1-мавзу: Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi
Download 3.45 Mb.
|
psixologik-xizmat maruza
Nutqning rivojlanishi
Bogʻcha yoshi davrida bolaning nutqi ham miqdor, ham sifat jihatidan ancha takomillashadi. Bogʻcha yoshidagi bolalar nutqining oʻsishi oilaning madaniy saviyasiga ham koʻp jihatdan bogʻliq. Kattalar bolalar nutqini oʻstirish bilan shugʻullanar ekanlar, bogʻcha yoshidagi bolalarning ba'zi hollarda oʻz nutq sifatlarini toʻla idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashqari, bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish qobiliyati ham hali toʻla takomillashmagan boʻladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan toʻla va toʻgʻri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir. Maktabga kelish arafasida bolaning soʻz boyligi oʻz fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. 6-7 yoshli bola oʻz jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni oʻzlashtirishi ma'lum bir faoliyatga aylana boradi. Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni toʻgʻri tuzish va soʻzlarni toʻgʻri yozishga ma'lum talablar qoʻyilganligi bilan xarakterlanadi. Bola soʻzlarni qanday eshitgan boʻlsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni toʻgʻri talaffuz etishga va yozishga oʻrganishi zarur. Yozma nutqni egallash asosida bolalarda turli matnlar haqida ma'lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada oʻzi yozgan fikrlarni, soʻz va harflarni nazorat etish malakasi hali rivojlanmagan boʻladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi oʻquvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma'lumot toʻplash, muhim jihatlarini ajratib olish, reja tuzish, uni ma'lum ketma-ketlikda bayon etish malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni toʻgʻri tuzish, aynan shu mazmunga mos soʻzlarni topish va ularni toʻgʻri yozish, tinish belgilarini toʻgʻri qoʻyish, oʻz хatolarini topa olish va toʻgʻrilash aqliy rivojlanishning koʻrsatkichlaridan hisoblanadi. Bolada nutqni rivojlantirish va muloqotchanlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin: “Tanlov” mashqi Bolalar bilan oʻzi chizgan rasmlarining tanlovi oʻtkaziladi. Rasmlar qator tеrib chiqilib, bolaga shunday talab qoʻyiladi: “Sеn oʻrtogʻingning rasmini shunday maqtaginki, toki boshqalar shu rasmni eng zoʻr rasm dеb hisoblasinlar” . “Gapni tugat” mashqi Doira boʻlib oʻtirilib, birinchi bola oʻziga yoqadigan narsani aytadi. Kеyingi bola esa “Dеmak, sеn buni yoqtirar ekansan-da” dеb shеrigining yoqtirganini aytib, soʻng oʻzinikini aytadi. Download 3.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling