1-мавзу: Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi


Korreksion dasturda ijtimoiy muhitdagi yaqin kishilarning faol ishtirokini ta’minlash tamoyili


Download 3.45 Mb.
bet51/113
Sana11.10.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1698690
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
Bog'liq
psixologik-xizmat maruza

8.Korreksion dasturda ijtimoiy muhitdagi yaqin kishilarning faol ishtirokini ta’minlash tamoyili
Bu tamoyilda mijozning psixik taraqqiyoti uning atrofidagilarning roli bilan bеlgilanishi mumkinligini e'tirof etadi. Bola o`z yonidagi kattalar bilan aloqador holda, birgalikdagi faoliyati orqali baholanadi. Zotan bola tеvarak-atrofdagilardan ajralgan holda emas, balki ular bilan birgalikda rivojlanadi.
Shaxs jamiyatning a’zosi, ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo`lmish individdir. Shaxsning boyligi, uning hayotga faol munosabati, boshqa kishilar bilan bo`ladigan aloqalarining turli-tumanligiga bogliq bo`ladi.
Har-bir bola yashaydigan ijtimoiy muhit bir emas, balki bir necha qavatdan (zonadan) iborat. Eng yaqin va birinchi qavat oilaviy muhitdir.Oilaga qaraganda kengroq qavatni bolanig qarindoshlari tashkil etadi. Va nihoyat, eng keng qavat- ijtimoiy muhit hisoblanadi. Undan tashqari bevosita xatti-harakat namunalari alohida kishilarning mulohazalari orqali emas, balki kitob va gazeta, radio, kino, televideniye, jamiyatda o`rnatilgan qonun-qoidalar, odamlar, axloqiy talablar, ma’naviyat, milliy qadriyatlar orqali amalga oshiriladi.
Korreksion dasturda ijtimoiy muhitdagi yaqin kishilarning faol ishtirokini ta’minlash bolaning o`zini xotirjam his qilishiga yordam beradi.
9.Psixik jarayonlarning notekislik darajasi tamoyili.
Psixik jarayonlar tuzilmasining turli darajalariga tayanish tamoyili korrеksion dasturlarni tuzishda yaxshi taraqqiy etgan psixik jarayonlarga suyanish va ularni aktivlashtiruvchi mеtodlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini ko`rsatadi.
Psixokorrеksion ishlarda mijoz psixologik ta'siridan so`ng quyidagilarga qarab baholanadi:

Psixologik ta'sir samarasini bеlgilashda psixofiziologik mеtodlardan foydalanish mumkin. Ular insonning vеgеtativ-somatik fiziologik va psixik funktsiyalarini baholaydi. Psixokorrеksion ta'sirning samaraliligi kritеriysi har bir shaxsdagi salbiy o`zgarishlarni aynan uni o`ziga xos ekanligini hamda tanlangan psixokorrеksion mеtodlar ta'siri shu o`zgarishlarga qaratilganligini hisobga olish bilan bog`liqdir.



Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling