Yangi o’zbekiston islohotlarining xotin-qizlar hayotidagi o’rni
Download 20.85 Kb.
|
4. Karimova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
YANGI O’ZBEKISTON ISLOHOTLARINING XOTIN-QIZLAR HAYOTIDAGI O’RNI Shoxsanam Karimova Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo’nalishi 1-bosqich talabasi +998905407696 shoxsanamkarimova77@gmail.com Annotatsiya: Mazkur tezisda so’nggi yillarda yurtimizda qabul qilingan qator farmon, qaror hamda qonunlar, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus shuningdek, O’zbekistonni rivojlantishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko’rsatilgan vazifalardan kelib chiqib jamiyat va davlat hayotida xotin-qizlar faolligini oshirishga doir amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar tahlil qilingan hamda ularga munosabat bildirilgan. Kalit so’zlar: Gender tenglik, CEDAW, Davlat dasturi. Dunyo yaralibdiki, ayolga mehr-muhabbat, ehtirom ko’rsatiladi. Tabiatning shoh asari deya ta’rif berlib, ilohiy hilqat timsoli sifatida ulug’lanadi. Uning ojizligi va munisligi e’tiborga olinib, marhamat ko’rsatiladi. Hozirgi globallashuv davrida Xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanib bormoqda. Barchamizga ma’lumki, O’zbekiston 1995-yil Ayollarga nisabatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiyga (CEDAW) qo’shilgan. Ushbu konvensiyaning beshinchi moddasida gender stereotiplari, ya’ni jamiyatda ayollar va erkaklarning o’rni to’g’risidagi qolip tushunchalar bilan kurashish zarurati alohida qayd etilgan. BMTning barqaror rivojlanish maqsadlaridan o’rin olgan gender tenglik barcha davlatlar uchun o’ta dolzrab hisoblanadi. Bu bejiz emas, chunki gender tenglikka erishish jamiyat hayotining barcha jabhasida barqaror taraqqiyotga erishish uchun asosiy poydevor yaratib beradi. So’nggi yillarda mamlaktimizda gender tenglikni ta’milnash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o’rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Xususan, undan xarakatlar strategiyasida xotin-qizlar va yoshlarning jamiyatdagi o’rni hamda rolini oshirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun barcha sharoitni yaratish masalalari alohida o’rin olgan. Shu asosda yurtimizda ohirgi yillarda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bo’yicha muhim ishlar amalga oshirildi. O’tgan yillar mobaynida ayollar manfaati himoyasiga yo’naltirilgan qariyb 100 ga yaqin milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ratifikatsiya qilindi. Jumladan, Prezidentimizning “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. U gender tenglik bo’yicha ishlarni izchillik bilan yo’lga qo’yish uchun dastlabki qadamlardan bo’ldi. Shuningdek, Senatda xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi tashkil etilishi, Prezidentimizning “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonliklardan himoya qilish to’g’risida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to’g’isida”gi qonunlarning qabul qilinishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tardi. Bugungi kunda yurtimizda 22 mingga yaqin xotin-qiz og’ir turmush sharoitida yashamoqda. Ular kam ta’minlangan, ishsiz, uy-joyga muhtoj va nogironligi bo’lgan ayollar bo’lib, ular o’zlarining qonuniy huquq va manfaatlarini bilmaydi. Xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish masalasi barcha sohalarning, ayniqsa yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifalaridan biri bo’lishi kerak. Ayni paytda ayollarning turmush sharoitini yaxshilash, daromat topishi uchun sharoit yaratish maqsadida 5 muhim tashabbus doirasida 21 ming 500 nafar qizlar qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida o’qitildi. Ana shunday imkoniyatlar tufayli tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan ayollar soni bir yilda qariyb 45 nafarga ko’payib, ular tomonidan minglab yangi ish o’rinlari barpo etilmoqda. Ayollarimiz uchun jami 170 mingga yaqin ish o’rni yaratildi. Tijorat banklari va Xotin-qizlarni hamda oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’lari hisobidan 172 mingdan ortiq opa-singillarimizga 4,9 trillion so’mlik kreditlar ajratildi. Respublikmizning barcha hududlarida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilib, bugunki kunda ular tomonidan 28 mingga yaqin opa-singillarimizga tadbirkorlik, hunarmandlik, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni ta’minlash yuzasidan amaliy yordam ko’rsatilmoqda. Bundan tashqari Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi. Shu orqali biznesini yo’lga qo’yish istagidagi xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratish, bir haftalik o’quv kurslarida o’qitish, biznes rejalarini shu yerning o’zida ishlab chiqish mexanizmi yo’lga qo’yildi. Qiynalgan, nochor ayollar bilan ishlash uchun reabilitatsiya markazlari tashkil etildi. Misol uchun, oilaviy janjallar sababli qiynalib qolgan, siqilib yurgan yoki qaynonasi bilan kelisha olmasdan birovlarning qo’lida qolgan, ayrim hollarda ko’chada qolgan va jinoyat qilib qo’yib, jamiyatimizga qo’shila olmayotgan ayollarimiz bor. Ana shular bilan ishlash uchun mahallada mutahassis lavozimi joriy etildi. Shuningdek, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham ayollar masalasiga doir vazifalar alohida belgilangani diqqatga sazovordir. Davlat dasturiga muvofiq, kasbga o’qish istagini bildirgan yolg’iz va ko’p bolali ayollar uchun kundalik hayotda ehtiyoj yuqori bo’lgan sohalar, jumladan, tikuvchilik, pazandachlik, sartaroshlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha kasbga o’rgatish kurslarini tashkil etish choralari ko’riladi. Ayollarning ilmiy va madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni munosib ish o’rinlari bilan ta’minlash maqsadida bu yil qizlar uchun oliy o’quv yurtlarida alohida qabul kvotalari joriy etilishi tariximizda birinchi marta qo’llanilayotgan tajribadir. Chunki prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “O’qimishli, oliy ma’lumot olgan ayol oilada ham, ishda ham, jamiyat hayotida ham hamma narsaga ilm-ma’rifat bilan, ongli va faol yondashadi va munosib ishtirok etadi”. “Agar biz bo’lg’usi xorazmiylar, farg’oniylar, beruniylar, buhoriylar, ulug’beklar, navoiylarni tarbiyalamoqchi ekanmiz, birinchi navbatda har tomonlama sog’lom, yuksak bilimli va ma’naviyatli onalarni tarbiyalashimiz zarur”. Bugungi demokratik islohotlar, siyosiy-ijtimoiy o’zgarishlar natijasida xotin-qizlarning jamiyat va davlat hayotidagi ishtiroki tobora kuchayib bormoqda. Misol uchun, o’tgan yili O’zbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentda ayollar soni oshdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Senatda esa bu ko’rsatgich 25 foizga yetdi. Qonunlarimizda xotin-qizlar uchun parlamentdagi saylovlarda 30 foizlik kvota mavjud bo’lsada, amalda bu narsa yo’q edi. Shuning uchun ham bundan 5 yil ilgari ya’ni, 2014-yilda O’zbekiston parlamenti ayol deputatlar soni bo’yicha dunyodagi 190 milliy parlament o’rtasida 128-o’rinda edi. Lekin so’nggi uch yil ichidagi muhim islohotlar natijasi tufayli parlamentimiz yuqoridagi ko’rsatgichda 37-o’ringa ko’tarildi. Bugungi kunda davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 380 nafardan ziyod xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida mehnat qilyapti. Jumladan, Oliy Majlis Senati raisi – Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, iqtisod bilimdoni – Galina Saidova, Maktabgacha ta’lim vaziri – Agrepina Shin, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari – Svetlana Ortiqova, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori – Dilorom Toshmuhammedova, senator, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Gavhar Alimova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari, O‘zbekistonda axborot sohasi boshqaruvida faoliyat yuritayotgan yagona ayol – Saida Mirziyoyeva, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi – Dilnoza Kattaxonovalar bugungi Yangi O’zbekistonning eng faol va ko’zga ko’ringan ayollaridir. Bulardan tashqari yaqinda tashkilotchi va tashabbuskor ayollarimizning munosib vakillari g’oyat mas’uliyatli vazifaga – tuman va shahar hokimi lavozimlariga tayinlandilar. Jumladan, Andijon viloyatining Bo’ston Tumaniga - Sadbarxon Mamitova, Buhoro viloyatining Olot tumaniga – Nargiza Ne’matova, Namangan viloyatining To’raqo’rg’on tumaniga – Zulayho Mahkamova, Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on shahriga – Gavhar Alimova, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga – Dilfuza O’rolova, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumaniga – Mahsuda Mustafoyeva hokim etib tayinlanganligi barchamizni g’oytada quvontirdi. Bugungi kunda O’zbekiston ayollari barcha jabhada faol. Yaqinda oddiy o’zbek qizi Aziza Shonazarovaning O’zbeklar orasida birinchi bor Kolumbiya universitetining tenure track pozitsiyasi, ya’ni umrbod professorlik lavozimiga qabul qilinganligi qalblarimizni g’urur va iftihorga to’ldirdi. Mana shunday jamiyatda munosib o’rin egallab, har bir sohada yuqori natijalarga erishayotgan xotin-qizlarni maktablarda o’quvchilar bilan doimiy uchrashuvlarini tashkil qilish kerak. O’z navbatida – bu o’quvchi-qizlarda ilmga muhabbat, ijtimoiy-faollik, tashabbuskorlik fazilatlarini shakllantirishda yuksak na’muna vazifasini o’taydi. Aslida o’zbek oilalarida kamol topayotgan har bir qiz ana shunday yuksak marralarni zabt etish salohiyatiga ega. Faqatgina ularning iqtidorini ro’yobga chiqarish uchun avvalo, ota-onalar, qolaversa, butun jamiyatimiz qo’llab-quvvatlashi kerak. Vaholanki, Davlatimiz gender siyosatining asosiy maqsadi ham ayni shu masalaga qaratilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2020-yil 8-martdagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Yangi O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy gazetasi. № 33, 2020-yil 10-mart. O’zbekiston strategiyasi jurnali. Download 20.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling