1-mavzu: Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari
Download 329.24 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq. Kichik guruhlarga mo„ljallangan topshiriqlar
- 4-topshiriq. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini “modellashtirish” metodi asosida yoritib bering.
- Mustaqil ta‟lim uchun topshiriqlar: Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
- Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati
1-mavzu: Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari (Seminar mashg„uloti ishlanmasi 2 soat) Reja
1.Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. 2.Pedagogikaning asosiy kategoriyalari. 3.Pedagogikaning ilmiy-tadiqot metodlari.
1. “Pedagogika” so„zi qanday ma‟noni bildiradi? 2. Pedagogika fani qay tarzda paydobo„ldi? 3. Ilmiy pedagogika nechanchi asrda yuzaga keldi? 4. Pedagogika fani nimani o„rganadi? 5. Pedagogika fanining ob‟ekti nima? 6. Pedagogika fanining ob‟ektini belgilashda xilma-xil yondashuvlar ko„zga tashlanadi.bunday yondashuvlarga sizning munosabatingiz qanday? 7. Pedagogika fanining predmetini nima tashkil etadi? 8. Pedagogikning tahliliy funksiyasi qanday va zifalarni bajaradi? 9. Pedagogikaning prognostik fuksiyalariga nimalar kiradi? 10. Pedagogikaning tashkiliy fuknsiyasi o„z ichiga nimalarni qamrab oladi? 11. Pedagogikaning metodologik funksiyasi deganda nimani tushunasiz?
1-guruh. Quyidagi keltirilgan fragmentlar bilan tanishing. Ularda qaysi pedagogik ilmiy-tadqiqot metodi haqida fikr yuritilayotganligini aniqlang va izohlab bering.
1. Mazkur ilmiy-tadqiqot metodi bevosita va bilvosita olib borilib, ta‟lim- tarbiya jarayonidagi mavjud muammoni aniqlashga xizmat qiladi.
2. O„quv mashg„ulotlarining jadvali, o„quv dasturi,guruh (yoki sinf) jurnallari, o„quvchilarning shaxsiy varaqalari, Pedagogik Kengash yig„ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, tarbiyaviy ishlar rejasi, o„quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar mazkur metod uchun manba bo„lib xizmat qiladi.
3.Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo„lingan ma‟lumotlarni boyitish, mavjud holatga to„g„ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub‟ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etish maqsadida qo„shimcha ravishda tashkil etiladi va savol-javob tarzida amalga oshiriladi. 4. Maqsadiga ko„ra asoslovchi va ta‟kidlovchi bosqichlarda amalga oshirilib, uzoq va qisqa muddatga tashkil etiladigan hamda qat‟iy rejim asosida pedagogik kuzatuv olib boriladi. Ta‟lim-ta‟lim tarbiyani amalga oshirishga doir yangi metod, usul,vosita va texnologiyalar sinovdan o„tkaziladi.
5. Sosiologik tavsifga ega tadqiqotlarda qo„llanilib, oshkora muhokamaga asoslanadi. Savollar va javoblar oldindan tayyorlanadi.
6.Biror ob‟ekt haqida yangi ma‟lumotlarni olish maqsadida uning tarkibiy qismlari abstrakt holatga ko„chirish asosida o„rganiladi va yaxlit andozasi yaratiladi.
1. Siz mazkur ta‟lim muassasasini tanlaganingizdan xursandmisiz? 1) ha, xursandman; 2) juda xursand emasman; 3) yo„q. 4) javob berishga qiynalaman.
2. 2.1. O„rganilayotgan fanlarni o„zlashtirishga sizning ta‟limning avvalgi bosqichidagi tayyorligingiz yetarlimi? 2.2. Sizning-cha, oliy ta‟limda o„qishning maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejidan farqi nimada? 3. 3.1.
Innovasiya deganda
nimani tushunasiz?_________________________________________________________ ___________________________________________ Innovasiya va yangilik tushunchalari o„rtasida tafovut mavjudmi? O„z fikringizni asoslang_________________________________________________ __________________________________________________________________
4. 4.1. Kerakli so„zni topib qo„ying. O„zbekiston – ... davlat.
Savolga javobbering. Amir Temur qanday davlat tuzgan?
1999 yil Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Uning tavallud sanasi munosabati bilan …
Talabalar mavzu mohiyatini to„laqonli ifoda etadigan kategoriyalarni ajratadi. Asosiy kategoriyalar yordamida model yaratiladi. Har bir talaba model yordamida pedagogikaning asosiy kategoriyalari to„g„risida ma‟lumot beradi. Har bir talaba tomonidan taklif etilgan modelning maqsadga muvofiq yaratilganligi, masala mohiyatining ochib berilishi muhokama qilinadi. Mustaqil ta‟lim uchun topshiriqlar: Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi 1.“Pedagogika” darsligining mavzuga bag„ishlangan bo„limini o„qib chiqib, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o„quvchilari yosh davri xusussiyatlariga tavsif yozish. 2. O„quvchilarni pedagogik va psixologik jihatdan o„rganib tavsifnoma tayyorlash. Adabiyotlar: Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano- standart” nashriyoti, 2017.
1. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullaeva. –Toshkent, 2007. 2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010. 3. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O„zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 4. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017. 5.Djuraev R.X. va boshq. Pedagogik atamalar lug„ati. –Toshkent, Fan, 2008. 6.Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O„quv qo„llanma. O„.Asqarova. – Toshkent, Istiqlol, 2005. 7.Xalq pedagogikasi / O„quv qo„llanma. M.Mutalipova. –Toshkent, 2015 8.Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O„zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012. 9.TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex Moore 2012. Download 329.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling