1-мавзу: Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi
Takrorlash va muhokama uchun savollar
Download 3.45 Mb.
|
psixologik-xizmat maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-мавзу: Ota-ona va o’qituvchilar bilan olib boriladigan korreksion-profilaktik ishlar-4 Reja
- 3.OTA-ONALAR GURUHLARI
Takrorlash va muhokama uchun savollar:
1.Kasbiy oʻzlikni anglash deganda nima tushunasiz? 2.Kasbga yoʻnaltirish ishlari qanday olib boriladi? 3.Kasbiy oʻzlikni anglashga tayyorlikni shakllantirish nimalarni oʻz ichiga oladi? 4. Oʻquvchining layoqatini, yuqori sinf oʻquvchilarini kasbiy qiziqishlarini diagnostika qilishda qanday metodikalardan foydalanish mumkin? 5.Yuqori sinflar bilan olib boriladigan kasbga yoʻnaltiruvchi korreksion-rivojlantiruvchi ishlar qanday tashkil etiladi? 23-мавзу: Ota-ona va o’qituvchilar bilan olib boriladigan korreksion-profilaktik ishlar-4 Reja: Маслаҳат жараёнида ота-она ва ўқитувчилар билан ишлашнинг ўзига хос жиҳатлари Ota-onalar guruhi. Ota-ona va bola orasidagi samarali muloqotning o`ziga xos jihatlari 3.OTA-ONALAR GURUHLARI Ota-onalar bilan ish olib borishning individual shakllari bilan birga guruhiy shakli rahbarlik qilish ham foydali hisoblanadi. Bolaning ota-onasi shaxslararo muloqotda qiynalishini tan olganlari holda, ular bunday guruhlar tarkibiga kiritilishi tavsiya etiladi. Ota-onalar guruhlariga rahbarlik qilish, bola taraqqiyotining asosiy dalillarini, ularga mos ravishda munosabatlarning o`zgarishini ota-onalar tushunmaganliklarida, ota-onalar va bolalar o`rtasidagi munosabatlarni yaxshilashni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Ota-onalar guruhlariga rahbarlik qilish xususiy muammolar, bo`yicha maslahat berish shaklida va maxsus ota-onalar treninglari shaklida amalga oshirilishi mumkin. Zaruriyat tug`ilganda, ota-onalar o`zlarining psixologik muammolarini hal qilishi uchun psixoterapevtik guruhlardagi mashg`ulotlarga tavsiya etish mumkin, bunday mashg`ulotlar ommaviy maslahat berish doirasida keng tarqalgan. Alohida masalalar bo`yicha maslahat berish guruh azolari uchun, umumiy bo`lgan, munozarali muhokama qilish asosida ota-onalar va bolalar o`rtasidagi munosabatlarni yaxshilashni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Ota-onalar treninglari bola xulq-atvoridagi yashirin ma`noni tushunish asosida ularning hissiyoti va kechinmalariga ota-onalarning sezgirligini oshirishni o`zi oldiga maqsad qilib qo`yadi. Ota-onalar va bolalar o`rtasidagi yomon munosabatlarning sababi bolalikda o`zlashtirgan tarbiyaning xato illatlari (stereotiplari) bo`lishi mumkin. Ota-onalar guruhlarida mashg`ulotlar o`tkazish har xil turda bo`lsa, bu ishni tashkil etishning qator umumiy qoidalarini ko`rsatish mumkin. Amerikalik olim S.Slavson 3 asosiy qismni o`z ichiga oladigan guruhning dastlabki qoidasi tushunchasini kiritadi: 1) munozara predmeti- bolalar va ular bilan ota-onalarning o`zaro harakat usullari; 2) guruhning hamma a`zolari munozarada erkin ishtirok etish huquqiga egadir; 3) munozarani olib boruvchi guruhning hamma a`zolari tomonidan majburiy qabul qilinadigan yagona obro`li kishi emas. YUqorida sanab o`tilgan qoidalarga asoslanib, mijoz-markazlashgan da`volash printsipi asosida tuzilgan ota-onalarga maslahat berish, bola muammosida markazlashgan printsipidan uzoqlashadi. Maslahat berish jarayonining markazi faqat bolagagina qaratilmasdan, balki bola muammosidan, ota-onalar va bolalar o`rtasidagi munosabat muammosiga, ota-onalar muammolariga o`zgarib turadi, shu bilan birga ota-onalarning o`zlarini da`volashni amalga oshiradi. Maslahatchi bola xulq-atvorining xususiyatlarini ota-onalarga ochib beradi va muammoni hal qilishning ikki qarama-qarshi usulini bayon qiladi. U yoki bu usulni tanlash ota-onalar hukmiga xavola qilinadi. Maslahatchining, ota-onalar guruhlari olib boruvchisining asosiy o`rni shundan iboratki, muammoni qo`yish, munozarani rivojlantirish va uni hal qilish uchun guruh a`zolari izidan hamma narsani oynaga o`xshab aks ettirishi, takrorlashi va tanlab berishi zarur. Boshqacha so`zlar bilan aytganda, maslahatchining roli, qo`yilgan muammoli vaziyatlarni hal qilish jarayonida ota-onalarni to`g`ri yo`lga solishni tashkil etishdan iborat. Ota-onalarda bola tarbiyasi bo`yicha chuqur bilimga egalikni shakllantirishning psixologik sharoiti bo`lib, bolalar aloqalarini tushunish va empatikmuloqot usullarini o`zlashtirish zarurligini ota-onalar anglashi hisobalanadi. Amerikalik psixolog X.Djaynotning fikricha, teng aloqa muloqotning 3 asosiy qoidasiga asoslanadi. Birinchidan, ota-onalar barcha vaziyatlarda boladagi ijobiy o`zgarishni ma`qullashga intilishlari kerak, har qanday holatda ham uni kamsitmaslik, bolada ijobiy Men siymoni qo`llab-quvatlashdan iborat. Ikkinchidan, bola bilan uning qilgan ishi, bu ishning oqibati, vaziyat haqida gaplashish mumkin, bolaning xarakteri, shaxsi haqida gapirmaslik kerak, uning shaxsini salbiy baholashdanqochish kerak. Kattalarning bolalar haqida fikri, bolaning kelajakdagi taqdiriga tashhis qo`yishga, uni oldindan aytib berishga qaratilmaslik kerak. Maqtash va tanbeh berish hamo`sha qoidaga asosan tuzilishi kerak: tayyor baholash o`rniga, qilingan harakatlar va ular natijasini keng yoritib berish kerak, xulosa chiqarish va baho berishni bolaning o`ziga quyib berish kerak. Uchinchidan, aloqo` jarayonida kattalar taklif kirituvchi tashabbuskor bo`lishlari kerak. Bunda harakat usuli to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatib berilmasligi kerak, balki muammoli vaziyatni hal qilish imkoniyatlarini bola oldiga shunday qo`yish kerakki, bolaning o`zi eng to`g`riroq usulni tanlashni mustaqil amalga oshirsin. Ota-onalar, o`qituvchilar va tarbiyachilar tomonidan bu qoidalarni kundalik hayotda ketma-ket amalga oshirilishi da`volash qoidalarini tarbiya amaliyotiga kiritishdan boshqa narsa emas. Psixodinamiknuqtai nazardan ota-ona guruhlariga rahbarlik qilishning maqsadi, ota-onalarni buqoidalardan amalda foydalanish malakasi bilan qurollantirishdan iboratdir. Boshqacha so`zlar bilan aytganda, ota-ona guruhlarining mahsuli, ota-onalarni bolaga da`volash munosabatida bo`lishni o`rgatishdan iborat. Hozirgi vaqtda chet elda ota-onalar trening guruhlari bolaga maslahat berish amaliyotida mahsuldor ish shakli sifatida juda ommaviy tus olgan. Lekin shuni aytib o`tish kerakki, bolaga qaratilgan bir butun tuzatish tadbirlari sistemasidan ajratilgan holda ota-onalar treninglar, maslahat berish jarayonida tuzatish vazifalarini muvaffaqqiyatli hal qilishning etarlisharti bo`la olmaydi. Respublikamizda ota-onalar guruhlari bilan ish olib borishning zarurligi, bolaning psixik taraqqiyoti uchun kattalar bilan muloqot hal qiluvchi rol o`ynashi bilan asoslanadi va tuzatish ishlarini o`tkazishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayniqsa, bu muammo oilaviy psixoterapiya yo`nalishida tuzatish ishlarining eng to`g`ri shakli sifatida jadal ishlab chiqarilmoqda. Download 3.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling