BuxduPi maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti 1-bt-22 guruhi talabasi Roʻziyeva Asalxonning mutaxassislikka kirish ona tili oʻqitish metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 210.99 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi210.99 Kb.
#1117623
Bog'liq
ona tili

BuxduPi maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti 1-BT-22 guruhi talabasi Roʻziyeva Asalxonning mutaxassislikka kirish ona tili oʻqitish metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti


Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy idrok
etishdagi psixologik xususiyatlari.

Boshlangich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi oquvchilarning badiiy asarni idrok qilishdagi psixologik xususiyatlari hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarimizning tekshirishlaridan ma’lum bolishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga uni emotsional-estetik his etish ham kiradi. Asarni idrok etish murakkab jarayon bolib, asarda tasvirlangan voqealarga qandaydir munosabatning yuzaga kelishini oz ichiga oladi.

Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi oquvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va ularni baholashidagi psixologik xususiyatlari organilgan va ular adabiy qahramonlarga nisbatan ikki xil munosabatda bolishlari aniqlangan: 1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat. 2. Elementar tahlil qilish [2].

Boshlangich sinf oqish kitoblaridagi badiiy asarlar oquvchilarning idrok etish qobiliyatlariga bogliq holda oqib organiladi va tahlil qilinadi. Bunda oqituvchi asarning janr xususiyatiga, voqea-hodisa va obrazlar xatti-harakatlariga oquvchilaring ruhan tayyorgarligini tekshiradi. Oqituvchi asar tahlilida badiiy komponentlarning ozaro bogliqligini soddalashtirib tushunturishi, matnni bosqichma-bosqish ozlashtirishga imkon yaratishi lozim. Oquvchilar bilan asarni tahlil qilishda dastlabki bosqichda matnni yaxlit idrok etish orqali asarning umumiy mazmuni bilan tanishtirishimiz kerak.


Keyingi bosqich esa tahlil jarayonini boshlab beradi. Uning mazmuni quyidagi talqinni oz ichiga oladi:
a) voqealar rivojidagi imkoniyat, sabab va natija orasidagi boglanishni belgilash;
b) asardagi timsollarning axloqiy fazilatlari va nuqsonlarini aniqlash;
d) asar kompozitsiyasini ochish;
e) asarning goyaviy mazmunini tasviriy vositalar ishtirokida tahlil qilish va obrazlar xulq atvorini baholash. Songgi bosqichda oquvchilarda erkin fikrlash, asardagi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, ularni taqqoslash va baho berish, asarning goyaviy yonalishini aniqlash, badiiy boyoqlarda hayotiy voqealarning suratlanishini anglash, ma’lum muammolarni hal etish kabi tushunchalarni paydo qiladi
3-sinf “Oqish” darsligidagi “Beminnat yordam» rivoyatini tahlil qilib koraylik. Bu rivoyatni oqib-organishdan avval oquvchilar bilan qisqacha suhbat otkaziladi va dostlik, sadoqat tushunchalari oquvchilarga soddaroq tilda tushuntirib otiladi. Rivoyatda bir kuni bogbon bir nechta terak ekadi va ular tezda boy chozib osa boshlaydi. Mana shu teraklarning yonginasidan tok kokarib chiqdi. Uning ham kundan-kunga boyi chozilib, barglari kopaya bordi. Lekin tok novdasi nimjon bolganligi uchun u yer ustida yotardi. Teraklardan birining tokka rahmi kelib uning poyasini shoxlariga ilib yerdan kotardi. Tok novdasi osgan sayin terakka koproq chirmashar edi. Tez orada ular qalin dost bolib qoldilar. Bir kuni bogbon tokning terakka chirmashib osayotganligini kordi va: “Ozi chaqqon tok bu yil mevaga kiribdi. Terakka qoshilib balandlab ketsa, mevasini yigish qiyin boladi”,- deb terakning yuqori shoxlarini kesib qoydi. U bilan bir kunda ekilgan teraklar unga qarab: “Mana shu tokka oralashib, pastda qolib ketding, tashla uni, bozga oxshab yuqoriga intil»,- deyishdi. Lekin terak dostini tashlab osishga kozi qiymadi. Chunki uning boyi baland bolmasa ham, dostiga va odamlarga foydasi tegayotganidan xursand edi
Dastlab oquvchilarga rivoyatning mazmuni tushuntiriladi, ular bilan birgalikda fikr-mulohaza yuritiladi. Umumiy mazmun ochib berilgach, asardagi qahramonlarga birma-bir toxtaladi. Qahramonlarning axloqiy fazilatlari va nuqsonlari aniqlanadi va har bir qahramonga alohida e’tibor qaratiladi. Shu orinda agar asarda salbiy qahramonlar ishtirok etgan bolsa, ularning nuqsonlarini oquvchilarga tushuntirib otish kerak. Yuqorida misol qilib keltirilgan rivoyatimizda qahramonlarimiz majoziy ma’noda olingan. Rivoyatdagi asosiy mazmun har qanday sharoitda ham yaxshilik qiluvchi va dostiga sadoqatli bolishni yuksak fazilat qilib korsatishdir.
Asarda terak oziga jabr bolishini bilsa ham, chin dostiga yordam berdi, uni tashlab qoymadi va eng muhimi qolgan teraklar aytgan “Ozingni oyla!” mazmunidagi gaplarga ham e’tibor bermay dostiga sadoqatli boldi. Bu yerda terakning faqat dostiga sadoqati emas, balki, odamlarga foydasi tegayotganligidan xursandligi ham alohida ta’kidlangan.Buning tag zamirida yaxshilik qilish, har qanday sharoitda ham muhtojlarga yordam qolini chozish kabi sifatlarni korishimiz mumkin. Rivoyat songida xulosa ham berib otilgan.
Songgi bosqichda oquvchilarda erkin fikrlash, asardagi shaxslarning muhim xarakter-xususiyatlarini umumlashtirish, asar voqealarini oquvchilarning hayot tajribasi bilan boglash va hayotiy misollar bilan tushuntirish maqsadga muvofiqdir
Download 210.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling