1-mavzu: pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning mеtodologiyasi va tadqiqot mеtodlari


Darsdan tashqari mashg’ulotlarda umumiy jismoniy tar­biya


Download 1.36 Mb.
bet127/220
Sana25.01.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1120183
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   220
Bog'liq
1-mavzu pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning

5.Darsdan tashqari mashg’ulotlarda umumiy jismoniy tar­biya. Bunday turdagi jismoniy tarbiya sport turlariga mos holda tan­lanadi va ular yilning fasllarini e’tiborga olgan holda tashkil etiladi. Mashg’ulotlarning asosiy mazmuni jismoniy tarbiya o’quv dasturi-ning mazmuniga mos bo’ladi.
6.Sport musobaqalari. Bu ta’lim oluvchilarning muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishini e’tiborga olinishini nazarda tutiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlarini tuzishga keng imkoniyatlar yaratadi va ular bolalar jamoalarini yanada jipslash-tiradi. Bu borada Respublikamizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktab o’quvchilari uchun «Umid nihollari», o’rta max-sus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalari o’quvchilari uchun «Bar-kamol avlod», oliy o’quv yurtlari talabalari uchun «Universiada» va shu kabi respublika miqyosidagi sport musobaqalarining tashkil eti-lishi yoshlarimizning ham jismonan, ham aqlan barkamol bo’lishi ga yurtimizdagi katta e’tibordoir.
Mahlumki, insonning hayoti va faoliyati hamda turmush tarzi turli-tuman jabhalardan iboratdoir. Bu jabhalar ichida eng muhimi ularning sog’lom turmush tarzidoir.
Bugungi kun taraqqiyoti saviyasi uzluksiz ta’lim tizimi oldiga yosh avlodni jismonan sog’lom, mahnan yetuk, intellektual salohiyatli shaxs qilib yetishtirishdek muhim talablarni qo’ymoqda.
Bu talablarni bajarish uchun jismoniy ma’naviyat va madaniyatni og’ishmay amalga oshirish hamda ularga mos jismoniy tarbiya vositalarini jamul-jam qilmoq lozim. Zero yetuklik va komillik o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra mustaqil ong va faoliyat zamirida shakllanadi, shuningdek, zamonaviy bilim, ko’nikma va malakalar sohibi bo’lishga intilish jismonan sog’lom, aqlan teran, ruhan tetik bo’lish yoshlarning jamiyatda o’z o’rnini topishga zamin yaratadi.
Demak, insonning har tomonlama kamol topishi uchun jismoniy tarbiya zarur va bunda jismoniy tarbiya vositalaridan to’g’ri foydala-nishning ahamiyati beqiyosdoir.
Jismoniy tarbiya vositalari quyidagicha:
sanitariya-gigiena omillari;
• tabiatdagi sogiomlashtiruvchi kuchlar;
• jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlar tizimi.
Endi har bir yo’nalish bo’yicha qisqacha ma’lumotlarni kelti-ramiz.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling