"tanho qayiq" asarida global muammolarning yoritilishi


Download 240.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi240.36 Kb.
#1432268
  1   2
Bog'liq
Omanova Mubora



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
527 
“TANHO QAYIQ” ASARIDA GLOBAL MUAMMOLARNING YORITILISHI 
Omanova Mubora 
TDPU dotsent v.b., PhD 
Mamatkarimova Fotima 
TDPU talabasi 
Annotatsiya: Taniqli yozuvchi va dramaturg Erkin A’zamning “Tanho qayiq”
kinorivoyatida global muammolarning yoritilishi tahlilga tortilgan. 
Kalit so‘zlar: global muammo, drama, kinorivoyat, “Tanho qayiq”, Orol bobo, suv 
muammosi, badiiylik 
Dramaturgiyaga yangi zamon ruhi kirib kelgach, tarixiy-qahramonlik, tarixiy-falsafiy, 
ma’rifiy-tarixiy yo’nalish hamda zamonaviy mavzularda ko’plab asarlar yuzaga keldi. Erkin 
va ozod Vatanga muhabbat mavzusi yetakchi g’oyaga, fikr odami orqali o’zbekning milliy 
qiyofasini namoyon etish bosh maqsadga aylandi. 
Istiqlol davri o’zbek dramaturgiyasi ilk qadamlaridanoq ulkan ijtimoiy-siyosiy, 
g’oyaviy-mafkuraviy va ma’rifiy-axloqiy pozitsiyasini aniq belgilab olish, global 
muammolarni ifodalashda hozirjavob bo’lish ijtimoiy voqelikni in’ikos qildirishga safarbar 
etildi. Jumladan: 
• O’zbekiston – yagona Vatan degan yuksak tuyg’uni singdirish orqali jamiyat 
a’zolarini milliy istiqlol g’oyalari atrofida birlashtirish; buyuk allomalar, ulug’ saltanat 
bunyodkorlari, mashhur sarkardalar, qatag’on qurboni bo’lgan ziyolilar obrazlarini yaratish 
orqali olis-yaqin o’tmishdan to’g’ri saboq chiqarishga o’rgatish; 
• kitobxon (tomoshabin) qalbi hamda shuuriga kuchli ta’sir etish; 
• tarixiy xotirani tiklash va o’zlikni anglatish; 
• diniy bag’rikenglik, ishonch va e’tiqodni mustahkamlash; 
• giyohvandlik, vatanfurushlik, qo’poruvchilik kabi vayronkor g’oyalarga qarshi kurash 
va bunyodkor g’oyalarni targ’ib qilish; 
• mamlakatimiz hududiy yaxlitligi va uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlayotgan, 
qurilishlarda alohida jonbozlik ko’rsatayotgan zamondoshlar obrazlarini yaratish; 
• bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining murakkabliklari iqtisodiyotning erkinlashuvi va 
islohotlar tadrijiyligini ko’rsatish . 
Binobarin, o’zbek dramaturgiyasi va teatr san’ati adabiy-tarixiy meros hamda azaliy 
qadriyatlar negizida tomoshabin qalbi hamda shuuriga estetik ta’sir etish, balki ijtimoiy 
tafakkurning yangilanishi, ma’naviyatning yuksalishi, demakki madaniyat, fan, san’at, 
ta’lim-tarbiya sohalari rivojiga muayyan ulush qo’shishga intildi. Zotan, mustaqillik davri 
o’zbek dramaturgiyasining shakl-uslubi, mazmun-mohiyatini milliy istiqlol mafkurasining 
vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson tarbiyasi, ijtimoiy hamkorlik, 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
528 
millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik singari asosiy g’oyalari ifodasidan ayro holda 
tasavvur qilish kiyin. 
Globallashuv jarayoni, bozor iqtisodiga o’tish muammolariga estetik munosabat 
bildirish, ular ustidan poetik hukm chiqarish barcha janrlardagi asarlar mazmuni, g’oyasi, 
qahramonlar qiyofasi, xarakterlar mohiyatidagi yangilanishlarda yaqqol ko’rina boshladi. 
Janr poetikasi bilan bog’liq bunday o’zgarish va yangilanishlar dramatik tur va uning 
janrlarida ham namoyon bo’lmoqda. [1:125] 
Global muammolar yoritilgan Erkin A’zamning “Tanho qayiq”, “Suv yoqalab” 
dramalarida yuqorida ta’kidlangan yangilanishlarni ko’rishimiz mumkin. 
Taniqli yozuvchi va dramaturg Erkin A’zamning “Tanho qayiq” [2: 171-212]
kinorivoyati qirq bitta mo’jaz fasldan iborat mozaika bo’lib, tarkibiy tuzilishiga ko’ra 
muqaddima, asosiy qism va xotimadan iborat. Asar negizida yaqin o’tmishda sodir bo’lgan 
Orol fojiasidek global muammo tursa ham, u real borliqning aynan o’zini aks ettirmaydi. 
Aniq hujjatlilikka ham da’vo qilmaydi. Binobarin, “Tanho qayiq” tabiat va jamiyat 
muammosini ifodalaganligi bilan muxim axamiyat kasb etadi. 
Odatiy shakl va mazmundan qochishga uringan, kitobxon (tomoshabin)ni jalb 
qilishning yangi yo’llarini izlagan Erkin A’zam mazkur asarda ijtimoiy- ma’rifiy muammolarni 
shoirona romantik nigoh bilan kuzatadi. Tarixiy mavzuga zamonaviy talqinni olib kirish 
uchun goh folklor va mumtoz adabiyotga xos badiiy ifoda usullariga, goh ijtimoiy-falsafiy 
talqinlarga murojaat qiladi. Jumladan, asar janrining “kinorivoyat” tarzida belgilanishida 
xalq og’zaki ijodining “rivoyat” janri tajribalari ijodiy o’zlashtirilganiga ishora qilingan. 
Asar muqaddimasi xalq rivoyatlari singari hikoyachi bayoni bilan boshlanadi. Garchi 
“Tanho qayiq”da xalq qahramonlari yoxud real tarixiy shaxslar ishtirok etmasa ham, uning 
bosh g’oyasi asosida tarixiy voqelik yotadi. Orol fojiasining asl sabablari izlanadi. Odob-
axloq, elsevarlik, imon-e’tiqodning ideal me’yorlari tashviq etiladi. Qistirma epizod sifatida 
kiritilgan pir va oqibatli murid haqidagi rivoyat ham xuddi mumtoz adabiyot an’analaridagi 
singari kinorivoyat mazmuniga singdirilib, Haqning ulug’ dargohidan umidvor Orol bobo 
ruhiyati teran e’tiqod va ko’ngil odami sifatida ochishga xizmat qildiriladi. Orol boboni 
qo’llab turuvchi noma’lum otliq obrazi ham g’oyib bir banda sifatida talqin qilinadi. Chunki 
koinotda ham, dunyomizda ham sirlar ko’p. Inson bu asrorni bilishga qanchalik qiziqmasin, 
uning hamma narsaga yetadigan aqli ba’zan ana shu asrorlar oldida ojizlik qilib qoladi. 
Asarda bunday holning ota-bola dialogiga ko’chishi fikr-qarashlar ziddiyatini yorqin 
namoyon qiladi: 
Qalimbet: – Ie, ie! Hajga ham-a? Ota, o’ylab gapiryapsizmi o’zi? Siz bormay kim borsin 
hajga?! Birovga yomonlik qilmagan bo’lsangiz, xiyonat qilmagan bo’lsangiz, hech kimning 
molu joniga ko’z olaytirmasangiz... 
Orol bobo: – (erib ketib). Rosti-ku, bir-ikki daf’a chog’lanib ham ko’rganman, o’g’lim. 
Yurak dov bermadi-da: o’zing kim bo’psan-u, hajni orzu qilsang deganday. Lekin ichimdagi 
bir sirni aytsam: ba’zan xuddiki borib kelganga ham o’xshayman! Niyati bilan-da... 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
529 
Qalimbet: – (jonlanib). Ana endi chinakamiga borib kelasiz, otaboy! Hamma
hujjatlaringiz tayyor! 
Orol bobo: – (og’zi ochilib). Iya, bir og’iz oldimdan o’tsang bo’lardi... 
Qalimbet: – O’tsam-o’tmasam, endi masala hal! Azza-bazza bittasining o’rniga 
gaplashganman-a!... 
Orol bobo: – Nima? Birovning o’rniga?! (U balodan qochgan kabi, ikki qo’li oldinda, 
tislanib). Bormayman! O’ylab qildingmi o’zi shu ishni, Qalimbet! Gunoh-ku bu axir, gunohi 
azim! [2:195] 
Badiiy matn tarkibidagi yuqoridagi nutqiy muloqot (dialog)dan ko’rinadiki, Orol bobo 
nainki personajlar e’tirofi, balki niyati, so’zi va amalining pokligiga ko’ra ham teran e’tiqod 
odami sifatida o’z jigarbandi Qalimbet va shu tipdagi qavmdan keskin farqlanadi. Shu 
ma’noda, Orol boboning dengizni o’z asliga qaytarish yo’lidagi yuksak orzu-intilishlari ham 
bir jihatdan, Erkin A’zamning tabiatni asrash muammosiga e’tiqodiy mazmunda javob 
izlashi ham bejiz emas. 
Darhaqiqat, jonli koinotning asli ham, tarkibi ham suv bo’lib, yer yuzida suvsiz hayotni 
tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Demak, kinorivoyat yozilayotgan paytda Erkin A’zam suv Allohning ulkan 
ne’mati ekani, uni isrof va iflos qilmaslik haqidagi islomiy ko’rsatmalar bilan tanishgan va 
muhaddislarning rivoyatlarini imkon qadar xarakterlar tiynatiga singdirishga intilgan. Orol 
boboning zolim qavmdan yiroqroq bo’lishga intilishi, hayotini go’zal insoniy sifatlar bilan 
ziynatlashi, niyat xolisligida hikmat ko’p ekaniga astoydil ishonishi iymoni but, qalbiy 
ibodatdagi zot ekaniga dalolat bo’la oladi. 
“Tanho qayiq” dramasi global dunyoning moddiyat ilinjidagi kishilari uchun imon-
e’tiqod chorlovi, ularga izhor etilgan iltijo va ogohnoma maqomi sari yuksaldi. Insonning 
ma’naviy qudrati botiniy ishonchidan nurlanuvchi imonidan izlangani, bu xulosani Orol 
bobo va uning shogirdlari obrazlariga singdirib yuborgani uchun asarning hayotiyligi, 
haqqoniyligi va ta’sirchanligi oshdi. 

Download 240.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling