1-мавзу: Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi
Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik taraqqiyotini diagnostika qilish
Download 3.45 Mb.
|
psixologik-xizmat maruza
8.Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik taraqqiyotini diagnostika qilish
Bolalarda maktabga chiqish vaqtida psixologik rivojlanish darajasiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlar paydo bo’ladi. Bu xususiyatlar shundan iboratki, bolalar bir-birlaridan intellektual-axloqiy jixatdan farqlanadilar. Ular bir xil ko’rsatma va psixodiagnostik xolatga xar xil javob berishlari mumkin. Ba'zi maktabga kirayotgan bolalarga kattalar uchun mo’ljallangan psixodiagnostik testlar mos keladi. Ba'zi rivojlanishi past bo’lganlariga bog’cha yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan testlar to’g’ri keladi. Asosan, o’z-o’zini verbal baxolash, tashqi muxitni ongli baxolash xolatidagi testlarda bu aniq bilinadi. Shuning uchun kichik maktab yoshidagi bolalarda u yoki bu psixodiagnostik testni o’tkazishdan avval bolaning real psixologik rivojlanishiga mos keluvchi testni tanlab olish kerak. 6-7 yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorgarligiga oid empirik ma'lumotlarga ko’ra, 50 % dan 80 % gacha bolalar u yoki bu jixatdan boshlang’ich ta'lim dasturini o’zlashtirishga tayyor emas. Ko’p bolalar maktabga chiqishga tayyor bo’lsalar-da, aqlan 5-6 yosh darajasida rivojlangan bo’ladilar. Agar bunday bolaga uning uchun murakkab va qiziqarsiz psixologik testlar berilsa, bu testlar rivojlangan aql, diqqat-e'tibor va xotira talab qilganligi sababli, ular testni bajara olmaydilar. Bu intellektual qobiliyatning yo’qligi emas, shaxsiy psixologik rivojlanish yetarli bo’lmaganligi sababli sodir bo’ladi. Agar vazifani o’yin sifatida qiziqarli qilib berilsa, test natijasi yuqori bo’lishi mumkin. Mazkur xolatlar bolalar psixodiagnostikasida amaliy psixologlar tomonidan xisobga olinishi kerak. 3-4 sinf o’quvchilari uchun qiziqarli va kattalarga mo’ljallangan testlar to’g’ri kelishi xam mumkin. Test o’tkazishda faollik, ruxiy qiziqish yuqori bo’lsa, natija xam yuqori bo’ladi. Agar kattalar test vaqtida ongli ravishda irodasini ishga solib o’zini boshqara olsalar, kichik yoshdagi maktab bolalari va xatto o’smirlar xam buni bajara olmaydilar. Kattalar uchun mo’ljallangan testlarni kichik maktab yoshidagi bolalarga qo’llashda ma'lum cheklashlar mavjud. Bu cheklanishlar shaxslararo munosabatlar, shaxs va idrokni taxlil qilishga mo’ljallangan testlarga tegishlidir. Kattalar uchun qo’llanilayotgan intellektual (aqliy) testlarning ko’pchiligi so’z-mantiqiy tafakkurning rivojlanish darajasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu xususiyat kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida taraqqiy etib, o’smirlik davriga kelib rivojlanishi tugallanadi. Amaliyot va xayotdagi o’rniga ko’ra, kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida ko’rgazmali-xarakat va ko’rgazmali-obrazli tafakkur so’z-mantiqiy tafakkurdan ustun turadi. Bundan tashqari katta odamlar uchun mo’ljallangan testlar ularning xayotiy tajribasini xisobga olgan xolda tuziladi. Shuning uchun bu testlar kichik bolalarda qo’llanganda jiddiy yondashish va soddalashtirilishi lozim. Ba'zan kichik maktab yoshidagi bolalar uchun yangi variantdagi testlar tuzishga to’g’ri keladi. Bu xolatda yangi muammo tug’iladi, ya'ni bir psixologik sifatni, tuzilishi va ma'nosi xar xil testlarning natijasini solishtirish orqali aniqlash lozim bo’ladi. Kattalarni turli testlar yordamida baxolash, ularni solishtirishni talab qiladi va doimo bir xil natija bermaydi. Testlararo solishtirishning natijasi o’tkazish oeffisienti bilan baxolanadi. Bunda bir testdan ikkinchi testga o’tishda mumkin bo’lgan xato ko’zda tutiladi. o’tkazish koeffisienti bir psixologik xususiyatni baxolash uchun mo’ljallangan ikki usul natijalari sifatida qaraladi.o’tkazish koeffisienti uchun tekshiriluvchilarning soni yetarli darajada ko’p bo’lishi, shaxsiy ko’rsatkichlar dispersiyasi esa juda kichik bo’lishi kerak. Masalan: o’smirlar Vekslernnng bolalar va kattalar uchun mo’ljallangan testlaridan, 1- da 100 % ko’rsatkich, 2 - da esa 85 % ko’rsatkich bilan baxolanishdi. o’tkazish koeffisienti 1,25 ni tashkil qiladi. Bu koeffisient kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan test natijasini katta yoshdagilar uchun mo’ljallangan test natijasiga bo’lib olinadi. Olingan 1,25 natija amaliy psixolog uchun bolalarni kichik yoshdagi bolalar test varianti bilan tekshirib, o’smirlarni katta yoshdagi odamlar testi bilan tekshirish, bu bevosita ko’rsatkichlarni 1,25 ga bo’lib yoki ko’paytirib, katta yoshlilar testi natijasiga solishtirish imkonini beradi. Katta yoshlilar uchun mo’ljallangan shaxsni o’rganuvchi testlarni bolalar psixodiagnostikasida qo’llashdagi cheklanishlar jiddiy axamiyatga ega, chunki kattalardagi sifatlar kichik bolalarda bo’lmasligi mumkin. Aksincha, kichik bolalardagi o’ziga xos xususiyatlar kattalarda bo’lmasligi xam mumkin. Shuning uchun katta yoshlilar testi etarli darajada validlikka ega bo’lmasligi mumkin. Birinchi tomondan, xali boladagi yo’q xususiyatni baxolash kerak bo’ladi. Ikkinchi tomondan, ulardagi biror bir xususiyatni baxolamay qolish mumkin. Bu xolatdan chiqish uchun katta yoshlilar testini bolalar uchun qo’llashda uning psixologik o’sishini va yoshga bog’liq psixologik xususiyatlarni bilish lozim. Bularni ilgan xolda test natijalarini baxolash mumkin. Bolalar va kattalarning shaxsiy rivojlanish darajasini bevosita solishtirish, baxolash juda qiyin kattalar shaxsini mikdoriy baxolashdan ko’ra sifat jixatdan baxolash muximroqdir. Lekin miqdorni baxolashning xam aloxida o’rni mavjud. Tavsiya etilayotgan psixodiagnostik metodlar tizimi maktabga kirayotgan kichik yoshli bolalarning va boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy jarayonlarini, shaxsiy va shaxslararo munosabatlarini, ulardagi amaliy ko’nikmalarni baxolash maqsadida foydalaniladi. Bu tizim asosida bolalarni maktabga psixologik tayyorgarligini, ularning boshlang’ich sinflarda o’zlashtirish darajasini baxolash mumkin. Bunday psixodiagnostik baxolash kompleksiga quyidagilar kiradi: 1. Atrof-muxitda umumiy mo’ljal olish. 2. Bolalarning maktab ta'limiga munosabati. 3. Diqqat-e'tibor. 4. Xotira. 5. Tafakkur. 6. Nutq. 7. Badiiy-tasviriy qobiliyat. 8. Maktab malakasi va ko’nikmalari. 9. Muvaffaqiyatga erishish motivlari, 10. Shaxs xususiyatlari. 11. Shaxslararo munosabatlar. "Bu to’plamga kiritilgan metodikalardan foydalanib, bolaning maktabga tayyorligi yoki tayyor emasligini baxolash va o’z rivojlanishidan oldinda borayotganligini aniqlash mumkin. Bu usullar bolaning qobiliyatlarini aniqlash va u bilan maqsadga muvofiq xolda mashg’ulot olib borishga yordam beradi. Metodikalar to’plami maktabdagi ma'lum bir tarbiyaviy ishlarning samaradorligini to’g’ri baxolash imkonini berish bilan birga 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’rganishda qo’llash mumkin bo’lgan usullarni xam o’z ichiga oladi. Bu usullar yordamida olingan baxolar bitta yagona standart tizimga o’tkaziladi va kichik maktab yoshidagi maktab o’quvchisining psixologik rivojlanishi individual xaritasiga yoziladi. To’plamga 3 xil tipdagi metodikalar kiritilgan. 1. Bola endi maktabga kirayotganda qo’llaniladigan uslublar. 2. Maktab ta'limiga tayyorgarligini va ruxiy rivojlanganligini baxolovchi testlar. 3. Bolaning ruxiy rivojlanishini aniqlovchi testlar. Bolalar uchta asosiy soxada - bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, shaxslararo munosabatlar asosida psixologik jixatdan o’rganiladi. Agar bolaning ruxiy rivojlanish darajasi baxolanishi zarur bo’lsa, ularning xar biri maxsus usullar bilan baxolanishi mumkin. Bu to’plamdagi metodikalar diqqat, tafakkur, xotira, nutq va idrokning rivojlanish darajasini aniqlaydi. o’quv faoliyati motivasiyasi, muvaffaqiyatga erishish, o’rtoqlari va katta yoshlilar bilan munosabat xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Psixologiyada xar bir bilish jarayonlarini o’rganishda turli-tuman natijalar olinganligi sababli metodikalarniig minimal aniqligiga e'tibor berilgan. Birinchidan, bola tarbiyasiga ta'sir etuvchi xolatlar, ikkinchidan, o’qitish va tarbiya ta'sirida shakllanadigan xususiyatlar, masalan: diqqat - e'tibor, xotira, idrok, tafakkur, nutq, tasavvur, muvaffaqiyat motivasiyasi va shu kabilar. Xar bir metodika bitta ko’rsatkichni baxolashga imkon beradi va 5-10 minut vaqt talab qiladi. Xar bir bolani xar tomonlama tekshirish uchun 3-6 soat vaqt kerak bo’ladi. Tavsiya etilayotgan uslublar yordamida bolani psixodiagnostika qilish quyidagi vazifalar yechimini beradi: 1. Mazkur bola qanday rivojlanayotganligini aniqlash. 2. Boladagi layoqat va qobiliyatni o’z vaqtida aniqlash. 3. o’qishdan ortda qolish yoki noto’g’ri tarbiyaning sababini topish. 4.Kelajakda tanlanadigan kasbga tayyorlanish va tanlash uchun bolaga, o’qituvchiga va ota-onalarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish. Bu metodikalar yordamida bolani tekshirishda vaqtni tejashning yana bir usuli yakka tartibda emas, balki guruxiy tekshirish olib borishdir. Bu shart-sharoitlar to’g’risida xar bir uslubdan keyin yozma izoxlar berilgan. Agar izoxlar yo’q bo’lsa, bu uslubni xam yakka tartibda, xam gurux sharoitida qo’llash mumkin. Psixodiagnostik tekshirishga kirishishdan oldin quyidagilarni bajarish lozim: 1. Metodika matnini diqqat bilan o’qib, tanishib chiqish kerak. 2. Izoxlar mavjud bo’lsa, uni o’qish lozim. 3. Metodikani qo’llash uchun kerakli narsalarni tayyorlash. 4. Metodika yordamida xech bo’lmasa 1 ta bolani sinov uchun mukammal tekshirib, natijalarni taxlil qilib ko’rish lozim. Download 3.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling