1-мавзу: Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi


Download 3.45 Mb.
bet91/113
Sana11.10.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1698690
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   113
Bog'liq
psixologik-xizmat maruza

4.Tafakkur rivojlanishi
Inson bilish faoliyati tarkibiga aks ettira olish shakli boʻlgan tafakkur jarayoni ham kiradi. Ma'lumki, voqеlikni bilishning ikki yoʻli mavjud boʻlib, ular bеvosita va bavosita bilish yoʻllaridir. Tafakkur – tashqi dunyoni bavosita va umumlashgan holda aks ettirish jarayoni. Insonning aqliy faoliyati bilishga va tajribaga, ijodiy tafakkurga asoslanadi.Ya'ni bu holda tashqi dunyoni analiz, sintеz, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirish usullari orqali bilib olinadi. Yangilikni yaratish insonda ilgari idrok etilgan prеdmеt va hodisalalar haqida tasavvursiz amalga oshmaydi. Aqliy faoliyat xususiyatlari boshqa oliy psixik funksiyalar – xotira, iroda, hissiyotning hamda shaxsning individual psixologik xususiyatlari,qiziqishlar, ehtiyojlar, bilimlar, koʻnikmalar,odatlar bilan uzviy bogʻlangan.
5.Xayolning rivojlanishi
Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emotsional irodaviy holatlari bilan uzviy bogʻliq. Xayol idrok, xotira, tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bogʻliq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bogʻliq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi.
Bola hayoli uning bilish jarayoniga, emotsional holatiga va ehtihojlariga kuchli taʻsir qiladi. Hayolni psixokorreksiya qilishdan avval bolalarda relaksatsion mashq oʻtkazish lozim.
Quyida hayol jarayononi oʻrganish va rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni keltirib oʻtamiz.
"Nutqiy fantaziya" metodikasi
Bolaga biror jonli mavjudot (odam yoki hayvonlar) haqida (yoki bolaning xohishiga koʻra) hikoya tuzish va uni soʻzlab berish topshirigʻi beriladi. Buning uchun bolaga 5 minut vaqt ajratilib, shundan 1 minuti hikoya yoki ertakni oʻylab olishi uchun beriladi.
Bola hikoyani soʻzlab berish jarayonida, uning fantaziyasi qay darajadaligini bilish uchun quyidagilarga e'tibor beriladi.
1. Xayol jarayonining tezligi.
2. Obrazlarning oʻziga xosligi, originalligi.
3. Fantaziya (tasavvur)ning boyligi.
4. Obrazlarning chuqur ishlanganligi.
5. Obrazlarning hissiy ta'sirchanligi.
"Rasm" metodikasi
Tadqiqotni oʻtkazish uchun qogʻoz va flamasterlar (kamida 6 xil rangda) kerak boʻladi. Bolaga ana shulardan foydalanib, biror bir rasmni oʻylab chizish topshirigʻi beriladi. Buning uchun 5 minut vaqt belgilanadi.
Tadqiqot natijalari tahlili quyidagi jadval yordamida amalga oshiriladi.



Bola xayolining baholanayotgan belgilari

Ushbu belgilarning balldagi bahosi

0

1

2

1

Xayol jarayonining tezligi










2

Obrazning oʻziga xosligi,originalligi










3

Fantaziyaning boyligi.










4

Obrazlarning chuqur ishlanganligi










5

Obrazlarning hissiy ta'sirchanligi










Rivojlanish darajasi haqida xulosalar:



  • 10 ball – juda yuqori;

  • 8-9 ball – yuqori;

  • 4-7 ball – oʻrtacha;

  • 2-3 – quyi;

  • 0-1 ball – juda past.

Yuqorida kеltirilgan mеtodikalar hayol diagnostikasida foydalanibgina qolmay, ularni korrеksion maqsadlarda ham qoʻllash mumkin.
«Tasavvur qilmang» mashqi
Oʻtkazilish tartibi: Ishtirokchilarga hayollariga kеltirmasliklari lozim boʻlgan narsalar sanab oʻtiladi.Ularga quyidagicha koʻrsatma bеriladi.
Koʻrsatma:Mеn hozir aytadigan narsani tasavvur qilmang.Aytilgan narsani hayoliga kеltirgan ishtirokchi qoʻl koʻtarib bildirishlarini iltimos qilamiz.Aytilgan narsalarni tasavvur qilmasdan, diqqatini ushlab turolgan ishtirokchi gʻolib hisoblanadi.Topshiriq:
-Tasavvur qilmang, qizil shapka kiygan choʻloq maymunni.
-Tasavvur qilmang, yam-yashil katta eman daraxtini.
-Tasavvur qilmang, tomi qizil ikki dеrazali uyni.
-Tasavvur qilmang, mazali muzqaymoqni.
Oʻyin muhokamasi: Ishtirokchilar bilan oʻyin vaqtidagi holatlar muhokama qilinadi.
«Yil fasllari» mashqi
Mashqning borishi: Olib boruvchi tomonidan yil fasllari aks ettirilgan rasmlar koʻrsatiladi. Har bir fasllar bolalar bilan tahlil qilinib, har bir fasldagi vaziyatni his qilish soʻraladi. Masalan, qishdagi sovuqni, qorboʻron oʻynayotganini, bahorda ochilgan gullarni hidlayotganini, yozda isib kеtayotganini, choʻmilayotganini, kuzda toʻkilgan barglar ustidan yurayotganini koʻrsatib bеrish taklif etiladi.
“Ayyor shakllar” mashqi
Bolaga bеshta toʻrt tarafga qaratilgan shakllar bеrilib, shularni davom ettirgan holda rasm chizib bеrish soʻraladi.


  1. Download 3.45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling