Energetika va transport tizimlari fakulteti


To’g’rilagich tiristorlarini boshqarish tizimi funksional sxemasini ishlab chiqish


Download 1.27 Mb.
bet3/10
Sana03.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1148438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
КУРС ИШИ ЭМТнинг аппаратлари элементлари фанидан

6. To’g’rilagich tiristorlarini boshqarish tizimi funksional sxemasini ishlab chiqish
Tiristorli o’zgartkichlar kuch sxemasi va boshqaruv tizimidan iborat bo’ladi. Boshqariluvchi to’g’rilagichning kuch sxemasini boshqariluvchi tiristorlar tashkil etadi, ular boshqaruv elektrodlariga ma’lum vaqtda etarli quvvatga ega bo’lgan impuls berilgandan keyingina ishlashi mumkin. Bu vazifani impuls-faza boshqaruv tizimi (IFBT) bajaradi. IFBT quyidagi ikki vazifani bajaradi:

  1. Tiristorlarning ulanish vaqtlarini aniqlash;

  2. Tiristorlarning boshqaruv elektrodlariga kerakli vaqtda beriladigan boshqaruv signallarini, ya’ni impulslarni shakllantirish.

4 – rasmda tiristorlarni boshqarish tizimining funktional sxemasi keltirilgan bo’lib, bu erda:





  1. TV2 – pasaytiruvchi transformator;

  2. K1 va K2 – komparatorlar;

  3. AKG – arrasimon kuchlanish generatori;

  4. QIH – qisqa impulslarni hosil qiluvchi;

  5. IK – impuls kuchaytirgich.




4 – rasm. Tiristorlarni boshqarish tizimining funktsional sxemasi.
TV1 kuch transformatoridan liniya kuchlanish (Uas) olamiz. Olingan signal pasaytiruvqchi transformator TV2 ga uzatiladi, bu erda transformator to’g’rilagichni katta qiymatli kuchlanish va toklardan himoyalovchi, boshqaruv tizimi bilan to’g’rilagichning kuch sxemasi o’rtasida o’zaro galvanik bog’liqlikni uzish vazifasini o’taydi. Komparator K1 yordamida o’zgartkichning sinusoidal liniya kuchlanishi shunday ketma-ketlikda o’zgaruvchi to’g’ri burchakli impulslarga o’zgartiriladi. Komparator K1 dan olingan impulslar arrasimon kuchlanishlar generatori AKG ga uzatiladi va u erda impulslar arrasimon ko’rinishdagi kuchlanishga o’zgartiriladi. Komparator K2 ga berilgan boshqaruv kuchlanishi U va berilayotgan arrasimon kuchlanish asosida boshqaruv burchagi α ni belgilovchi signal hosil qilinadi. Qisqa impulslarni tashkil etuvchi QIH qabul qilib olingan to’g’ri burchakli impulsdan davomiyligi va qiymati bo’yicha tiristornining ochilishi uchun etarli bo’lgan kuchlanish impulsini shakllantiradi. Bu impuls impuls kuchayaytirgich IG kuchaytirilib tiristorning boshqaruv elektrodiga uzatiladi.
7. Xulosa

Berilgan birlamchi ma’lumotlar asosida to’g’rilagich sxemasi tanlandi va hisoblandi. To’g’rilagichning berilgan FIK asosida to’g’rilagichning uch fazali ko’prik sxemasi (Larionov sxemasi) tanlandi.


Kuch sxemasi uchun sovutish tizimi bo’lgan tipdagi tiristorlar tanlandi.
Kondensator va rezistordan iborat bo’lgan RC-zanjiri hisoblandi va tanlandi (ko’rsatkichlari keltirilgan bo’lishi kerak).
Tarmoq bilan moslovchi transformatorning asosiy ko’rsatkichlari hisoblandi.
Yuklanish quvvatiga qarab induktiv filtr tanlandi.
To’g’rilagichning boshqaruv tavsifi hisoblandi va qurildi. Boshqaruv burchagining α = 60° qiymatida boshqaruv tavsifining egilishi boshlanadi va tavsifning nolga teng bo’lishi α = 120° bo’lganida yuzaga keladi.
Boshqaruv burchagining turli qiymatlari uchun to’g’rilagichning tashqi tavsiflari hisoblandi va qurildi.
Tiristorlarni boshqarish uchun IFBT asosida boshqaruv tizimining funktional sxemasi yaratildi va ishlash printipi bayoni berildi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling