1. Changlanish. Gullarni changlanishga moslanish xususiyatlari
Download 0.95 Mb.
|
changlanish gullarni changlanishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamol yordamida changlanish.
Chetdan changlanish. Chetdan changlanish biologic va abiotic changlanishdan iborat. Biologic changlanish biror organism vositasida chaanglanish bo`lsa, abiotic changlanish tabiiy omillar (shamol, suv) yordamida changlnih hisoblanadi. Chetdan changlanish kо‘pchilik о‘simliklar uchun qulaydir. Chunki bunday changlanish usulida har xil irsiy belgilarda ega bо‘lgan gametalar qо‘shiladi. Shuning uchun ham chetdan changlanish avtogamiyaga nisbatan ancha ustun turadi.
Shunday qilib, chetdan changlanish о‘simliklar uchun foydali hisoblanib, uning birdan – bir kamchiligi har doim amalga oshavermasligi va kо‘pgina omillarga bog‘liqligidadir. Ksenogamiyada changlarni bir guldan ikkinchi gulning urug‘chisi tumshukchasiga kelib tushishi turli vositalar (usullar) bilan amalga oshadi: Etnomofiliya – hashorotlar yordamida: Orintofiliya – qushlar yordamida; Xiropterofitliya – kо‘rshapalaklar yordamida ular о‘lik tabiatning omillari bо‘lgan anemofiliya – shamol yordamida; gidrofiliya – suv yordamidadir. Hasharotlar yordamida changlanuvchi о‘simliklarda ularni jalb qiluvchi xilma – xil moslanishlar mavjud: 1. Gulqо‘rg‘on, changchilar, gulyobarglar va uchki barglarning rangdor bо‘lishi. 2. Kо‘pchilik etnomofi о‘simliklar gullarida hasharotlarni jalb qiluvchi maxsus bezlar, ya’ni nektardonlardan ajralib chiquvchi nektar katta rol о‘ynaydi. 3. Gul changlarni о‘zi ham hasharotlar uchun muhim ozuqa manbai bо‘lib xizmat qiladi. 4. Etnomofil о‘simliklarning gullarini kо‘pchiligi efir moylariga boy. Shubhasiz gullarning xilma-xil ranglari changlatuvchi hasharotlarni jalb qilishga moslanishishda katta ahamiyatga ega. Shamol yordamida changlanish. Urug‘li о‘simliklarning 10-15%i anemofil о‘simliklardir (oq qayin, terak, hamma ninabarglilar, qandag‘och, qayrag‘och, eman, о‘rmon yong‘og‘i, nasha tut deyarlibarcha qо‘ng‘irboshdoshlar, hilollar, gazanda, zubturum va boshqalar). Bu о‘simliklarning gulari odatda mayda, kzrimsiz, gulqо‘rg‘onsiz yoki yaxshi rivojlanmagan gulqо‘rg‘onli, nektar yoki hidlarga ega emas. Changdonlar uzun, oson tebranuvchi chang iplariga ega. Changlar juda yengil, shuning uchun ham uzoq masofalarga tarqala oladi. (30-70 km). Ular juda kо‘p sonda hosil bо‘ladi. Uchki (yopiq) tо‘pgullar. Uchki va yon tо‘pgullarda ham yon gullar biroz kichikroq yoki biroz о‘zgaran vegetativ barglar qо‘ltig‘ida yoki gulyobargchalarning qо‘ltig‘ida joylashadi. Birinchi holatdagi tо‘pgullar frodoz, ikkinchisi brakteoz tо‘pgullar deyiladi. Ba’zi hollarda barglar ham, gulyonbargchalar ham bо‘lmasligi mumkin (karamdoshlarda). Uchki (yopiq) tо‘pgullarning sodda tuzilgan turi bir nurli oddiy monoxaziydir. Bunda ichki gul joylashgan asosiy gul bandi ostida bitta yon shox gul bilan tugallanadi. Shunday qilib monoxaziy ikkita guldan iborat bо‘ladi. Bunday turdagi tо‘pgullar ayiqtovondoshlar oilasi vakillarida uchraydi. Ba’zan ularda ikki nurli (masalan, kalikantusda) tо‘pgullar ham kuzatiladi. Asosiy gul bandi joylashgan gulning ostida bir necha sondagi gul hosil qiluvchi yon novdalar joylashsa, unda kо‘p nurli pleyoxaziy turidagi tо‘pgul kelib chiqadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling