Toshkent – 2023y. “Ilmiy-pedagogik ishining maqsad va vazifalari


Ma’ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy va boshqa mashg‘ulotlarni о‘tkazish


Download 34.35 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi34.35 Kb.
#1549857
1   2   3   4   5
Bog'liq
ил.пед.иш Nafasov T 2

3. Ma’ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy va boshqa mashg‘ulotlarni о‘tkazish
О‘qituvchi darsga kirgandan boshlab unga ajratilgan vaqt 70 daqiqa. U bu vaqtni shunday taqsimlash zarurki dars о‘tish jarayonida talabalar zerikib qolmasligini ta’minlashi lozim. Undan tashqari darslarni doimo noan’anaviy usuldan foydalana olishi, undan tashqari dars jarayonida zamonaviy texnikalarni doimo qо‘llab borishi va fanning yeng sо‘ngi yutuqlaridan talabalarni ogohlantirib borishi zarur. Bundan tashqari pedogog о‘qituvchi о‘zining shaxsiy xisoblari bilan ham talabalarga о‘rnak bо‘lishi zarur. Dars uchun ajratilgan 70 daqiqani shunday ma’ruza va amaliyot darsiga ajratish zarurki vaqtlar ajratish oralig‘i quyidagicha bо‘lishi lozim:
Ma’ruza uchun.
- darsga kirgandan sо‘ng talabalar yuqlama qilish uchun 5 daqiqa;
- о‘tilgan mavzu haqida talabalar bilan birga yeslagan holda yangi mavzuni ye’lon qilish 5 daqiqa;
- yangi mavzuni talabalarga tushuntirish uchun 35 daqiqa;
- eng sо‘ngi fan tо‘g‘risidagi yangiliklarni aytib о‘tish uchun 5 daqiqa;
- о‘tilgan yangi mavzu haqida talabalarga yeslatish uchun, savol-javob yoki yozma shaklda yozma ish olishi 10 daqiqa;
- yangi mavzuni va yangiliklar haqida uyga topshiriq berib yuborish 10 daqiqa.
Fanlarda olib boriladigan amaliyot darslarini 70 daqiqasini quyidagicha taqsimlash lozim:
- darsga kirgandan talabalarni yuqlama qilish uchun 5 daqiqa;
- amaliyot о‘tilayotgan guruhga о‘tilgan mavzudan umumiy talabalarni kamida 75 % ni alohida dars haqida fikr va bilimlarini sо‘rash orqali baholab borish zarur, bunda noan’anaviy usuldan foydalanish foyda keltiradi buning uchun 40 daqiqa;
- qolgan 25% talabalarni a’lochi talabalar bilan birgalikda guruhlarga ajratgan holda har xil shaklda amaliyot kо‘nikmalari xosil qilish uchun talabalarni talabalarga dars bera olish qobiliyatini sinash orqali baholash 20 daqiqa;
- dars sо‘ngida talabalarga olgan baholarini qayta aytib chiqish va uyga topshiriq berishdan iborat 5 daqiqa.
Amaliyot darsida agar zarur amaliy asbob uskunalar bilan ishlash imkoni bо‘lmasa shunday imkoniyatlar yaratish darkor.
Ixtisoslik fanidan darslarni о‘tkazish bо‘yicha tajriba orttirishda quyidagilarga ye’tibor qaratish talab yetiladi:
- darsning vaqtida boshlanishi va tugashi, darsni о‘tkazishda о‘qituvchining nutq madaniyati, о‘quvchilarga muomala madaniyati;
- jihoz va qо‘llanmalarning tayyorligi;
- talabalarning darsga tayyorligi, umumiy tartib va sanitar holat;
- dars mavzusining kalendar rejaga mosligi;
- mavzuning ilmiyligi, uzviyligi, xayotiyligi, fan yutuqlari va muammolarning yoritilishi;
- kо‘rgazmalar va pedagogik, axborot texnologiyalardan foydalanish;
- davomat, jurnallardagi qaydlar va reyting kо‘rsatkichlari.

Download 34.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling