1-mavzu: pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning mеtodologiyasi va tadqiqot mеtodlari


Kasbiy faoliyatda pedagogik nazariyaning o’rni


Download 67.5 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1560998
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Kasbiy faoliyatda pedagogik nazariyaning o’rni
Har qanday kasbiy mahoratni o’z-o’zidan yoki empirik tarzda yuzaga keluvchi sifatlar yig`indisi, deb qarash xato bo’lur edi. To’g`ri, har bir kasbiy malaka faoliyatda, jarayonda yuzaga keladi. Lekin har bir kasbiy malaka zamirida chuqur asoslangan, umumlashgan nazariy tushunchalar, mahlum qonuniyatlarga amal qilmasa, u vaqtning, makon, samara va natijaning sifati nuqtai nazaridan chetga chiqishga, ortiqcha zo’riqishga, behuda kuch-quvvat, vaqt sarf qilishga olib keladi.
Ushbu mushohada nuqtai nazardan olib qaralganda, pedagogik kasbiy faoliyat ham fanda tajribalarni kuzatish, o’rganish, mahlum xulosalar chiqarish oqibatida yuzaga kelgan ma’lum fundamental nazariy tushunchalar, qonuniyatlar, asoslangan mazmun, shakl va metodlar majmuasiga asoslangandagina yuqori samarali natija beradi. Pedagogika nazariyasi shaxsning rivojlanish dinamikasini, uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning dialektikasi, ziddiyatlari, ular o’rtasidagi bog`liqlik, amal qiluvchi qonuniyatlarni ochib beradi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini ko’rsatadi.


Nazorat uchun savollar:

  1. «Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?

  2. Ta’lim nazariyasi (didaktika) nima?

  3. Tarbiya nazariy asi nimalarni o’rganadi?

  4. Pedagogika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  5. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va mohiyatini yoriting.

  6. Qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?

  7. Pedagoglik kasbining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo pladi?

  8. O’qituvchi qanday sifatlarga ega bo’lishi zarur?

  9. Sizning nazoringizda bugungi kun o’qituvchisiga qanday pedagogik talablar qo’yilmoqda ?



Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdullaeva SH., Asqarov A. Umumiy pedagogika. Nopedagogik oliy Ta’lim muassasalari uchun o’quv qo’llanma. -T: Fan va axborot texnologiyalari, 2019. -280 b.
2.Xodjaev B.X., Umumiy pedagogika. Darslik.–Toshkent, “Sano-standart”, 2017 y.434 b.
3.Mavlonova R. va boshqalar. Umumiy pedagogika//darslik. –T.: 2016 y. - 538 b. 4.Umarova M. Teoriya i istoriya pedagogiki. Uchebnoe posobie. – T.: “Izdatelg’skopoligrafichkskiy dom imeni CHulpana”, 2018 g., -348 b.



1 Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing Countries.13-бетPedagogy, Curriculum, Teaching Practices and
3 Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing Countries.13-бетPedagogy, ducation in Developing Countries

2acher

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling