1-mavzu: polimerlarning zanjirli tuzilishi, turlari va xossalari. Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik


Download 250.32 Kb.
bet10/13
Sana23.02.2023
Hajmi250.32 Kb.
#1224523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Полимерлар

Polimer molekulyar massalar.
O’rta sonli molekulyar massa (Mn) polimer namunasining umumiy massasini (MiNi) makromolekulalarning umumiy soniga (Ni) nisbati bilan aniqlanadi:
Mn  MiNi  Ni (II.3.1)
bu yerda Ni - massasi Mi bo’lgan makromolekulalar soni.
(II.3.1) formulani quyidagicha ifodalash mumkin:
Mn  1fi  Mi (II.3.2)
bu yerda fi - massasi Mi bo’lgan makromolekulalardan iborat frakstiyaning massaviy ulushidir:
fi  MiNi  MiNi (II.3.3)
Demak, polimerning o’rtacha sonli molekulyar massasi ma’lum massaga ega makromolekulalar soni orqali ifodalanadi. Mn ni aniqlashda tugal guruhlar usuli va termodinamik (ebulioskopiya, krioskopiya, osmometriya) usullardan foydalanadi.
O’rta massali molekulyar massa (Mw) polimerning umumiy molekulyar massasida ma’lum molekulyar massali (Mi) frakstiyalarning massaviy ulushini inobatga olgan holda aniqlanadi, ya’ni
Mw  Mi2 Ni  MiNi (II.3.4)
`yoki
Mw  Mifi (II.3.5)
Demak, polimerning o’rtacha massali molekulyar massasi ma’lum massaga ega makromolekulalar massalari orqali ifodalanadi. Mw miqdorini aniqlashda yorug’likning sochilish va sedimentatsiya usullaridan foydalanadi.
O’rtacha molekulyar massa (Mz) quyidagi formula orqali ifodalanadi:
Mz  Mi3 Ni  Mi2Ni (II.3.6)
Polimerning o’rtacha molekulyar massasi (Mz) bevosita tajribada, jumladan, muvozanatli sedimentastiya usuli yordamida olingan natijalar asosida hisoblanadi.
Shuningdek, polimerlar molekulyar massalarini xarakterlashda o’rtacha gidrodinamik molekulyar massalar kabi ifodalar ham mavjuddir. Jumladan, (M) qovushoqlik, (Ms) sedimentastiya va (MD) diffuziya usullari yordamida aniqlanadi:
M  NiMia  NiMi1a (II.3.7)
Ms  NiMi(1-b)  NiMi1(1-b) (II.3.8)
MD  NiMi-b  NiMi1b (II.3.9)
bu yerda a va b - polimer-erituvchi tizim doimiysi.
Molekulalari turli xil massaga ega polimer uchun, uning o’rtacha molekulyar massalari Mz; Mw>M>Mn kabi ketma-ketlikka ega bo’lib, Mw  Mn nisbat polidisperslik o’lchami hisoblanadi. Agar polimer monodispers bo’lsa, unda Mw  M  Mn shart bajariladi.
Polimerlar polidispersligi sintez jarayonida turli xil massali makromolekulalarni hosil bo’lishi natijasi bo’lsada, uni keyingi kimyoviy yoki fizikaviy ta’sirlar, ya’ni destrukstiya va tikilishlar orqali o’zgartirish mumkin. Bunday hollarda ham polidisperslik Mw  Mn nisbat yordamida ifodalanadi. Ammo Mw  Mn nisbatning birgina qiymatiga polimerning har xil molekulyar massaviy taqsimoti (MMT) to’g’ri keladi va uning ko’pgina fizik, hamda kimyoviy xossalari shu taqsimotga bog’liq bo’ladi.
Polimer polidispersligini to’liq baholash uchun uning MMT funksiyasini tajribada yoki hisoblash orqali aniqlash lozim. Odatda MMT ning differenstial va integral funksiyalari bo’lib, ular polimer molekulalarini miqdoriy va massaviy taqsimotini belgilaydi.
Massaviy differenstial funksiya taqsimoti fw(M)dM va miqdoriy differenstial funksiya taqsimoti fn(M)dM bo’lib, ular Mi dan MidM gacha bo’lgan intervaldagi molekulalarning massaviy yoki miqdoriy ulushini ifodalaydi. Ushbu funksiyalar asosida tuzilgan MMT ning oddiy differenstial egri chiziqlari II.3.1-rasmda keltirilgan. Maksimumlar soniga qarab uni-, bi-, tri- va multimodal taqsimlanish egri chiziqlariga ajratiladi.

a b
II.3.1-rasm. Polimerning molekulyar massasi bo’yicha miqdoriy (1) va massaviy (2) taqsimot egri chiziqlari: a - differensial, b - integral taqsimotlar.
Integral taqsimot funksiyasi umumiy holda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Mi
F(M)   f(M)dM (II.3.1)
M1
va u ham M1 dan Mi gacha intervaldagi makromolekulalarning massaviy Fw(M) yoki miqdoriy Fn(M) ulushini ko’rsatadi.
Amaliyotda MMT egri chiziqlari polimerlarni turli usullar bilan fraksiyalarga ajratib olib molekulyar massalarini aniqlash orqali tuziladi.

Download 250.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling