ENERGETIKA VA TRANSPORT TIZIMLARI FAKULTETI
“ELEKTR ENERGETIKASI” KAFEDRASI
“ELEKTR MEXANIK TIZIMLARNI APPARATLARI,
ELEMENTLARI VA O’ZGARTGICH TEXNIKASI”
FANINING KURS ISHI BO’YICHA
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish-texnik soha
Ta’lim sohasi: 310000 – Muhandislik ishi
Ta’lim yo’nalishi: 5310700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi
va texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha)
Termiz -2023
Kurs loyihalarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Kurs loyihalari fanning asosiy qismlarini o‘z ichiga olgan mavzular asosida bajariladi. Kurs loyihalari hisob-kitobli matnlardan va chizmalardan iborat bo‘ladi.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni.
“Elektrmexanik tizimlarning apparatlari, elementlari va o‘zgartgich texnikasi” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va texnik amaliy masalalarni echishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda internet saytlaridan foydalanib kurs loyihalari, referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning hususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishga tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
kurs loyihalarini bajarish;
komp’yuter texnologiyalari tizimlari bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha referat va konspektlar tayyorlash;
talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotlar, monografiya va ilmiy to‘plamlarni chuqur o‘rganish;
interaktiv va muammoli o‘qitish jarayonida faol qatnashish;
masofaviy (distansion) ta’limni tashkil etishda qatnashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |