1. Changlanish. Gullarni changlanishga moslanish xususiyatlari


Download 0.95 Mb.
bet6/7
Sana29.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1308066
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
changlanish gullarni changlanishga

Anemofiliya. О‘rtacha iqlimli zonalarda deyarli kо‘pchilik о‘simliklar anemofilliyalar (anemos - shamol) – shamol yordamida changlanuvchilardir. Qutbga borgan sari kо‘pchilik о‘simliklarni bug‘doydoshlar vakillari tashkil etadi. Tropikka yaqinlashgan sari shamol bilan changlanuvchi о‘simliklar kamayib boradi. Shamol bilan changlanuvchilarga: bug‘doydoshlar vakillari, iloq, murakkabguldoshlar, shuvoqlar, kanop, qichitqi о‘t, chinor, qayin, yong‘oq, eman, tut va boshqa kо‘pgina daraxtlar kiradi. Bu о‘simliklarning gullari mayda, kо‘rimsiz, yalong‘och yoki kosachabargli, hidsiz, changlari juda mayda, kо‘p sonli, gullari kо‘pincha bir jinsli bо‘ladi. Changdonlari uzun chang ipida joylashgan. Tumshuqcha uzun tukli bо‘ladi.
Ba’zi о‘simliklar о‘z-о‘zidan yopiq - ochilmagan gulning ichida changlanadi va kleystogam changlanish (kleystos - yopiq) deyladi. Bunday о‘simliklar past bо‘yli bо‘lib gullari yerga yaqin joylashadi, masalan, fialkalar, anjirda.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, (Britikov, 1954, 1957, Kaxidze, 1954 va boshqalari) urug`chining uzunasi bo’yicha turli qismida joylashgan, zahira va fiziologik aktiv moddalar (aminokislotalar, kraxmallar, kandlar, vita’minlar va fermentlar) miqdori har xil bo’ladi. O’sha Britikov (1957)ning aytishi bo’yicha urug`chida fiziologik qutblilik mavjud, chunonchi vodorod ionlarining konsentratsiyasi ya’ni rh urug`chining har xil qismida har xil. Uning yuqori qismi, ostki qismiga qaraganda kislotaliroq bo’ladi. Bu esa changning o’sishini osonlashtiradi, chunki chang naychasining sitoplazmasi ishqorli reaksiyaga ega bo’lib, u urug`chining pastki tomoniga ya’ni vodorod ionlari kuchsiz bo’lgan tomonga qarab o’sa boshlaydi. Shunday qilib o’rug`chining changni o’tkazuvchi qismi urug`chi tumshuqchasidan pastga murtak xaltasi joylashgan tuguncha tomon borgan sari uning fiziologik holati o’zgarib boradi va chang naychasining o’sishini ta’minlab turadi. Ana shuning qanday o’sishini kuzataylik. Chang naychasi o’sib bo’lgandan so’ng u tuguncha tumshuqchasidagi urug`chilar va tukchalari orasidan tumshuqcha to’kimasiga va undan so’ng urug`chi ustunchasiga kiradi, chang naychasi o’sish davrida o’zidan ajratgan fermentlar yordamida tumshuqcha va ustuncha o’rtasidagi to’siqlarni eritadi. (pektaza va sitoza fermentlari). Fermentlarning aksariyati chang naychasining uchida joylashgan bo’ladi (Poddubnaya - Arnoldi, 1961).
Chang naychasi o’sish davrida uning po’sti protopektin va polisaxaridlardan tashkil topgan moddalar yordamida qattiq, kolloz po’kak hosil qiladi. Bu holat chang naychasiga mustaxkamlik berib, uning urug`chi to’qimalari orasida o’sayotganda urug`chi to’qimalari qarshiligini osonlikcha yengadi. Urug`chi tumshuqchasi to’qimasiga chang naychasi kirishi bilan unga changdagi spermiy yeki generativ hujayra va vegetativ hujayra o’tadi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ko’pincha vegetativ hujayra asta sekin chang naychasi o’sishi bilan yuqoladi. Ko’pchilik o’simliklarda esa vegetativ hujayra chang naychasi hosil bo’lishga sarf bo’ladi.
Generativ hujayra chang naychasiga o’tgandan so’ng bu hujayra bo’linib, 2 ta spermiy hosil bo’ladi (spermiogenez) spermiylarning hosil bo’lishida mitoz bo’linish bo’lib o’tadi. (Finna, Тrankovskiy, Kostryukova, Benetskaya, Chernoyarov, Rudenko, Ko’per va boshqalar). Chang va chang naychasining o’sishi biz yuqorida aytganimizdek ko’pincha tashqi muxit omillariga katta bog`liqdir.
Pastki haroratda (+5°C past bo’lsa) ularning o’sishi so’sayadi yuqori haroratda esa aktivlashadi. Pop (1943) ma’lumotlarga ko’ra +50 C haroratda chang naychasi arpada murtak xaltasiga 2 soat 20 minutda o’sib borsa, +230C haroratda esa, buning uchun 20 min kerak, holos.
Umuman chang naychasining o’sishi uchun optimal harorat + 20 dan +300C ni tashkil etadi.
Bundan tashqari urug`chida chang naychasining rivojlanishi changlanish usulariga ham bog`liqdir. Chetdan changlanganda o’zidan changlanganga karaganda chang naychasaning o’sishi ancha tez bo’ladi. (Yasud 1930). Masalan Ye.I. Ustinova ma’lumotlariga ko’ra (1965) kungaboqar o’simligida chetdan changlanganda changlanishdan urug`lanishgacha bo’lgan davr 20-30 minutni tashkil qilgan bo’lsa bu ko’rsatgich o’zidan changlanganda 2-3 soatga teng bo’ldi.
Uzoq shakllarni (turlararo, turkumlararo) chatishtirganda ham chang naychasining o’sishi ancha sust bo’ladi. Хuddi shunday holatni geterostilli o’simliklarda ham kuzatish mumkin.
O`sgan chang naychasining murtak xaltasiga kirishining uch xil usuli mavjud:
Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling