Toshkent – 2023y. “Ilmiy-pedagogik ishining maqsad va vazifalari
Download 34.35 Kb.
|
ил.пед.иш Nafasov T 2
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI Magistratura talabasi Nafasov Turg‘un Xudayqul о‘g‘lining ILMIY-PEDAGOGIK ISHI bо‘yicha 2-semestr H I S O B O T I Toshkent – 2023y. 1.“Ilmiy-pedagogik ishining maqsad va vazifalari Ilmiy-pedagogik ish oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari uchun mо‘ljallangan. Ilmiy-pedagogik ishning maqsadi magistrlar tomonidan turli mashg‘ulotlar olib borishni о‘rganish nazarda tutadi: maxsus fanlardan ma’ruzalar, laboratoriya ishlari, kurs loyihalari va ishlari, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlar; yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini о‘rganish va ularni qо‘llash; magistratura talabalarining mustaqil ta’lim olishlarini tashkillashtirishni ta’minlanganligini о‘rganish; uslubiy kо‘rsatmalar ishlab chiqish; tarbiyaviy ishlar olib borish. Ilmiy-pedagogik ishni о‘qitishning asosiy vazifalari magistratura talabalarini mutaxassislar tayyorlashning ilmiy-texnik yutuqlari hamda maxsus fanlarni о‘rganish va mutaxassislik bо‘yicha magistratura masalalarini yechishda zarur bо‘lgan yо‘nalishning ilmiy-amaliy bazasi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishdan iboratdir. Mazkur ilmiy-pedagogik ish magistrni tegishli mutaxassisliklar bо‘yicha katta ilmiy xodim-tadqiqotchilik ishlarini bajarishga imkoniyat yaratadi. Ilmiy pedagogik ish odatda, oliy ta’limning ta’lim muassasalarida о‘tkaziladi. Ushbu ishni ikki taraflama va boshqa bitimlar asosida chet yel mamlakatlari oliy ta’limining ta’lim muassasalarida о‘tkazishga ruhsat yetiladi. Maxsus fanlar bо‘yicha mashg‘ulotlarning har xil turlari: ma’ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy va boshqa mashg‘ulotlarni о‘tkazish bо‘yicha stajirovka; ma’ruza matnlari va mashg‘ulotlarni о‘tkazish rejalarini tuzish; yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni о‘rganish va qо‘llash; talabalar bilimini reyting-nazorat qilish tizimini о‘rganish va qо‘llash; talabalar mustaqil ishini tashkiliy va о‘quv-metodik ta’minlashni о‘rganish; metodik kо‘rsatmalarni tuzish; tarbiyaviy ishlarni о‘tkazishni nazarda tutadi. Download 34.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling