6.Kasbiy faoliyatda pedagogik nazariyaning o’rni
Har qanday kasbiy mahoratni o’z-o’zidan yoki empirik tarzda yuzaga keluvchi sifatlar yig`indisi, deb qarash xato bo’lur edi. To’g`ri, har bir kasbiy malaka faoliyatda, jarayonda yuzaga keladi. Lekin har bir kasbiy malaka zamirida chuqur asoslangan, umumlashgan nazariy tushunchalar, mahlum qonuniyatlarga amal qilmasa, u vaqtning, makon, samara va natijaning sifati nuqtai nazaridan chetga chiqishga, ortiqcha zo’riqishga, behuda kuch-quvvat, vaqt sarf qilishga olib keladi.
Ushbu mushohada nuqtai nazardan olib qaralganda, pedagogik kasbiy faoliyat ham fanda tajribalarni kuzatish, o’rganish, mahlum xulosalar chiqarish oqibatida yuzaga kelgan ma’lum fundamental nazariy tushunchalar, qonuniyatlar, asoslangan mazmun, shakl va metodlar majmuasiga asoslangandagina yuqori samarali natija beradi. Pedagogika nazariyasi shaxsning rivojlanish dinamikasini, uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning dialektikasi, ziddiyatlari, ular o’rtasidagi bog`liqlik, amal qiluvchi qonuniyatlarni ochib beradi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini ko’rsatadi.
Nazorat uchun savollar:
«Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?
Ta’lim nazariyasi (didaktika) nima?
Tarbiya nazariy asi nimalarni o’rganadi?
Pedagogika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va mohiyatini yoriting.
Qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?
Pedagoglik kasbining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo pladi?
O’qituvchi qanday sifatlarga ega bo’lishi zarur?
Sizning nazoringizda bugungi kun o’qituvchisiga qanday pedagogik talablar qo’yilmoqda
2-MAVZU: SHAXSNING RIVOJLANISHINING UMUMIY QONUNIYATLARI. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TIZIMI.
REJA.
Inson rivojlanish jarayoni.
Shakilanish va rivojlanish. Rivojlanish shartlari va omillari. Irsiyat va rivojlanish. Muhitni rivojlanishga tasiri.
Rivojlanish va tarbiya. Faoliyat rivojlanish omili
Rivojlanishning yosh va o’ziga hos xuxsusiyatlari. Yosh davrlarga bo’lib o’rganish.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunning maqsadi va ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar: Shaxs rivojlanishi, tarbiya, rivojlanish omillari, muhit, faoliyat, yosh davrlari. Ta’lim tizimi, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, rivojlanish, obekt,sub’ekt, Kontseptual asos
Do'stlaringiz bilan baham: |