1-mavzu: pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning mеtodologiyasi va tadqiqot mеtodlari


Download 1.36 Mb.
bet125/220
Sana25.01.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1120183
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   220
Bog'liq
1-mavzu pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning

Jismoniy tarbiya ma’naviyati
Vujudning jismoniy tarbiyasi to’g’risida juda ko’p gapirish mumkin, bu sohada maxsus adabiyotlarda qayd etilgan. Unda jismoniy tarbiyaning metodologik asoslarini, yahni asosiy tamoyillarini qayd qilib o’tamiz, xolos.
Jismoniy tarbiyaning birinchi tamoyili - bu jismoniy mashq-larni juda ham sekin bajarishda. Jismoniy mashqlarni qancha tez va terlab bajarsang, shuncha yaxshi, degan gaplar hozirgi kunda ham ishlatiladi. Jismoniy mashqni mumkin qadar sekin bajarib, tez-tez bajarilgan mashqlar bilan erishgan natijaga erishsa bo’ladi. Farqi shunda boiadiki, sekin amalga oshirilgan mashqlar yurakka og’irlik qilmaydi va kuch saqlanib qoladi. Mashqlar tez bajarilganda ancha quvvat sarf bo’lib, yurakka og’irlik tushadi, yurak sekin-asta charchab, insonning umri qisqaradi. Sekin bajarilgan mashqlar juda qiyin bo’lib, odamdan katta irodani talab qiladi.
Ikkinchi tamoyil - to’g’ri nafas olish. Sahar turib, birinchi qiladigan ishingiz, toza havoga chiqib, buning iloji bo’lmasa uyda derazalarni ochib qo’yib yura boshlaysiz. Maqsad badanni qizdoirib, vujudingizga nafas olishni o’rgatish. Buning uchun uch yoki to’rt qadamda (bu sizning o’pkangizning hajmiga bog’liq) burun orqali nafas ola-siz, keyingi uch-to’rt qadamda nafasni chiqarasiz, qorin bilan nafas olishga e’tibor bering. Nafas olganingizda ko’kragingiz ko’tarilmasin, bu juda muhim. Nafas chiqarayotganingizda qorningizni ichga tortib, iloji boricha orqa umurtqangizga yopishtirishga harakat qiling. Bu to’g’ri nafas olish hisoblanib, bu mashqni ertalab 15-20 minut davomida bajarish kerak. Kun bo’yi ham, iloji bo’lsa har soatda, iloji bo’lmasa imkoniyat paydo bo’lganda, 5 daqiqa mobaynida mashqlar­ni takrorlash yaxshi natija beradi. Nafasni ovoz chiqmaydigan darajada sekinlik bilan tortish va chiqarish lozim. Har bir mashqni bajarganda, yurganda va boshqa holatlarda bu qoidaga rioya qilinishi shart. Umuman, hech qachon nafasni ko’p ushlab turmaslik kerak, bu zararli bo’lib, o’pkani ishdan chiqaradi.
Uchinchi tamoyil - mashqlarni bajarish tartibi. Erta bilan yen-gil mashqlar bajarilib, kechqurunga yaqin, uyquga ketishdan uch -to’rt soat oldin og’ir mashqlar bajarilishi to’g’ri bo’ladi. Og’ir mashqlarga mushaklarni chiniqtiradigan va ko’p kuch talab qiladigan mash­qlar kiradi. Bular yugurish, tosh ko’tarish, arqon tortish va bosh­qa snaryadlar yordamida bajariladigan, ko’p kuch talab qilinadigan mashqlardoir. Har qanday mashqni bajarishdan oldin badanni qizdiruvchi mashqlar bilan vujudingizni qizdoirib olishingiz shart. Ularga tez yurish, yugurish va boshqa jismoniy mashqlar kiradi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling