1-Mavzu: Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja: Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi


-Mavzu: O'zbekiston respublikasida ta'lim tizimi


Download 159.05 Kb.
bet5/26
Sana16.06.2023
Hajmi159.05 Kb.
#1507097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1-Mavzu Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja

4-Mavzu: O'zbekiston respublikasida ta'lim tizimi
Reja:

  • Davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari

  • Ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar

  • Ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.


    . 
    TA`LIMNI BOSHQARISH ORGANLARI

Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek,Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.(2- rasm)
O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi.
XTV maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta`lim maktablari faoliyati uchun mas`uldir. XTV boshqaruvida o’qituvchilar malakasini oshirish 5 OTM va 16 instituti mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta`lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bo’limlariga ega.
OO’MTV respublikada oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi 
Vazirlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik tizimiga O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Oliy va o’rta maxsus ta`lim, kasb-hunar ta`limini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy o’quv yurtlari kiradi(3-rasm). 

ƠzR OƠMTV tizimi
TAShKILIY STRUKTURASI 



.
Davlatimiz fuqarolarining bilim olishlari O’zbekiston Respublikasi konstitusiyasi bilan kafolatlangan.O’zbekiston Respublikasi yoshlar tarbiyasida ta`lim muhim ahamiyat kasb etadi.
“Oliy ta`lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo’llagan va o’z ustida ishlagan holda nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.
Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.Oliy ta'lim odatda 18-19 yoshdan boshlanadi va kamida 4 yil davom etadi. Ikki bosqichga bo'linadi.Ular oliy ta'lim muassasalari mustaqilligini kuchaytirish, jamoat boshqaruvini joriy etish. O'qishda mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofadan ta'lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqarish hamda o'zlashtirish, ta'limning insonparvarlik yo'nalishini ta'minlashni nazarda tutadi

Download 159.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling