Antiaritmik vositalar


Kardiomiotsitlar m-xolinoretseptorlariga ta’sir qiluvchi vositalar


Download 101.66 Kb.
bet6/6
Sana28.03.2023
Hajmi101.66 Kb.
#1303525
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19. Antiaritmik

Kardiomiotsitlar m-xolinoretseptorlariga ta’sir qiluvchi vositalar. Yurakka sezilarli ta’sirni xolinergik innervatsiya ham o‘tkazadi. O‘ng adashgan nerv sinus-bo’lmacha tugunini, chapdagi nerv esa – bo’lmacha- qorincha tugunini sustlashtiradi. Adashgan nerv tonusi oshganda yurak qisqarishlari chastotasi pasayadi, bo’lmachalar, balki, qorinchalarning ham qisqaruvchanligi kamayadi. Yurak avtomatizmi va o‘tkazuvchanlik tezligi kamayadi. Adashgan nervning haddan tashqari yuqori tonusida bo’lmacha-qorincha blokadasi kuzatilishi mumkin.
Sinus-bo’lmacha yoki bo’lmacha-qorincha blokadasida yoki bradiaritmiyalarda adashgan nervlarning yurakka bo‘lgan tormozlovchi xususiyatini bartaraf etuvchi vositalar bo‘lmish – m-xolinoblokatorlar tavsiya qilinadi. Ularning ichidan gohida atropin qo‘llaniladi. MNSga o’ta olmaydigan atropinning to‘rtlamchi ammoniy tuzlari va skopolaminni (yoki boshqa m-xolinoblokatorlarini) qo‘llash maqsadga muvofiqroq hisoblanadi. Ayrim hollarda, masalan supraventikulyar aritmiyalarda adashgan nervlar tonusini (effektini) oshirishga ehtiyoj tug‘iladi. Bu maqsadda gohida qisqa muddatli antixolinesteraz preparat – edrofoniy yoki α-adrenomimetiklar guruhidagi vazopressor vositalar (mezaton) qo‘llaniladi.
Turli antiaritmik vositalar. Yurak qisqarishlari ritmining turli o‘zgarishlarida, ayniqsa qon plazmasi (masalan ayrim diuretiklar qo‘llanilganda) va miokarddagi (yurak glikozidlarining miqdori oshib ketishi tufayli) kaliy ionlarini kamayishi sababli paydo bo‘luvchi patologiyalarni davolashda kaliy xlorid samarali hisoblanadi. Kaliy ionlari yurakka atsetiloxin yoki adashgan nerv qo‘zg‘alishi kabi ta’sir qiladi. Ular yurak qisqarishlari ritmini pasaytirib, qisqaruvchanlikni sustlashtiradi, o‘tkazuvchanlikni, avtomatizmni va qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi. Kaliy ionlarini kardiotrop ta’sirini atropin bartaraf qilmaydi. Kam miqdorlarda kaliy ionlari koronar tomirlarni kengaytiradi, katta miqdorda esa toraytiradi.
Oshqozon-ichak traktidan kaliy ionlari tez va to‘laqonli so’riladi. Buyraklar orqali tanadan chiqib ketadi. Kaliy xlorid eritmasi ichga qabul qilinadi yoki venaga yuboriladi. Miqdori haddan tashqari oshirilganda paresteziyalar, dispepsik buzilishlar, bo’lmacha qorincha tugunida o‘tkazuvchanlikni blokada darajasiga etguncha sustlashtiradi, buyraklar faoliyatini yomonlashtiradi. Kaliy bir qator kombinatsion preparatlar tarkibiga kiradi, misol -“Asparkam” tabletkalari, panangin va b. Magniy preparatlari ham antiaritmik faollikka ega (magniy sulfat, magniy xlorid, magniy orotat, magniy asparaginat). Ular ayniqsa gipomagniemiyada samarali hisoblanadi. Vena orqali magniy sulfat (xlorid) yurak glikozidlari bilan zaharlanganda yuboriladi.
Ayrim aritmiyalar kuzatilganda yurak glikozidlari ham qo‘llaniladi (ayniqsa digitalis preparatlari). Qo‘llanilishning asosiy sababi – supraventikulyar taxiaritmiyalar (paroksizmal taxikardiya, bo’lmachalarning xilpillashi). Bu preparatlarning antiaritmik ta’sir mexanizmi bir qator komponentlarni o‘z ichiga oladi. Qorinchalar ritmini yurak glikozidlari ta’siri ostida sustlashishi, bo’lmacha-qorincha tuguni o‘tkazuvchanligini kamayishi va samarali refrakter davrini uzayishi bilan bog‘liq.
Antiaritmik faollikka adenozin ham ega. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra adenozin organizm xujayralarida paydo bo‘luvchi nukleoidlar qatoriga kiradi. Purenergik tolalar mediatori hisoblanadi; mahalliy gormon vazifalarini bajarishi mumkin. Adenozin retseptorlari bilan o‘zaro aloqaga kirishadi (A1-A4) ularning agonisti sifatida va G-oqsillari orqali adenilatsiklazaga faollashtiruvchi yoki sustlashtiruvchi ta’sir o‘tkazadi. Ko‘plab to‘qimalarga ta’sir qiladi, shu jumladan silliq mushaklar va asab tolalariga ham. Adenozin atrioventikulyar o‘tkazuvchanlikni (A1) sustlashtiradi va koronar tomirlarni kengaytiradi (A2), miokard qisqaruvchanligini kamaytiradi (A1), trombotsitlar agregatsiyasini sustlashtiradi (A2). Bronxiolalar tonusini oshirishi mumkin (A1). Xujayralarning A3-retseptorlarini qo‘zg‘atadi va ularning biologik faol moddalar ishlab chiqarish xususiyatini faollashtiradi. MNSga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.



Download 101.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling