan ma‟lumotlarni boyitish, mavjud holatga to„g„ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub‟ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etish maqsadida qo„shimcha ravishda tashkil etiladi va savol-javob tarzida amalga oshiriladi. Maqsadiga ko„ra asoslovchi va ta‟kidlovchi bosqichlarda amalga oshirilib, uzoq va qisqa muddatga tashkil etiladigan hamda qat‟iy rejim asosida pedagogik kuzatuv olib boriladi. Ta‟lim-ta‟lim tarbiyani amalga oshirishga doir yangi metod, usul,vosita va texnologiyalar sinovdan o„tkaziladi. Sosiologik tavsifga ega tadqiqotlarda qo„llanilib, oshkora muhokamaga asoslanadi. Savollar va javoblar oldindan tayyorlanadi. Biror ob‟ekt haqida yangi ma‟lumotlarni olish maqsadida uning tarkibiy qismlari abstrakt holatga ko„chirish asosida o„rganiladi va yaxlit andozasi yaratiladi. guruh. Quyida keltirilgan misollarbilan tanishing va ularning qaysi ilmiy- tadqiqot metodiga tegishli ekanligini aniqlang va asoslab bering. Siz mazkur ta‟lim muassasasini tanlaganingizdan xursandmisiz? 1) ha, xursandman; 2) juda xursand emasman; 3) yo„q. 4) javob berishga qiynalaman. 2.1. O„rganilayotgan fanlarni o„zlashtirishga sizning ta‟limning avvalgi bosqichidagi tayyorligingiz yetarlimi? 2.2. Sizning-cha, oliy ta‟limda o„qishning maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejidan farqi nimada? 3.1. Innovasiya deganda nimani tushunasiz? Innovasiya va yangilik tushunchalari o„rtasida tafovut mavjudmi? O„z fikringizni asoslang 4.1. Kerakli so„zni topib qo„ying. O„zbekiston – ... davlat. Savolga javobbering. Amir Temur qanday davlat tuzgan? gapni davom ettiring. 1999 yil Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Uning tavallud sanasi munosabati bilan … Download 12.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling