1. Mavzu: Psixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birligi. Psixologiyada o'lchov Reja


Download 4.42 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi4.42 Kb.
#1861137
Bog'liq
1. Mavzu Psixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birligi. Psix-hozir.org (1)


1. Mavzu: Psixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birligi. Psixologiyada o'lchov Reja

1.Mavzu: Psixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birligi. Psixologiyada o'lchov
Reja:
1.Psixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birligi
2. Psixologiyada o'lchov
3.Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni
Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni — dialektikaning qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy tarzini ochib beradi. Uni Gegel taʼriflab bergan. Rivojlanish murakkab jarayon boʻlib, unda miqdor va sifat oʻzgarishlari sodir boʻladi. Predmet yoki hodisaning rivojlanishi avval asta-sekin roʻy beradigan miqdor oʻzgarishlaridan boshlanadi. Miqdor oʻzgarishlari maʼlum darajaga yetgach, meʼyorning buzilishi tub sifat oʻzgarishlariga olib keladi. Miqdor sifatga oʻtadi. Miqdor oʻzgarishlari turli shaklda sodir boʻladi. Miqdor oʻzgarishlari obʼyekt qismlari sonining oʻzgarishi shaklida, makoniy shakllarning yoki elementlar aloqadorligi tartibining oʻzgarishi va h.k. shakllarda sodir boʻlishi mumkin. Obʼyektiv voqelikda faqat miqdor oʻzgarishlari sifat oʻzgarishlariga olib kelmay, sifat oʻzgarishlari ham miqdor oʻzgarishlariga olib keladi, vujudga kelgan yangi sifat doirasida miqdor koʻrsatkichlari rivojlanadi. Mas, Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganligi — sifat oʻzgarishi. Natijada xalq xoʻjaligi, iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar vujudga keldi, xalqning iqtisodiy, siyosiy, madaniy ravnaqi uchun keng yoʻl ochildi.

Miqdor oʻzgarishlari nisbatan sokin, uzluksiz davom etsa, sifat oʻzgarishlari uzilishli, sakrashsimon boʻladi. Rivojlanish jarayonida eski sifatning yangi sifatga aylanishi uzluksizlikning uzilishi yoki sakrash deb ataladi. Sakrash — rivojlanish jarayonida qonuniy sodir boʻladigan burilish nuqtasi, taraqqiyot zanjiridagi zaruriy halqadir. Sakrash oʻzgarishning eng intensiv shakli, rivojlanish maromining oliy nuqtasidir, uning natijasida eski narsa yemiriladi, yangi narsa vujudga keladi. Bir sifatdan ikkinchi sifatga oʻtish sakrash orqali boʻlishi umumiy qoida boʻlib, u xali bu sakrash har bir tayin vaziyatda tayin narsa va hodisalarga nisbatan qanday amalga oshishini koʻrsatib bermaydi. Hodisaning bir sifat xrlatdan boshqa holatga oʻtishi yoʻqolish va paydo boʻlishning , mavjudlik va yoʻqlikning , inkor va tasdiqning birligidan iborat (qarang Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni). Sakrashda yangi yuzaga kelayotgan hodisa eskisini inkor etadi; bunda sifat va miqdor i birbirini


taqozo etadi (qarang Inkorni inkor qonuni). Dialektika sakrashlarning , bir sifatdan ikkinchi sifatga oʻtish shakllarining xilma-xilligini jiddiy hisobga olishni, har bir muayyan vaziyatda shu oʻtishning tayin shakllarini aniqlab, bilib olgan holda ish koʻrishni talab qiladi. Eng muhimi — sakrashning , oʻsishning tayin shaklini payqab olish, topish, ifodalash va shunga qarab harakat qilish kerak.

2.Mavzu:Ko'plik, variatsion kator, ular bilan ishlash: moda, mediana, tartiblash
Reja:
1.Statistikada o’rtacha miqdorlar
2. Moda tushunchasi
3.Medianani aniqlash yo'llari
Statistikada o’rtacha miqdorlar bilan bir qatorda tuzilmaviy o’rtacha miqdorlar ham keng qo’llaniladi. Tuzilmaviy o’rtacha miqdorlar deyilganda statistikada moda va mediana tushuniladi.
O’rtacha miqdorlar bir biridan farq qiladigan yakka miqdorlarning o’rtachasidir.Shuning uchun ular to’plam uchun xos bo’lgan umumiy yo’nalishni, qonuniyatni ochib beraolmaydi, ammo ular to’plamdagi yakka belgilarning qiymatlarini niqoblaydi.Bu esa hayotda sodir bo’ladigan ayrim hodisalarni o’lchash,baholash va tabriflashda xaloqit beradi.Ushbu kamchilikni yo’qotish uc
Download 4.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling