Toshkent – 2023y. “Ilmiy-pedagogik ishining maqsad va vazifalari


Yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni о‘rganish va qо‘llash


Download 34.35 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi34.35 Kb.
#1549857
1   2   3   4   5
Bog'liq
ил.пед.иш Nafasov T 2

2.Yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni о‘rganish va qо‘llash
Yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni о‘rganish va amaliyotda qо‘llay olish bu-talabalarga zamonaviy bilim berish demakdir.
Zamonaviy bilim berish – esa ta’lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajribada tekshirilgan didaktikaga oid yangiliklar, faol metodlar va shakllar, tartib-qoidalarni joriy yetishning majburiyligi Milliy dastur g‘oyasidir. Aslida ham ta’limning taraqqiyot darajasi uning mazmuniga kiritilayotgan fan-texnika yangiliklari bilan tavsiflanadi. Pedagogik jarayonda sustkashlikka, harakatsizlikka yо‘l qо‘yish mumkin yemas, aks holda ta’lim inqirozga uchraydi. Shu jihatdan olganda, ta’lim mazmunini uzluksiz yangilab borish Yangi pedagogik texnologiyaning (PT) jiddiy shartlaridan biridir. Bu yо‘nalishda olib boriladigan ishlar, birinchi navbatda, о‘quv dasturlaridan ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati kam bо‘lgan tarixiy materiallarni chiqarib tashlash maqsadini belgilaydi. Bu harakatlar о‘quv predmetini shunday tasavvurlash imkonini bersinki, natijada о‘quvchi va talabalarda u yoki bu fan tо‘g‘risida mantiqiy xulosalar shakllanishi, о‘quv materiallarini о‘zlashtirish jarayonini yengillashishi, yegallangan bilimlarni amaliyotga qо‘llash imkoniyatlari vujudga kelsin. О‘quv harakatlarni avtomatlashuviga ham zamin yaratadi, о‘quv vaqtini tejashga, о‘quvchi va talabalar о‘zlashtirishi zarur bо‘lgan va kо‘nikmalar hajmini kamaytirishga olib keladi.
Pedagogik jarayonni psixologik mexanizmlarsiz amalga oshirib bо‘lmaydi.
Insondagi bilimlarning hosil bо‘lishida undagi 5 ta sezgi a’zolari vositasida qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotlar nisbati quyidagicha:
kо‘rish a’zosi orqali – 83 %.
eshitish a’zosi orqali – 11 %.
xid bilish a’zosi orqali – 3,5 %
teri sezgisi orqali – 1,5 %.
ta’m bilish a’zosi orqali – 1 %.
jami – 100 %.
Turli sezgi a’zolarimiz ishtirokida о‘zlashtirilgan axborot oradan 2 hafta о‘tgach, quyidagi miqdorlarda eslab qolinadi:
о‘qiganimizning 10 foizi.
yeshitganimizning 20 foizi.
kо‘rganimizning 30 foizi.
kо‘rgan va yeshitganimizning 50 foizi.
gapirganimizning 80 foizi.
gapirgan va amalda bajarganimizning 90 foizi.
Bundan insonning eslab qolish qobiliyati axborotni qaysi usullarda va qaysi sezgi a’zolari vositasida о‘zlashtirganiga bog‘lik ekanligi ma’lum bо‘ladi. Bu jahon ekspertlari tomonidan isbotlangan haqiqat. Shu boisdan hozirda bizda va boshqa ayrim oliygohlarda zamonaviy ta’lim berish yо‘lga qо‘yilgan. Ana’naviy ta’limdan voz kechib, zamonaviy talim berish bu zamon talabidir. Yuqorida keltirganimizdan kо‘rinib turibdiki, ta’limni audio, vizual tarzda olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.

Download 34.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling