1. Changlanish. Gullarni changlanishga moslanish xususiyatlari


Download 0.95 Mb.
bet1/7
Sana29.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1308066
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
changlanish gullarni changlanishga


Changlanish. Gullarni changlanishga moslanish xususiyatlari. Chetdan va o`zidan changlanishning biologik ahamiyati


Reja
1. Changlanish.
2. Gullarni changlanishga moslanish xususiyatlari.
3. Chetdan va o`zidan changlanishning biologik ahamiyati


Changlanish xususiyatlari
Changlanish va urug‘lanish bir-birlari bilan chambars bog‘langan murakkab biologik jarayondir. Changlanish changdonda yetilgan chang donachasini urug‘chi tumshuqchasiga (yopiq urug‘larda) yoki urug‘kurtakka (ochiq urug‘lilarda) kelib tushishidan iborat. Changlanish asosan ikki xili ajratiladi: о‘zidan changlanish va chetdan changlanish.
Changlanish rо‘y berganda changlarni urug‘chining ochiq turgan tumshuqchasidagi tukchalarga yopishib qoladi. Swamy shuni takidlidiki chang donachalarining naychalari urug‘chining tukchalari orasida о‘sadi va ular hechqachon urug‘chi toqimalariga kirmaydi. Urug‘chining rivojlanishi boshlang‘ich stadiyasida ikki qator urug‘ kurtak ancha uzoqda joylashgan bо‘ladi. Nay tolali boylamlar orqali oziqa uruq kurtakga ventral yoki yelka boylamlaridan yoki ikkalasidan ham olingan bolishi mumkin. Changlanish va urug‘lanishdan keyin urug‘chining ichki yopishgan qismi kengayadi, chetlari pukaklashib qovurg‘ani hosil qiladi.
When pollination takes place the pollen grains become attached to the hairy , outwardly flared margins of the open carpel. Swamy also observed thst the germination tubes of the pollen grains grow into the carpel locule between these hairs and that they never penetrate the carpel tissue.In the eraly stage of carpel development the two rows of ovules are very remote from the true margins1.
О‘zidan changlanish ikki jinsli gulning changchilarida yetilgan changni ayni shu guldagi urug‘chi tumshuqchasiga tushushidir.
Agarda bir о‘simlik gulidagi changlar ikkinchi о‘simlik gulidagi urug‘chi tumshuqchasiga tushsa, bunda chetdan changlanish sodir bо‘ladi. Chetdan changlanish gulli о‘simliklarning asosiy changlanish usuli hisoblanib, u kо‘pchilik turlar uchun hosdir.
Ochilmaydigan mayda gulli о‘simliklarning о‘zidan changlanib urug‘lanishi kleystogamiya deb ataladi (136-rasm). Kleystogamiya avtogamiyaning bir kо‘rinishi bо‘lib tashqi muhitning noqulay sharoitlari natijasida kelib chiqqan. Bunday gullarga anjirning guli misol bo`ladi.

136-rasm. Anjirning chetdan changlanishi sxemasi. 1-top`gulning uzunasiga kesmasi, unda changchi va qisqa ustunchali urug`chi gullar bo`lib, ularning tugunchalarida changlatuvchi arilar rivojlnadi. 2-uzun ustunchali urug`chisi bor to`pgulning ususnasiga ksmasi, to`pgul ichida arilar yuradi. 3-changchi gul. 4-uzun ustunchali urg`chi gul. 5-qisqa ustunchali urug`chi guli. 6-tugunchdan chiqib kelayotgan ari. 7-ari. a- to`pgul (anjirning rivojlanmagan erkak va uzun ustunchali urg`ochi gulli to`pguli). b-kaprifigi (anjirning kalta ustunchali-gallali (bug`unchli) erkak va urg`ochi gulli to`pguli).

Anjir yilda ikki marta gullaydi. Uning to`pguli blastofaga arisi yordamida changlnadi. Bahorda ari ikki jinsli gullarning urug`chilariga bittadan tuxum qo`yadi. Urg`chi murtagi rivojlanisb ketib hasharot lichinkasi va g`umbagi uchun oziqa bo`ladi. U yerda gu`mbakdan voyaga yetgan hasharot chiqib shu yerning o`zida urug`lanadi va erkagi o`ladi. Urg`ochisi chiqib ketish vaqtida changga belanib chiqadi va boshqa to`pgullarni ichiga kirganda urug`chi gulni changlatadi, shu tariqa urug`lanish sodir bo`ladi.


Namgarchilik ko`p mintaqalarda gullar deyarli ochilmaganligi sababli ularda avtogamiya kuzatiladi. Ayrim o`simliklarda esa odatdagideg ochiladigan xazmogam (yunoncha “xazma”-ochilib turish), ya’ni gulqo`rg`on ochiq turaigan gullar bilan birgalikda, ko`pincha mayda, ko`rimsiz, ochilmaydigan, yerga yaqin turadigan, ammo o`zidan changlanib, urug` beradigan kleystogam gullari bo`ladi. Bunga gunafshani misol qilish mumkin. Uning kleystigam gullari yoz bo`yi gullab urug` beradi, aksincha bahordagi xazmogam gullar urug` bermaydi (137-rasm).
137-rasm. Gunafsha (Viola hirta); 1-mevasi (пл) kleystogam (клц)
gullarda taraqqiy etgan. 2-kleytogam gul.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling