Antiaritmik vositalar
Download 101.66 Kb.
|
19. Antiaritmik
ANTIARITMIK VOSITALAR Yurak ritmi buzilishi yurak xujayralarining o‘tkazuvchanligi yoki avtomatizmi buzilishi tufayli kelib chiqadi. Avtomatizmning patologik o‘zgarishlari ritmning fiziologik boshqaruvchisining (sinoatrial tugun) tomonidan impulslar xosil qilishning buzilishi yoki ektopik o’choqlarning paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Elektrofiziologik jihatdan qaraganda ritmning ektopik boshqaruvchilarining yuzaga kelishi va yurak zarbalari chastotasi oshishi diastolik depolyarizatsiya jarayoni tezlashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Membrana tinchlik potensiali yoki xarakat potensiali bo’sag‘asining pasayishi ham aritmiya rivojlanishiga zamin yaratadi. O‘tkazuvchanlik yomonlashuvi o‘tkazuvchi tizimning turli darajalarida bloklar shaklida namoyon bo‘ladi. O‘tkazuvchanlikka xarakat potensiali amplitudasi tezligini oshishiga (faza 0) qarab baxo beriladi. O‘tkazuvchanlik pasayganda, sistolik depolyarizatsiya - 0 faza tezligi (Vmax) kamayadi. EKG da yurak bo’lmacha- qorincha tugunida o‘tkazuvchanlik buzilishlari P-R intervali ortishi bilan, qorincha ichida esa QRST davomiyligi oshishi bilan namoyon bo‘ladi. O‘tkazuvchanlik funksional bloki bir tomonlama bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda aritmiyalar “qayta kirish” (yoki qo‘zg‘alish qaytishi) mexanizmiga mos ravishda rivojlanadi. Bunday yo‘l bilan yurak bo’lmacha va qorinchalarida aritmiyalar hosil bo‘lishi mumkin. Aritmiyalar rivojida effektiv refrakter davri kattaligi muhim rol o‘ynaydi. Uning kamayiishi natijasida ekstrasistolalar va tez tez uchraydigan stimullar o‘tkazuvchanligi oshadi. Yurakning β1 adrenoretseptorlari neyrogen stimulyasiyasi diastolik depolyarizatsiyani (4 faza) tezlashtirib, ritmning tezlashuviga olib keladi. Sinus-bo’lmacha, bo’lmacha-qorincha tugunlaridagi o‘tkazuvchanlik yaxshilanadi. Repolyarizatsiya va xarakat potensiali davomiyligi qisqaradi. Buning barchasi aritmiyalar rivojiga hissa qo‘shadi. Qondagi katexolaminlar ham muhim rol o‘ynaydi, ularning miqdori ortishi ham aritmiyalarni paydo qiladi. Yurak adrenoretseptorlarining katexolaminlarga sezuvchanligi ortishi tufayli ham ritm buzilishi kuzatiladi (masalan gipertireozda). Xolinergik innervatsiya (atsetilxolin) ko‘plab parametrlarga aksincha ta’sir o‘tkazadi. Uning ta’sirida sinus-bo’lmacha va bo’lmacha-qorincha tugunlarida avtomatizm va yurak qisqarishlari soni pasayadi. Bo’lmacha-qorincha tugunida o‘tkazuvchanlik yomonlashadi, samarali refrakter davri uzayadi, bo’lmacha-qorincha bloki paydo bo‘lish ehtimoli bor. Bo’lmacha xujayralarida o‘tkazuvchanlik osonlashadi, samarali refrakter davri qisqaradi. Adashgan nerv qo‘zg‘alganda asosan sinus-bo’lmacha tuguni funksiyasi o‘zgaradi. Shunday qilib, turli aritmiyalar rivojlanishida kardial hamda ekstrakardial mexanizmlar qatnashadi. Yurak ritmi buzilishini davolash va uni oldini olish uchun ko‘plab preparatlar qo‘llaniladi. Ularning asosiy yo‘nalishi va ta’sir mexanizmiga ko‘ra quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin. Download 101.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling